Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Абдуллаев Ё. Бозор и^тисодиёти асослари: 100 савол ва жавоб. - Т.: «Мех,нат», 1997, 58-59-6. 
50 


daromadining bir qismini yo’qotish hisobiga monopol foyda olish imkoniga ega 
bo’ladi. 
Oligopsoniya - muayyan tovarning bir guruh xaridorlari mayjud bo’lgan bozor 
tuzilmasi turi. 
Duopoliya - muayyan tovarning faqat ikki nafar yetkazib beruvchisi mavjud 
bo’lgan va ular o’rtasida narx, sotish bozorlari, ishlab chiqarish kvotasi bo’yicha 
monopolistik kelishuvlar bo’lmagan sharoitdagi bozor tuzilmasi turi. 
Bilateral (ikki tomonlama) monopoliya — yagona mol yetkazib beruvchi va 
yagona (birlashgan) iste’molchining qarama-qarshi kurashi vujudga keluvchi bozor 
tuzilmasi turi. 
Raqobatlashuvning har qanday shakli narx mexanizmini qo’llashga asoslanadi. 
Narxlarning shakllanishi uch tomonlama raqobatlashuv natijasida vujudga keladi. 
Shunga ko’ra narx bo’yicha va narxsiz (nobahoviy) raqobatni farqlanadi. 
O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol 
qonunchilik. 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mayjud bo’lishini taqazo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi 
mumkin. Shunday ekan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik 
muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr 
davomida, o’z-o’zidan evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin 
raqobat muhitini tashkil qilgan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Xar bir 
mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning 
miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni 
saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror topshirish 
kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini 
cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda qabul qilingan trestlarga qarshi 
qonunda(“Sherman qonuni”) o’z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik 
va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham 
sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. 
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik 
asosan qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi. Birinchidan, ishlab chiqarish 
(tarmoq) ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra odatda hech bir korxona 
(korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat 
qilishiga haqqi bo’lmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtiroqchilari 
boshqa korporatsiyalar aktsiyalarining ma’lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega 
bo’la olmasliklari kerak. Uchinchidan, baholarni bozor muvozanati belgilagan 
darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi 
kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. 
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati, milliy iqtisodiyotida raqobat 
oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, 
51 


bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan 
shakllantirishga qaratiladi. 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi 
tizimidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi 
tuzildi. Unga ro’yhatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti 
bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish xuqiqi berildi. 
1996 yil 1 iyulb holati bo’yicha Respublika va mahalliy bozorlar Davlat 
reestrida 5153 ta mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo’yicha jami 878 korxona 
hisobga olingan . Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat 
reestriga kiritish uchun mezonlarini belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining 
o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi. 
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan 
mahsulotlar, tovarlar bozoridagi Shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa, bu 
korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestririga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari 
guruhi uchun bunday mezon darajasi qilib 20% belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar ro’yxatga kirgan korxona (tarmoq)larning 
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim: 
1.
Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki 
rentabillkning chegarasini belgilab qo’yish 
2.
O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib 
tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori (1994 yil 18 
iyuldagi 366 sonli) bilan tasdiqlangan “Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va 
shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi. 
Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar 
jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob’ekt chiqarilib, 
mustaqil korxonalariga aylantirildi. 
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish 
to’g’risida” (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan 
Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni 
chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. 
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot 
(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, Shuningdek taklif etiladigan tovarlar va 
xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi. 
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan 
sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta 
biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini 
shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan 
YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubator tashkil etildi. Yevropa hajmiyati 
KomissiyasiAmaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko’maklashuv jamiyati 
kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash markazini tashkil etdi. 
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish yuzasidan amalga 
oshirilayotgan barcha tadbirkorlik ishlaribozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat 
qiladi. 
52 


Raqobat strategiyasi raqobat kurashining uzoq davrga mo’ljallangan bosh yo’li va 
yo’l-yo’riqlarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadlari tez kunda foydani 
maksimumlashtirish, oz foyda bilan qanoat qilgan holda o’z bozorini kengaytirish yoki 
raqibni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorga sekin-asta kirib borish kabi masalalarda 
harakat yo’llarini belgilashdan iborat. Strategiyaga qarab kurash taktikasi (usuli va 
shakllari) tanlanadi. 
Firmalar raqobatning bir usulidan asta-sekin boshqa usuliga utishi yoki bir yo’la 
turli usullarni qo’llashi mumkin. Masalan, Xitoy firmalari sifati past bo’lsa-da, arzon 
tovarlar chiqarib, narx raqobati yo’lidan, G’arbiy Yevropadagi firmalar narxi yuqori 
bo’lsa- da, sifatli tovarlarni taklif etish yo’lidan boradilar, chunki G’arbiy Yevropada 
aholining harid qobiliyati Xitoyga qaraganda ancha yuqori. Yangi industrial 
davlatlardagi (Tayvanb, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi) firmalar ham sifat, 
ham narx vositasida raqobatlashuvga moyil. Bu mamlakatlarda yuksak texnologiya 
mavjud va ish kuchi malakali bo’lsa-da, arzon turadi. Natijada mavjud afzalliklar 
xarajatlarni pasaytirgan holda, sifatli tovar chiqarish imkonini beradi. Bunga misol qilib 
Koreyaning «Samsung elektronik» kompaniyasi bozorga chiqaradigan televizorlarni va 
DEU korporatsiyasi avtomobillarini olish mumkin. Ular raqobatbardosh bo’lganidan 
jahon bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda. 
Raqobatga har xil yondashuv O’zbekistonda ham bor. Masalan, Toshkent bozori 
uchun ishlovchi firmalar ham narx, ham sifat raqobatini qo’llashi mumkin, mazkur 
shaharda aholining boy qatlamlari borki, ular uchun narxga kura tovarning sifati 
afzalroq, ayni vaqtda aholining kamquvvat qismi ham borki, ular uchun tovarning arzon 
bo’lishi muhim. Nukus, Urganch yoki boshqa shaharlardagi firmalar ko'p hollarda narx 
raqobatiga moyil bo’ladilar, bu yerda aholining harid qobiliyatiga kora arzon tovarlar 
raqobatbop hisoblanadi. 
Raqobat qo’l qovushtirib o’tirishga yo’l qo’ymaydi, u kurash bo’lganidan hammani 
harakatga, yaxshi ishlashga undaydi. 
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi mexanizm, uni oldinga eltuvchi 
kuch hisoblanadi. 
Raqobatdagi iqtisodiy tanlov tamoyiliga kura iqtisodiyot ish-tirokchilari saralanadi, 
yaxshi ishlagan firma boyib ketadi, yomonishlagani sinadi, yopiladi yoki kuchli 
firmalarga qo’shilib ketadi. Shu sababli har yili dunyoda millionlab firmalar yopilsa, 
millionlab yangilari ochiladi. Raqobatga bardosh bera olmagan firmalar zarar 
ko’radilar, o’z majburiyatlari bo’yicha pul tulay olmay qoladilar, ya’ni bankrot holiga 
tushadilar. 
Firmalar raqobat tufayli yangilikni joriy etishga majbur bo’ladilar, chunki bozordan 
o’z raqibini surib chiqarish uchun nisbatan sifatli va arzon tovarni taklif etish shart. 
Buning uchun, o’z navbatida, mehnat unumdorligini oshirish, yangi modadagi 
tovarlarni yaratish, ilgari ishlab chiqarilgan tovarlarni modernizatsiyalash talab etiladi. 
Xullas, raqobatda unumdorlikni oshirish va sifatni yaxshilashga intilish iqtisodiy 
o’sishini ta’minlaydi. Raqobat qizg’in joyda iqtisodiy o’sish jadal boradi, u sustlashgan 
sharoitda esa iqtisodiy turg’unlik yuz beradi. Raqobat ishchi-xizmatchilarni ham yaxshi 
ishlashga undaydi, ular yaxshi daromad beradigan ish joyidan ajrab qolmaslik uchun 
doimo harakat qiladilar. Raqobat ularning ish unumi va sifati, o’z firmasining obrusi 
uchun javobgarligini oshiradi. Raqobat, hatto firma egalari bilan ishchi-xizmatchilari 
53 


o’ rtasida hamjihatlikni yuzaga keltiradi, negaki firma raqobatda mag’lub bo’lsa, 
bundan hamma zarar ko’radi - ishchilar ishsiz qoladi, xo’jayinlar foydadan mahrum 
bo’ladi. Shu boisdan raqobat hammani firma uchun jon kuydirishga majbur qiladi. 
Iqtisodiy tanlov tamoyili iqtisodiyot sub’ektlarining muqarrar ravishda 
tabaqalashuviga olib keladi. Bunday tabaqalashuv firmalarga ham, ishchi- 
xizmatchilarga ham xos hisoblanadi. Kurashda yutib chiqqan firmalar foydani kup 
olib, boyib ketadilar, aksincha, kurashda yutqizganlar bor-yo’g’idan ajralib, 
xonavayron bo’ladilar. Tabaqalashuv va bankrotlik qanday borishini erkin misollar 
asosida tuzilgan jadvalda ko’rib chiqishimiz mumkin. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish