Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


Boshqaruv hamda xo’jalik faoliyati funktsiyalarini ajratish



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Boshqaruv hamda xo’jalik faoliyati funktsiyalarini ajratish.
O’zbekiston sharoitida bu 
raqobat muhitini yaratishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Islohotlar davomida faqat rasman o’zgarishlar qilingan 
(masalan, vazirlik yoki idorani uyushma yoki kontsernga aylantirilgan) iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarida bu 
funktsiyalarning alohida sub’ektlar tomonidan qo’shib olib borilishi davom etmoqda. Xususan, «O’zbekiston havo yo’llari» 
MAK, «O’zbekenergo» DAK, «O’zbekneftgaz» MXK, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, «O’zbekturizm» MK o’z mavqeiga ko’ra 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisoblansada, amalda tartibga solish organlari bo’lib qolmoqdalar, bu esa manfaatlarning 
to’qnashuvini keltirib chiqarmoqda. Ular rejalashtirish, narx, marketing siyosati va boshqa sohalar orqali uyushma tarkibidagi 
korxonalar faoliyatini aqamiyatli ravishda nazorat qiladilar. Jahon amaliyotida siyosatni ishlab chiqish, tartibga solish, nazorat 
qilish va xo’jalik yuritish vakolatlarini turli tuzilmalar o’rtasida taqsimlanishi o’zining nisbatan optimalligini ko’rsatdi. 
65 


Hozirgi vaqtda tabiiy monopoliyalaming alohida tarmoqlarida davlat tomonidan tartibga solishning maxsus organlari tashkil 
etilgan («Avianadzor», «Jeldornadzor», «Avtomobil transporti agentligi», «Neft-gazinspektsiya»). Turizm va kino ishlab 
chiqarish tarmoqlarida bunday organlarning mavjud emasligi davlat va monopol tuzilmalar tadbirkorlik faoliyati 
manfaatlarining uyg’unlashuvida ma’lum muammolarni vujudga keltiradi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning rivojlanishi.
Mazkur sektor korxonalari 
iste’mol bozorlari kon’yunkturasini yaxshi sezadi, beqaror iqtisodiyot sharoitida o’z faoliyatlari strategiyasini tezroq o’zgartira 
oladi, raqobatni qo’llab- quvvatlaydi, ishchi o’rinlari yaratadi. KBXTni rivojlantirish maqsadida davlat soliqqa tortish, hisobot 
taqdim etish hamda yangi korxonalarni ro’yxatdan o’tkaz ish tartiblarini soddalashtirdi, tekshiruvlar miqdorini qisqartirdi va h.k. 
Shu va boshqa chora- tadbirlarni zmalga oshirish tufayli O’zbekistonda KBXTning YaIMdagi ulushi 34%dan oshdi, mazkur 
sektorda iqtisodiyotdagi barcha bandlarning 56% to’g’ri kelmoqda. Biroq, ko’plab boshqa o’tish davri iqtisodiyotidagi 
mamlakatlar singari Ozbekistonda ham yangi tadbirkorlik tuzilmalarining bozorga shrishi hamda faoliyat yuritishini 
qiyinlashtiruvchi to’siqlar mayjud. Ulardan eng uchraydiganlari quyidagilardan iborat: 
-
xom ashyo va materiallarni sotib olishdagi qiyinchiliklar; 
-
dastlabki kapitalning mavjud bo’lmasligi hamda aylanma |kapitalning yetishmasligi; 
-
kredit olishning yuqori sarf-xarajatlar taqozo etishi, banklarning ijozlar bilan murakkab o’zaro munosabatlari; 
-
davlat tomonidan mutloq huquqlar bilan ta’minlangan hamda |nisbatan qulay raqobat sharoitlariga ega bo’lgan 
monopol tuzilmalarning |amal qilishi; 
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvchi |va tekshiruvchi organlarning aralashuvining 
yuqori darajasi; 
-
ma’muriy (litseziya, ruxsat, sertifikat olishda, ro’yxatdan o tkazishdagi va boshqa) to’siqlar. 
Bu muammolarni hal etish uchun ro’yxatga olish va litseziyalash taomilini yanada ko’proq soddalashtirish, 
sertifikatlash va majburiy standartlash miqyoslarini qiskartirish, xo’jalik yuritish sub’ektlarining moddiy-xom ashyo resurslariga 
teng imkoniyatini ta’minlash, hisob shqamlaridagi, Shu jumladan, naqd shakldagi mavjud pul mablag’laridan erkin 
foydalanishni kafolatlash, huquqni muhofaza qiluvchi va tekshiruvchi fganlarning ular faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim 
bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonunchiligi, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi singari, 
raqobatni quyidagi vositalar orqali tartibga soladi: 
-
ustun mavqeni sui’stemol qilishga ta’sir ko’rsatish; 
-
raqobatni cheklashga yo’naltirilgan kelishuv harakatlarini nazorat qilish va yo’l qo’ymaslik; 
-
iqtisodiy kontsentratsiyani tartibga solish. 
Biroq, bu huquqiy me’yorlarni ham qonunchilik, ham amaliy jihatdan ko’llanilishida bir qator farq qiluvchi holatlar 
mavjud. 
66 



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish