kam o’rganilgan. Xalqaro faoliyatda mamlakatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatini o’rganishda oddiy va tekis ifodalash sari moyillik
mavjud bo’lib, u qoidadan ko’plab istisnolar bo’lgani holda faqat ishonish asosida qabul qilinadi. Fanning ixtisolishuvi ortib
borayotganligi mana Shu moyillikni kuchaytirmoqda. Aslida tadqiqotlarda hozirgacha qilingan kashfiyotlardan ham oldinga
ketish mumkin-ku. Bilimning ko’plab sohalaridagi olimlar fanlar vakolatlari sohasidagi an’anaviy chegaralar ularning
imkoniyatlarini cheklab qo’yayotganligini endigina anglamoqda. Murakkab va rivojlanayotgan tizimlar qanday ishlashini
tushunish uchun bu chegaralardan o’tish imkoniyatlariga ega bo’lish kerak. Shu maqsadda ikki-uch o’zgaruvchilarga ega
matematik modellar mavjud ma’lumotlar bilan cheklangan statistika asosidagi matnlarni ishning boshqa turlari bilan to’ldirish
kerak.
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan
nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga
unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan
qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan,
mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni
tizimga
solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi. Maqsad - milliy resurslarni oqilona joylashtirish
uchun eng maqbul strategiyani tanlab olishda firmalar va mamlakatlarga yordam berishdir. Agar firma o’z strategiyasini
texnologiyani yangilash va yaxshilash, raqobat qilishga tayyor turish va o’z «milliy muhiti»ni real tushunish va uni yaxshilash
yo’llariga soslanib tuzmas ekan, oxir-oqibatda uni muvaffaqiyatsizlik kutadi. Iqtisodiyot tarmoqlarining globallashuvi iqtisodiy
bazadan ko’ra muhimroq degan nuqtai nazarlar, ayni paytda raqobatdan qochishga asoslangan strategiyalar ham yolg’on
tasavvurlarga asoslanadi.
O’z navbatida, mamlakatlar hukumatlari to’g’ri va tegishli maqsadlarni qo’yishi kerak: yuqori mahsuldorlikka erishish
Shu jumladandir, chunki milliy o’sish Shunga asoslanadi. Bu hukumatlar haqiqatan ham mahsuldorlikni belgilab beradigan
narsalarga, ya’ni rivojlanishni rag’batlantirish, to’la-to’kis ishlash va raqobatga intilishlari zarur. Hukumatlarga ko’pincha taklif
qilishadigan subsidiyalar, xalqaro kopoperatsiya bo’yicha keng miqyosli dasturlar yoki vaqtinchalik «protektsionizm»ga berilib
ketish yaramaydi. Bu choralar ko’pincha mahsuldorlikni pasayt irib yuboradi.
Raqobatning globallashuvi kuchayishi bilan go’yo mamlakatlarning
ahamiyati kamayib boradi, degan ta’kidlar
eshitila boshladi. Aslida esa hammasi aksincha, ya’ni baynalmilallashuv va protektsionizm hamda boshqa to’siqlarning bartaraf
etilishi raqobatda faqat mamlakatning rolini oshirdi. Millatlarning xarakteri va madaniyatidagi farq global raqobat tufayli
kamayib qolgani yo’q. Buning ustiga raqobatdagi muvaffaqiyat ular juda muhim hisoblanadi. Quyidagi mulohazalar esa -
mamlakatlarning xalqaro faoliyatda butunjahon raqobatidagi yangi, o’zgargan rolini tushunishga urinishdir.
Tarmoqlarning globallashuvi va firmalarning baynalmilallashuvi g’ayriodatiy holga olib keladi. Bir qarashda firmalar
mamlakatlardan ko’ra muhimroq o’rin tutgandek ko’rina boshladi. Biroq haqiqiy tadqiqot natijalari bunday xulosadan farq
qiladi. Alohida tarmoqlar va ular yetakchilari segmentlarining bir-ikki mamlakatda jamlanishi tendentsiyasi mavjud. Bunda
raqobat ustunliklari o’n yillab saqlanib
108
qolmoqda. Masalan, turli mamlakatlarning firmalari ittifoq tuzishganda raqobat ustunligiga
ega mamlakatlar firmalari
priovardida bunday ittifoqda so’zsiz yetakchilarga aylanadilar. Raqobat ustunligi mahalliy sharoitlar bilan uzviy aloqada
yaratiladi va saqlab turiladi. Mamlakatlarning milliy xo’jalik tuzilishi va qadriyatlar o’lchovidagi, milliy madaniyat,
davlat
muassasalari va tarixidagi farq raqobatdagi muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir qiladi.
Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki umuman mamlakatning xalqaro faoliyatdagi
siyosatini belgilashda qanday xulosalar qilish zarurligi to’g’risidagi fikrlarni malakatdan ko’ra kichikroq siyosiy yoki jo’g’rofiy
birliklarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko’pincha mamlakatning ma’lum
shaharlari va tumanlarida jamlanadi.
Ikki-uchta muhim ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmay balki o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchan kattaliklarni oladigan
nazariya, turli tarmoqlarning yuzdan oshiq tarixlarini tahlil qilish uzoq muddatli, ko’p mehnat talab qiladigan va statistik tahlilga
unchalik mos kelavermaydigan ishdir. Albatta, xatolarsiz va nazardan qochirishlarsiz ish bitmaydi, lekin ko’rinishidan,
mamlakatlarning raqobat ustunligini aniqlovchi bir qator muhim o’zgaruvchilarni chiqarish va bu o’zgaruvchilarni tizimga
solishni belgilab beradigan eng muhim yo’llarni aniqlashga muvaffaq bo’lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: