O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanning o’qilishidan maqsad- shaxsiy kompyuterdan unumli foydalanishda asosiy dasturiy vosita bo’lib xizmat qiluvchi oprasion tizimlar va operasion tizim yordamida jarayon xamda resurslarni boshqarish, Officye ilovalarida makroslar bilan ishlash bo’yicha bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir.
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlardan xalq ho’jaligining turli soxalarida keng foydalanilmoqda. Ushbu zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim tizimida va kasb hunar kollejlaridagi ushbu yo’nalish bo’yicha ta’lim berayotgan har bir pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bo’lajak muxandis-pedagoglar shaxsiy kompyuterning dasturiy vositalarini yaxshi bilishi va kelajakda ushbu dasturiy vositalardan samarali foydalangan holda turli shakldagi axborotlarni qayta ishlash malakasiga ega bo’lishi bilan birgalikda yosh mutaxassislarga ushbu bilim va malakalarni o’rgatishlari zarur bo’ladi. Ushbu fikirlardan kelib chiqqan holda «Operasion tizimlar va ofis ilovalar» fani bo’lajak muxandis-pedagoglarga yuqorida ko’rsatilgan talablar asosida bilimlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o’qitish asosiy maqsadidir.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar «Operasion tizimlar va ofis ilovalar» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: