ke lishuvlarda yo o'zaro yetkazib beriladigan tovarlar miqdori yoki qanday summaga
teng tovar yetkazib berilishi belgilanadi.
Oddiy orinni to'ldirish kelishuvi - tovar ayirboshlash kelishuvi kabi teng
qiymatdagi tovarlar yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo tovar ayirboshlash
kelishuvidan farqli ravishda oddiy orinni toldirish kelishuvida tomonlar tomonidan
narxlarning o'zaro kelishib olinishi ham ko'zda tutiladi. Bunday kelishuvda odatda
ikkita emas, bir necha tovarlar ko’rsatiladi.
Xalqaro tijoriy shartnomalarning tomonlari kontragentlar deb ataladi. Xalqaro
tijoriy operaqiyalarining asosiy qismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Firma
deganda sanoat, savdo, qurilish, transport va qishloq xo'jaligida foyda olish maqsadida
xo'jalik faoliyati yurituvchi korxona tushiniladi. Har bir firma o'z mamlakatining savdo
ruyxatida ruyxatga olinadi. Jaxon xo'jaligida ishtirok etuvchi korxonalar quyidagilarga
bo’linadi: 1) xo'jalik faoliyati ko'rinishi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarning
xarakteriga kura;
2) xuquqiy holatiga ko'ra; 3) mulk ko'rinishiga ko'ra; 4) milliy
kapitalga tegishliligiga ko'ra; 5) faoliyat sohasiga ko'ra.
Birinchi guruhga sanoat, savdo, transport, transport-ekspeditorlik, sug'urta,
injniring, ijara, turizm, reklama va boshqa sohalardagi firmalar.
Ikkinchi guruhga shaxsiy tadbirkorlar va tadbirkorlar birlashmalari kiradi.
Uchinchi guruhga xususiy, davlat va kooperativ firmalar kiradi.
Turtinchi guruhga milliy, xorijiy va kushma firmalar kiradi.
Beshinchi guruhga xalqaro sohada faoliyat ko’rsatuvchi firmalar - avvalo
transmilliy korporaqiyalar kiradi.
Afsuski, ushbu ish xajmi har bir tushuncha mohiyatini ochib berish imkonini
bermaydi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga solishda mintakaviy va universal
xarakterdagi xalqaro shartnomalar katta rob uynaydi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga soluvchm qator xalqaro kelishuvlar
mavjud. Bu birinchi navbatda “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi bir xil qonun
xaqidagi” va “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi tuzish tartibi xaqidagi bir xil qonun
xaqidagi” 1964 yilda Gaaga konvensiyasidir. Bu konvenqiyalarga kam sonli davlatlar
imzo chekkanlari uchun ular keng tarqalmagan. O’zbekiston bu konvenqiyaga a’zo
emas. BMTning 1980 yildagi xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi konvensiyasi
(quyida 1980 yilgi Vena konvenqiyasi) katta ahamiyatga ega.
Ushbu konvensiya universal va kelishuvchanlik xarakteriga ega chunki unda
turli xuquqiy tizimlarning tamoyillari hamda rivojlanayotgan davlatlarning yangi
xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatilishidan mafaatdorligi e’tiborga olingan. 1964 yilgi
Gaaga konvensiyasi Vena konvensiyasiga qo'shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: