Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Raqobat va monopoliyalar nisbatini tartibga solishning iqtisodiy-xuquqiy 
asoslari. 
O'zbekistonda mustaqillikning lastlabki davridayoq monopoliyaga
qarshi va 
raqobat siyosatining huquqiy me’yoriy bazasini yaratish vazifasi belgilab olindi. 
Qonunchilikni shakllantirishning asosiy poydevori-respublika iqtisodiyotining bozor 
munosabatlariga o’tish davridagi holati qamda ushbu sohada chet mamlakatlar 
tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va 1992 yilning iyunb oyida qabul 
qilingan «Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonun hisoblanadi. 
O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlantirishda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, 
monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirishning o’ta dolzarb 
vazifalaridan ekanligi, yangi Fuqorolik kodeksining qabul qilinishi va O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish ko’mitasining tashkil qilinishi mamlakat monopoliyaga qarshi 
konunchilikni yanada takomillatirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
Shu nuqtaiy nazardan, bularning barchasi Oliy Majlis tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va 
raqobat to’g’risida»gi yangi qonunning qabul qilinishiga asosiy turtki bo’ldi. 
Ushbu qonunda asosan ikkita muhim yo’nalishlar, ya’ni birinchidan, 
monopoliyaga qarshi taribga solishning printspial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va 
saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda xukumronlik mavqeini suiste’mol 
qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy 
muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat 
muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan. 
1999 yilning dekabr oyida ushbu qonunga o’zgartirishlar kiritildi. 
O zbekiston Respublikasining Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 
cheklash va raqobat to’g’risidagi qonuni monopolistik faoliyati va g’irrom raqobatni 
oldini olish, uni cheklash, to’xtatishningtashkiliy va huquqiy asoslari belgilab beradi va 
respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakillantirish va samarali 
amal qilishga qaratilgan. 
1997 yilning aprel oyida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Tabiiy 
monopoliyalar to’g’risida»gi qonuni Respublikada tabiiy monopoliyalarga nisbatan 
davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beradi va iste’molchilar va tabiiy 
monopoliya ub’ektlari manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgandir. 
Tabiiy monopoliya tarmoqlari odatda boshqa tarmoqlar va sohalardagi tovarlar 
va xizmatlarning narxlariga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar. 
Shuning uchun tabiiy monopoliyalar sohalarida narxlarni shakllanishini 
mahsulot va xizmatlar birligini tannarxini pasaytirish, soliqlarni oqilona hajmlarini 
belgilash, mahsulot va xizmatlarning narxlari va tariflarini pasaytirish, ularning sifatini 
yaxshilash ustidan nazoratini olib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb masala 
hisoblanadi. 
58 


Ushbu qonunchilikka asosat respublikada tabiiy monopoliyalarga qo’yidagilar 
kiradi: neft, gaz, ko’mir qazib chiqarish, elektr va issiqlik energiyasini, gazni ishlab 
chiqarish va uzatish, hamma uchun qulay bo’lgan elektr va pochta aloqasi, suv 
quvurlari va kanalizatsiya, aeroportlar, temir yo’lda yuk tashish xizmatlari kiradi. Ular 
faoliyatining tabiiy, texnologik va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda ularda 
monopolizm elementlarining mavjudligi muqarrardir. Ushbu tamoqlar guruhlari 
bo’yicha 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan va 1999 yil 19 avgustda yangi tahriri ishlab 
chiqilgan O'zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun 
asosida davlat tomonidan maxsus tarzda tartibga solish amalga oshiriladi. 
2003 yilning 1 yanvar holatiga tabiiy monopoliya sub’ektlari Davlat reestrlariga 
278 ta korxonalar 661 ta mahsulotlar va 16 ta xizmat turlari bo’yicha hisobga olingan. 
Shuni ta’kidlash joizki, gaz ishlab chiqarish, elektroenergetika, temir yo’l 
transporti va aloqa kabi tarmoqlarda amalaga oshirilayotgan faoliyatning faqat ma’lum 
bir qismlari haqiqatda tabiiy monopoliya sub’ektlariga kiradi va davlat tomonidan 
tartibga solinishi kerak. Faoliyat yuritishning boshqa turlari esa raqobat sharoitlarida 
ham samarali harakatlanish mumkin. 
Shu munosabat bilan, tabiiy monopoliya sub’ektlari sohasida olib borilayotgan 
islohotlar ularni bozor sharoitlariga keltirish va tegishli bozorlarda raqobatni 
rivojlantirish uchun qulayliklarni yaratish kabi masalalarni yechadi. 
Shunday ekan, monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasi doimiy ravishda 
monopolizmga barham berish, sog’lom raqobatning qonuniy va me’yoriy-huquqiy 
bazasini quyidagi yo’nalishlarda takomillashtirib borish zarur: 
-
 
monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida progressiv xalqaro tajribalarni 
joriy etish; 
-
 
raqobat muhiti shakillangandan keyin uni himoya qilishga o’tish; 
-
 
boshqaruv organlari tomonidan raqobatga qarshi harakatlarni amalag 
oshirmaslik yuzasidan doimiy nazorat darajasini kuchaytirish; 
-
 
moliya bozorlari sub’ektlarining raqobatini cheklashi mumkin | bo’lgan turli xil 
harakatlari ustidan nazoratni o’rnatish bo’yicha qonuniy ! chora-tadbirlarni ko’rish; 
-
 
monopolist-korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarni deklaratsiya qilish 
usulida ularni kuzatish usuliga o’tish va boshqalar. 
O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning 
muhim yo’nalishlaridan biri - bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab 
turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning shdini olish va unga yo’l qo’ymaslik 
bo’yicha nazorat olib borishdan (boratdir. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik mavqeidan foydalanib, har 
xil qonun buzilish holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist - korxonalar 
Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlar ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq 
ulushga ega bo’lgan korxonalar kiritiladi. Reestrga olingan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar o’z mahsulotlarining narx (tarif) lari yoki rentabellik darajalarini Moliya 
vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o’tkazishlari shart. 
Bugungi kunda bozor munosabatlarining rivojlanishi, kichik va o’rta tadbirkorlik 
korxonalari hamda chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo 
59 


etilayotgan korxonalar salmog’ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko’pgina 
monopolist korxonalarning tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan 
Davlat reestridan chiqarilmoqda. 
Qo’mita tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarning asossiz oshirilishiga yo’l 
qo’ymaslik, iste’molchilarga mahsulot yetkazib ber ishda turli xil noqonuniy shartlarni, 
Shuningdek bozorga kirish uchun to’siqlar qo’yish kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik 
yuzasidan nazorat amalga oshiriladi. Masalan, 2002 yilda 906 ta korxona va 
tashkilotlarda tekshirishlar o’tkazilib, ulardan 643 (70,9 foiz) tasida turli xildagi 
qonunbuzilish holatlari aniqlanib, noqonuniy olingan mablag’lar (jarimasi bilan) 
5167,2 min. so’m tashkil etdi. Ushbu summaning 585,2 min. so’mi qishloq xo’jalik 
korxonalariga qaytarildi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1997 yil 31 martdagi 165-sonli «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash
va raqobat to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi qonunini amalaga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori bilan 
tasdiqlangan «Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo’llanishini nazorat qilish 
tartibi»ga 2002 yilning 
iyunb oyida kiritilgan o’zgartir ish va 
qo’shimchalar natijasida, qishloq xo’jaligi korxonalariga sotilgan mahsulot va 
ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha narx sohasida hisob -kitoblar tartibi buzilishi oqibatida 
olingan ortiqcha mablag’lar endi ularning o’zlariga qaytariladi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish