Raqobat - bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga
chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o’zaro bellashuvidir.
Bozor ishtirokchilari (sub’ektlari) g’oyat ko’pchilik bo’lib, bular firmalar, xonadonlar, turli tashkilotlardan iboratdir.
Manfaatlar individual va korporativdur. Individual manfaat bu ayrim shaxsning yoki xonadonning manfaati bo’lsa,
koporativ manfaat guruhiy bo’lib, korxona jamoasining umumiy manfaatini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti uchun individual
manfaat birlamchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |