1-rasm. Bilimni egallash jarayoni.
Bu jarayon uzluksiz, odatda oylab davom etadigan tizimli intervyular ketma-ketligidan tashkil topgan.
Bilimlar muhandisi ekspert bilan ishlashi zarur, ayni ma’lum bir vaziyatda qanday yo‘l tutmoqda, shuni kuzatishi zarur. Ma’lum bir toifaga kiruvchi masalani aniq hal etishda uning uslublari va qoidalari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri savol berish orqali samarali yondoshuvni tashkil etishi zarur. Bu kabi qoidalarni shakillantirishda odatda ekspertga qiyinchilik tug‘iladi. Bu tabiiy holat ekspertiza paradoksi deyiladi. Shu sababli asosiy talab: o‘zingizning ekspertingiz bo‘lib qolmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |