Namangan muhandislik texnologiya instituti "kimyo texnologiya" fakulteti



Download 489,5 Kb.
bet3/6
Sana23.02.2022
Hajmi489,5 Kb.
#142035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot yangi

Amaliy mashg’ulоtlar № 2
Bugdоy unining оrgаnоleptik ko’rsаtkichlаrini аniqlаsh.
Ishdan maqsad: bug’doy donidan olinadigan mahsulotlar va ularning xavfsizlik va organaleptik ko’satgichlarini mezonlari bo’yicha tahlil qilishdan iborat.


Ishni bajarish tartibi: bug’doy unining organaleptik ko’satgichlarini aniqlash uchun avvalo ist’emolga chiqarilgan har hil navdagi unlarni tashqi ko’rinishini ko’zdan kechiriladi. Shundan so’ng fizik-kimyoviy tahlilini olib boriladi.
Un va undan olinadigan turli hildagi hahsulot ishlab chiqarishda hom ashyo sifatida qoplarda olib kelingan unning avvalo qanday holatda ekanligini va qoplardagi ishlab chiqarilgan sanalarga katta e’tibor beriladi. Na’muna uchun qoplardan oralatib unlar olinadi ya’ni har 3-5 qopdab 2 kg dan kam bo’lmagan un na’muna uchun olinadi va uni quyidagi sifat ko’rsatgichlari aniqlanadi.
Organoleptik ko’rsatkichlari: Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan novvoychilik bug’doy uni O’zDST 1313:2009 umumiy texnik shartlar, vitamin-mineral aralashmalar bilan boyitilgan novvoylik bug’doy uni esa O,z DSt 1104:2006 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standartlarga binoan unlarning avvalo organoleptik ko’rsatkichlari aniqlanadi. Unlarning sifat tahlili va ularni saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlash uchun avvalo uning sifat ko’rsatgichini aniqlanadi. Unning sifatini organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi. Agar un organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha standart talabiga javob bermasa, bunday unlar oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashga yaroqsiz deb topiladi va ularda boshqa fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar aniqlanmaydi.
Hidi va ta’m ko’rsatkichi un uchun asosiy ko’rsatkich. Asosiy organoleptik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Unning hidi va ta’mi kam seziluvchan, lekin har bir un turi o’ziga xos xususiyatga egadir. Bugungi kungacha don va unning aromatik moddalari kam o’rganilgan. Ba’zi bir tadqiqotlar natijasida unda kam miqdorda ketonlar (diastetil, metiletil keton) va ba’zi aldegidlar (akrolein, metiletilketon va boshqalar) borligi aniqlangan. Bundan tashqari, yangi unlarga hid va ta’m berishda suvda eruvchan uglevodlar, erkin aminokislotalar va organik kislotalar ham ishtirok etadi. Lekin, unlarning hidi va ta’mi tashqaridan yot hidlarni va ta’mlarni singdirishi va un ishlab chiqarishda nuqsoni bor donlarni (murtagi o’sib boshlagan, sovuq urgan, mog’orlangan va boshqalar) qo’llaganda ham o’zgarishi mumkin. Shuningdek, unlarni maqbul bo’lmagan sharoitda tashish va saqlash ham ta’mi va hidining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi.
Unning ta’mi shirinroq bo’lib, achchiq va taxir ta’mga ega bo’lmasligi kerak. Unni chaynab ko’rilganda g’ichirlamasligi kerak. Chaynaganda g’ichirlaydigan unlar tarkibida qum, loy, tuproq aralashmalari borligidan dalolat beradi va bunday unlar standart talabiga javob bermaydigan unlar deb topiladi.
Unning rangi uning qanchalik yangiligini va navini ko’rsatadi. Unning navi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik oqroq ko’rinadi, chunki uning tarkibida don po’stlari (kepagi) kamroq bo’ladi. Naviga qarab yangi tortilgan bug’doy uni oq rangdan oq-sarg’ish ranggacha, javdar uni esa oqdan ko’kish ranggacha bo’ladi. Un uzoq saqlanganda oqarishi kuzatiladi. Bunga sabab undagi rang beruvchi moddalarning, ayniqsa karotinning parchalanishi sabab bo’ladi.

Download 489,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish