Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

ICHKI RAQOBATGA TA'SIR 
Talabchan va o'z ehtiyojlarini yaxshi biladigan xaridorlar yangi manbalarni izlab topganda va yangi raqobatchilarning 
paydo bo'lishini qo'llab-quvvatlaganda talab o'lchamlari ichki bozorda raqobatning rivojlanishiga yordamlashadi. 
Kompaniyalarda tegishli malaka bo'lganda, yetkazib beruvchilarning mahsulotini esa ular strategik muhim deb qaraganda bu 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga yaqqol misol - Yaponiyada robotlar ishlab chiqarishdir. Bu sohadagi «Matsusita» va 
«Kavasaki» kabi ko'plab yetakchilar bir vaqtning o'zida yirik robotdan foydalanuvchilar ham hisoblanadi. Avvaliga ular ichki 
foydalanish uchun robotlar kashf qildilar, keyin ularni sota boshladilar. Bu misol biror ishlab chiqarish bilan shuFullanishni 
boshlovchi yaxshi bilimdon iste'molchilar xaridorning ehtiyojlarini, shuningdek, o'z texnologiyalarini tushunishga aniqlik
kiritishi 
mumkinligini ko'rsatadi. Ular shu 
tariqa 
raqobatbardoshlikning o'sishiga ko'maklashdilar. Yangi kompaniyalar paydo bo'lishiga boshqa firmalarning aks ta'siri 
(reaktsiyasi) butun tarmoqdagi vaziyatni yaxshilaydi. Iste'molchi firmalarning sobiq xodimlari tomonidan tuziladigan yangi 
kompaniyalar shunday oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bozorni yangi tovar bilan tez egallash ham faqat iste'molchilar 
tomonidangina emas, balki boshqa tarmoqdagi firmalar tomonidanda mamlakatda yangi firmalar tuzilishini rag'batlantirishi 
mumkin. 
Etkazib beruvchilar iste'mol tarmoqlarida o'z ishlab chiqarishini boshlaganlarida, ularda axborot va zarur bilimlarni 
berish uchun vositalar allaqachon mavjud bo'ladi. Bu raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun juda zarur bo'lgan vertikal 
o'zaro almashuvni ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi korxonalar, ya'ni yetkazib beruvchi tarmoqlardan chiqqanlar kopincha o'z 
yangi ishlariga shunday sodiqlikni namoyon qiladilarki, asosiy ishlab chiqarish bilan biror aloqaga ega bo'lmagan holda tashkil 
qilinayotgan kompaniyalar bunda ular bilan tenglasha olmaydilar. yetkazib beruvchilar o'z yangi ishlarini u ularning asosiy 
ishlab chiqarish bilan boFlanganligi uchun strategik muhim hisoblaydilar va ular savdo rusumining obro'si ko pincha dovga 
tikilgan bo'ladi. Uzoq muddatli maqsadlar birlamchi ahamiyat kasb etadi, lahzalik foydaning muhimligi esa kamayadi. Agar 
hatto dunyo miqyosida o'z nomiga ega bo'lgan yetkazib beruvchi firmalarning o'zlari iste'mol tarmoFida yangi ishlab 
84 


chiqarish boshlamasalar ham, ular ko'pincha boshqa usullar bilan bo'linmalar tashkil qilish yoki kompaniyalar yaratish manbai 
bolib xizmat qiladilar. 
Tarmoqlarida raqobatbardosh turdosh tarmoqlar tomonidan yangi firmalar tashkil qilinshiga ijobiy ta'sir asosida ham 
deyarli shu sabablar yotadi. Nufuzli tarmoq ko'pincha u bilan aralash tarmoqlarga diqqatni tortadi. Xalqaro faoliyatda bir milliy 
tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bolib o'tadigan vaqt tasodifiy emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy 
tarmoq yo bozorni to'ldirib yuborgada yoki tugash arafasida bo'lganda ro'y beradi. Bu mamlakatdagi barcha raqobatchilarga 
bir vaqtning o'zida ta'sir qiladi. Shuning uchun bir zator mahalliy kompaniyalar bir vaqtning o'zida turdosh tarmoqqa kira 
boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko'pincha yangi ishlab chiqarishga o'z bilmlarini olib o'tadilar. Bu esa 
yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, shaxsiy komp yuterlar ishlab chiqaruvchi ko'plab yapon 
korxonalari ishni maishiy elektronikadan boshlagandilar. Garchi dunyo miqyosida yaponiyaning shaxsiy komp yuterlar ishlab 
chiqarishdagi ulushi katta bo' lmasa-da, u suyuq kristalli displeyli komp yuterlar ishlab chiqarishda mustahkam mavqega ega. 
Bu sohalarda yapon firmalari Amerika va yevropadagi raqobatchilarda bo' lmagan nodir imkoniyatlarga ega. 
Nihoyat, milliy sanoat tuzilishiga tarmoqda butunlay yangi kompaniyalar paydo bo'lishi jarayonini belgilab beruvchi 
mexanizmlar katta ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot laboratoriyalari, akademik fakul tetlar yoki o'quv muassasalari tadbirkorlik manbai 
bo'lgan hollarga misollar ko'p. 
Ta'kidlab o'tilganidek, mamlakat xalqaro faoliyatda ustunlikka ega bo'lgan tarmoqlarda bir necha ichki raqobatchilar 
mavjud. Raqobatchilik innovatsiyalarni rag'batlantirish va ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga bevosita aloqadordir. 
Uning ahamiyati yana shu bilan ortib boradiki, raqobatchilik firmalarni talabchan xaridorlar yoki tajribali yetkazib beruvchilar 
kabi boshqa determinantlarning ustunligidan foydalanishga majbur qiladi. Lekin oldingi bobda tasvirlangan, ichki raqobatning 
bu foydalari yuzada yotadi, ularni almashtirish juda oson. Ko'rinib turibdiki, ichki raqobat milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga 
boshqa usullar bilan ham ta'sir qiladi. Quyida ularni qisqacha tasvirlab o'tamiz: 
-
firmadan ajratish orqali yangi raqobatchilarning paydo bo'lishini rag'batlantirish; 
-
omillar yaratish va ularni jalb qilish; 
-
ichki talabni takomlillashtirish va kengaytirish; 
-
turdosh va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarni rivojlantirish; 
-
hukumat siyosatining samaraliroq yo'nalishlarga qaratilishi. 
Mamlakatda yaratiladigan omillarga boshqa determinantlar, ayniqsa ularning ahamiyati milliy raqobatbardoshlik 
uchun o'ta muhim bo'lgan turlari ta'sir ko'rsatadi. Transport infrastrukturasi yoki o'rta talim tizimi kabi umumiy omillarga 
investitsiyalar ahr bir mamlakatda amalga oshiriladi. Kompozitsion materiallar texnologiyasini yaratuvchi dunyo darajasidagi 
ilmiy-tadqiqot institutlari kabi ixtisoslashtirilgan va ilgari surilgan omillarni yaratish va takomillashtirishning samarali 
mexanizmlari mavjudligi raqobatbardoshlikni qo'llab-quvvatlash uchun juda muhim moment hisoblanadi. Bunday omillarga 
investitsiyalar murakkabroq tarzda tartibga solinadi. Umumiy omilllardan farqli o'laroq, bu sohalarga investitsiyalar turli 
85 


m i lliy iqtisodiyotlarda bir xil emas. Mamlakatlar xususiy va davlat investitsiyalari qaysi tarmoqqa yo'naltirilishga qarab bir-
biridan farq qiladi. 
Biror mamlakatda turdosh va qollab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi, hajmi va xalqaro muvaffaqiyati boshqa 
determinantlarga boFliq. 
Tarmoqdagi omillar o'lchamlari, ayniqsa, ularni yaratuvchi mexanizmlar ham turdosh va qollab-quvvatlovchi 
tarmoqlarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Ma'lumki, bu tarmoqlar biror konkret tarmoqda to'plangan bilimlar, 
ko'nikmalar va texnologiyalarning o'ziga o'tishidan foyda oladilar. 
Qollab-quvvatlovchi tarmoqlarning kengligi va ixtisoslashganligi tovarga ichki talabning o'sishi miqyosi va suratlariga 
boFliq ravishda ortib boradi. Ichki talab katta bolganda, qondirilmagan talabni qoplash, importni cheklash yoki firma ichida 
ilgari amalga oshirilgan ishlarni mahsuldorroq va samaraliroq bajarish uchun yangi ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar paydo 
bo'ladi. 
Xalqaro faoliyatda bir milliy tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bo'lib o'tadigan vaqt tasodifiy 
emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy tarmoq yo bozorni to ldirib yuborgada yoki tugash arafasida bo lganda ro'y beradi. Bu 
mamlakatdagi barcha raqobatchilarga bir vaqtning o'zida tasir qiladi. Shuning uchun bir zator mahalliy kompaniyalar bir 
vaqtning o'zida turdosh tarmoqqa kira boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko'pincha yangi ishlab chiqarishga o'z 
bilmlarini olib o'tadilar. Bu esa yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish