Namangan muhandislik-qurilish


Evropadagi generator firmalari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

Evropadagi generator firmalari. 
Evropada  eng  yetakchi  avtomobillarga  generator  ishlab  chiqadigan  firmalar 
Bosch (Germaniya), Valeo (Frantsiya) va Magneti Marelli (Italiya). 
Masalan:  Bosch  firmasi  Germaniyada  –  Mercedes,  BMW,  Audi,  Opel, 
Volkswagen  va  xokoza.,  Frantsiyadagi  Valeo  firmasi  –  Peygeot,  Citroen,  Renault, 
Volvo  avtomobillari  uchun  generator  ishlab  chiqadi.  Angilyadagi  ko‟pgina 


 
37 
avtomobillarni  generatorini  Lucas  firiasi  ishlab  chiqadi.  Rossiya  avtomobillarini 
ko‟pchiligida Bosch generatorlar ishlatiladi. 
 
 
 
4.3-rasm. O‟zgaruvchan tok generatori. 
 
 
4.4-rasm. O‟zgaruvchan tok generatorini detallari. 
1  –  gayka  va  shayba;  2  –  shkiv;  3  –  oraliq  shayba;  4  –  plastinani  ushlab 
qotiruvchi  bolt;  5,12  –  oldingi  va  orqa  qopqoq;  6,9  –  podshipniklar;  7  –  ushlovchi 
plastina; 8 – rotor; 10 – podshipnik kistirgichi; 11 – stator; 13 – siquvchi bolt; 14 – 
rostlagich  bloki;  15  –  rostlagich  blokini  qotiruvchi  bolt;  16  –  kojux;  17  –  kojux 
maxkamlovchi  bolti;  18  –  shyotkaushlovchi;  19  –  shyotkaushlovchi  maxkamlovchi 
bolti; 20 – shyotka; 21 – shyotka prujinasi. 
Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok generatorlari 
         Mamalakatimiz 
sanoati 
mazkur 
gruppadagi 
generatorlardan 
G-3O3 
generatorini  ishlab  chiqaradi  (4.5-rasm).  U  startyor,  rotor  va  old  hamda  ketingi 
qopqoqlardan tuzilgan. 
 


 
38 
 
4.5-rasm. Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok 
generatorining tuzilishi. 
1  -  aylanuvchi  magnit;  2  -  uyg‟otish  chulg‟ami;  3  -  o‟zak;  4  -  cho‟g‟lanma 
lampa;  5 -korpus. 
Startor  lak  qatlami  bilan  izolyatsiyalangan  0,5  mm  qalinlikdagi  alohida 
elektrotexnikaviy  po‟lat  plastinalardan  (uyurma  tokni  kamaytirish  maqsadida) 
yig‟ilgan.  Plastinalar  ichida  12  ta  chiqiqlar  (qutblar)  bo‟lib,  ularning  har  biriga 
startyor  fazaviy  chulg‟amining  g‟altagi  joylashgan.  Parchinlangan  plastinalar 
startyor  paketini  hosil  qiladi.  Har  bir  g‟altak  0,62  mm  diametri  PEV-2  markadagi 
izolyatsiyalangan  simning  73  o‟ramidan  tashkil  topgan.  Juft  g‟altaklar  ketma-ket 
ulangan,  ya‟ni  bitta  g‟altak  o‟ramining  oxiri  ikkinchi  g‟altak  o‟ramining  boshiga 
ulangan (yondagiga emas, bittadan keyingisiga). Har bir juftdan simning erkin uchi 
iste‟molchilar ulanadigan qismaga chiqarilgan. galtaklar juftlari soniga qarab bunday 
qismlardan oltita bor va ularga 1 - 6 raqamlari yozilgan. 
 
Har  bir  juftning  ikkinchi  uchi  umumiy  qisma  M  ga  (massaga)  chiqarilgan. 
SHunday  qilib,  har  bir  iste‟molchi  nomerlangan  qismaga  va  qisma  M  ga  o‟langan. 
Rotor  val,  olti  qutbli  magnit  va  yuritish  shkividan  tuzilgan.  Magnit  alniko 
qotishmasidan  (temirning  nikel  va  alyuminiyli  qotishmasidan)  tayyorlangan. 
Qopqoqlarga rotor vali aylanadigan zichlamali sharikli podshipniklar va o‟rnatilgan. 
Generator  qopqoqlari  va  korpus  ikkita  taranglash  bolti  yordamida  bir  butun  qilib
 
biriktirilgan. 
Ketingi  qopqoqqa  izolyatorlar  o‟rnatilgan  bo‟lib,  ular  orqali  qismlar 
chiqarilgan.  Qopqoqlarda  teshikli  chiqiqlar  bo‟lib,  bu  teshiklardan  generatorni 
dvigatel  kronshteyniga  mahkamlaydigan  bolt  o‟tadi.  Bu  bolt  yuritish  tasmasi 
tarangligini bo‟shatish zarur bo‟lganda generatorni burish uchun ham xizmat qiladi. 
 
Bunday  generatorlar  gruppasiga,  shuningdek,  GTI-A  generatori  ham  kiradi. 
Startyor, rotor, qopqoq va markazdan qochirma rostlagich uning asosiy qismlaridir. 
Startyor  chulg‟ami  fazaviy  g‟altaklari  joylashgan  36  ta  qutbga  ega.  Startyor 
chulg‟ami  uch  fazali  bo‟lib,  yulduz  usulida  ulangan.  Rotor  val,  magnit  va  yuritish 
shkividan tuzilgan. Magnit uchta paketni o‟z ichiga oladi: ikkitasi valga qo‟zg‟almas 
qilib o‟rnatilgan, uchinchisi esa bronza vtulkada burala oladi.  
U rotorning aylanish tezligi o‟zgarganda generator qismlaridagi kuchlanishni 
doimiy  saqlashga  xizmat  qiluvchi  markazdan  qochirma    kuchlanish  rostlagichi 
saqlashga  xizmat  qiluvchi  markazdan  qochirma  kuchlanish  rostlagich  ta‟sirida 
buriladi.  Rostlagich  mushtcha  markazdan  qochirma  yukcha  prujina    va  gaykali 
taranglash  vintlaridan  tuzilgan.  Mushtcha  berkitish  vinti  yordamida  rotor  valiga 
qo‟zg‟almas qilib o‟rnatilgan. Mushtcha teshiklariga prujinaning taranglash vintlari 
qo‟yilgan  ikkita  kronshteyn  mahkamlangan.  Prujinalar  ikkinchi  uchi  bilan  o‟qi 
magnitning qo‟zg‟aluvchan paketiga mahkamlangan markazdan qochirma yukchaga 
ulangan. 
Rotorning  aylanish  soni  ortganda  markazdan  qochirma  yukchalarprujinalar 
tortish kuchini yenggan holda markazdan qochma kuchlar ta‟sirida tarqaladi.  
Qo‟zg‟aluvchan paket bunda qo‟zg‟almas paketga nisba tan siljiy boshlaydi va 
rotor  magnit  oqimi  kamayadi.  Bu  hol  generator  ishlab  chiqaradigan  e.yu.k.  ning 
kamayishiga  olib  keladi.  Rotorning  aylanish  soni  kamayganda  yukchalar  prujinalar 
ta‟sirida dastlabki holatiga qaytadi va qo‟zg‟almas paketni magnit oqimi ko‟payishi 


 
39 
tomon  buraydi.  Odatda  fazaviy  kuchlanish  rotorning  3000-4700  ayl

min  aylanish 
sonida 10-13V bo‟ladi. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish