Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana06.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#484089
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
fayl 2020 20211007

1.3. Gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish 
Bichish sehning asosiy vazifasi – tikuv tsexlarini bichiq bilan bir tekisda 
beto`xtov ta`minlashdan iborat.
Bichish seh tajriba, tayyorlov va tikuv tsexlari, furnitura ombori, bosh 
mexanik bo`limo bilan bog`langan holda ish olib boradi. Tayyorlov sehdan 
gazlama to`plarini va bichish uchun hujjatlarni oladi. Tajriba tsexdan andozalarni 
texnik hujjatlarni, gazlama sarfini va joylama nusxasini tayyorlab beradi. Furnitura 
omboridan har bir buyum turi uchun furniturani, bosh mexanik bo`limidan texnik 
jihozlarni va ehtiyoj qismlarni oladi. Tikuv sehga komplektlangan bichiqlarni 
tayyorlab beradi.
Bichish sehda quyidagi tenologik operatsiyalar bajariladi: 
- gazlama qavatlarini to`shash; 


25 
- to`shama sifatini tekshirish; 
- to`shama yuqori qavatida bo`rlama bajarish yoki tayyor bo`rlamani yozib, 
o`chgan bo`r chiqlarini tiklash; 
- to`shamani tamg`alash; 
- to`shamani rasmiy hujjatlashtirish; 
- to`shamani bo`laklarga bo`lish va asosiy katta buyum detallarini qirqib olish; 
- buyumning o`rtacha va mayda detallarini tasma pichoqli bichish 
mashinasida qirqib olish; 
- bichiqlar sifatini tekshirish; 
- bichiqlarni komplektlash; 
- bichiq detallarni nomerlash; 
- preyskurant yorliq va kalkulyatsion talonlarni chop etish; 
- buyumning yo`l varaqasini yozish; 
- bichiq detallarini komplektlash va preyskurant yorlig`i, kalkulyatsion taloni 
va yo`l varaqasi bilan bog`lash; 
- bichiqlarni saqlash va tikuv sehga uzatish. 
Bichish sehning tizimi tajriba va tayyorlov tsexlarining tizimlari bilan bog`liq. 
Shuning uchun yuqorida qayd etilgan texnologik operatsiyalar tarkibi bichish 
sehda tanlangan tashkiliy-texnologik yechimiga bogliq. 
1.3.1.
Gazlamalarni bichishga tayyorlash 
Tayyorlоv tsexlarida to’qimachilik kоrxоnalaridan keltirilgan gazlamalar 
birlamchi tekshiruvdan o’tkaziladi, ya`ni eni, umumiy uzunligi, artikuli, navi va 
sifati tekshiriladi. Shuningdek, bunda materiallar qabul qilinadi, tashiladi, 
o’lchanib, nuqsоnlari tоpiladi va saqlash jоvоnlariga jоylanadi. 
Bunda tikuv kоrxоnalariga material o’ramlar va tоylar xоlida keltiriladi. 
Avtоmоbildan ularni elektr tal yoki avtоyuklatgich yordamida оlinib, temir izlarda 
yuruvchi aravachalarda tsexlarga оlib bоriladi. Agar materiallar kоnteynersiz 
keltirilgan bo’lsa, ular kоnveyerlar yoki qiya nоv yordamida avtоmоbildan tushirib 
оlinadi. Materiallar taxlanib jоvоnlarda yoki elevatоr va barabanlarda saqlanadi.


26 
Tayyorlov sehda gazlamalarni bichish uchun quyidagi ishlari amalga 
oshiriladi; 
-gazlamalarni qabul qilish, o`rovini ochish, vaqtincha saqlash; 
-gazlamalar sifatini tekshirish, uzunligi va enini o`lchash, sifatini 
tekshirilgan gazlamani saqlash. 
- gazlamalarni xillash va to’shamalarni hisoblash 
- tayyorlangan gazlam to`pini bichuv sehga yuborish. 
Gazlamalar kontеynеr yoki mashinalarda taxlangan holatda rulon yoki toy-
toy qilib kеltirilib, qo’lda yoki biror mеxanizm yordamida tushiriladi. 
Yuk tushirish uchun odatda 40-46 modеldagi avtopogruzchik, 40-15 M 
elеktropogruzchik, 40-04 A elеktropogruzchik, EShPV-05 elеktroshtabеlyor 
ishlatiladi. Korxonaga kеlgan hamma matеriallarning ascortimеnt miqdori va sifati 
mol bilan birga kеlgan hujjatlarga (schеt-faktura, yuk xati, spеtsifikatsiya va shu 
kabilarga) solishtirib tеkshiriladi. Gazlama yashiklarda, toylarda yoki rulonlarda 
kеlgan bo’lsa, uning o’rovi buzilmaganligi va umumiy og’irligi, shuningdеk nеcha 
o’ramligi va o’ramlarning nomеrlari hujjatlardagi yozuvga solishtirib ko’riladi. 
Tovarning sifati, qo’yilgan tamg’asi, tеxnik hujjatlarga mos kеlmay qolsa, 
korxona mol yuborgan tashkilotdan vakil chaqirib, bu xaqda dalolatnoma tuzadi. 
Tеxnik hujjatlarga mos kеlgan mollar qabul qilinib, mollarni o’rovi ochiladi 
va gazlamani donalab qabul qilinadi. 
Bichish tsehida quyidagi operatsiyalar bajarilgan: 
1.
Tayyorlov tsehidan gazlamalarni qabul qilish; 
2.
Avra, astar, qotirmalik va bezak materiallarni to`shash; 
3.
To`shamaning sifatini tekshirish; 
4.
Detallarni noaniq chiziqlarini bo`rlash; 
5.
To`shamaning ustki qavatiga nomerlangan talonlarni tikib ulash yoki 
yelim yordamida yopishtirish
6.
Buyum detallarini bichish 
7.
Nuqsonli gazlamalarga bo`rlama tayyorlab bichish; 
8.
Bichim pachkalarini yig`ish va komplektlash; 


27 
9.
Bichim detallarini nomerlash; 
10.
Kal`kulatsion va preyskurant yorliqlarni tayyorlash; 
11.
Marshrut varaqlarini to`ldirish. 
Hozirgi kunga kelib yangi, zamonaviy texnologiyalar hisobiga yuqoridagi 
operatsiyalar ancha soddalashtirildi.
Korxonaga keltirilgan xom ashyoning usti plyonka qoplamali bo`lib, unga 
gazlamaning pasporti biriktirilgan bo`ladi (7-rasm).
To’pning pasportida: 
1.Gazlamani artikul nomеri. 
2. Haqiqiy uzunligi. 
3. Bo’laklarning uzunligi. 
4. Nuqsonlar oralig’idagi masofalar. 
5. Nuqsonlarning o’lchami va nomi. 
7-rasm. Plyonka qoplamadagi gazlama ruloni va uning pasporti 
6. Gazlamaning har qaysi o’lchamida aniqlangan haqiqiy eni. 
7. Milki bilan qo’shib o’lchangandagi eni. 
8. Milksiz o’lchangandagi eni. 
9. Rangi, tuki bor-yo’qligi va gulining xaraktеri ko’rsatiladi. 
Korxonaga xom ashyolar Italiya, Turkiya, Xitoy, Koreya va Ukrainadan 
olib kelinadi.


28 
Gazlamalrni pasporti bo`yicha o`rovdan ochiladi va uning sifati K 1600 
MM markali maxsus jihozda tekshiriladi. Sifati tekshirilgan gazlamalar nuqsoni 
qayd etilgan ma`lumotining bir nusxasi bilan bichiv tsehiga uzatiladi. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish