Namangan muhandislik-qurilish


Akkumulyatorlar batareyasiga xizmat ko‟rsatish va ularda uchraydigan



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

Akkumulyatorlar batareyasiga xizmat ko‟rsatish va ularda uchraydigan 
nuqsonlar. 
Dvigatelni  ishga  tushirishda  startyorni  ko‟pi  bilan  to‟rt  marta  ulash  kerak, 
lekin ulash vaqti 10 sek dan oshmasligi lozim. Har gal ulashdan so‟ng 1 min gacha 
tanaffus qilgan ma‟qul. 
 
Dvigatel  to‟xtagach,  batareyani  massa  uchirgichi  yordamida  massadan  (ya‟ni 
mashina  korpusidan)  uzib  qo‟yish  kerak.  Agar  uchirgich  bo‟lmasa,  unda  sim 
batareyaning manfiy qismasidan uzib qo‟yiladi. 
 
Batareyani  zarb,  siltanish  va  silkitishlardan  saqlash  lozim,  qisqa  tutashishga 
sabab  bo‟luvchi  metall  predmetlarni  uning  ustiga  qo‟yish  mumkin  emas.  qattiq 


 
27 
sovuqda mashinadagi batareya qo‟yiladigan uya kigiz bilan issiq qilinadi; uzoq turib 
qolganda esa batareyani olib, xonada saqlanadi. 
 
Batareya  sirtiga  tokilgan  elektrolit  novshadil  spirti  yoki  kalьtsinatsiyalangan 
sodaning suvdagi 10% li eritmasi shimdirilgan latta bilan artiladi. 
 
Kundalik  texnikaviy  xizmat  ko‟rsatishdabatareya  sirtidagi  chang  va  iflos 
tozalanadi, zarur bo‟lsa, ularning qismlari mayda qumli jilvir qog‟oz bilan yoki egov 
bilan  tozalanadi,  chiqish  bilan  unga  mahkamlangan  qisma  orasidagi  tirqishlarga 
texnikaviy  vazelin  yoki  solidol  surkaladi,  uyadagi  batareyalarning  mahkamlash 
joylari  bo‟lib  mahkamlanadi.  Tiqinlardagi  shamollatish  kanallari  tayoqcha  bilan 
tozalanadi. 
 
Servis  xizmat  ko‟rsatishda  (dvigatel  60  soat  ishlagach)  elektrolit  sathi 
tekshiriladi.  Sath  plastinalardan  10-15  mm  yuqori  bo‟lishi  kerak.  Agar  u 
plastinalardan  past  bo‟lsa,  unda  kamiga  distillangan  suv  quyiladi.  Faqat 
akkumulyatordan 
bo‟shatib 
olingan 
elektrolit 
bo‟lsagina 
qo‟shiladi. 
Akkumulyatorlardagi elektrolit sathi uchi konus shaklidagi millimetrlarga bo‟lingan 
maxsus  shisha  naycha  bilan  o‟lchanadi.  Naycha  saqlash  to‟siqchasiga  taqalguncha 
akkumulyatorga  tushiriladi,  yuqorigi  teshigi  bosh  barmoq  bilan  berkitiladi,  so‟ng 
chiqarib olinadi va bo‟limlarga qarab sath o‟lchanadi. Distillangan suvni dvigatelni 
ishga  tushirish  oldidan  (zaryadlash  jarayonida  elektrolit  bilan  aralashishi  uchun) 
qo‟yish kerak. 
 
Servis  xizmat  ko‟rsatishda  (dvigatel  240  soat  ishlagach)  batareyaning 
zaryadlanganligini  akkumulyator  densimetri  yoki  kuchlanish  vilkasi  yordamida 
tekshiriladi.  Elektrolit  zichligi  aniqlanadi  (har  bir  akkumulyatorda  alohida).  qishda 
zichlik ko‟pi bilan 0,04 (akkumulyatorning 25% zaryadsizlanishiga mos keladi) va 
yozda  0,08  (50%  zaryadsizlanishi)  kamayishiga  yo‟l  qo‟yiladi.  Akkumulyatordan 
birida elektrolit zichligi kamayganda ham batareyani zaryadlash lozim. 
 
Kuchlanish  vilkasi  (2-rasm,  b)  voltmetr,  rezistor,  ikkita  kontakt  va  dastadan 
tuzilgan. Voltmetr shkalasi 0,1vgacha aniqlikda graduslarga bo‟lib chiqilgan. 
 
Tekshirganda  vilkani  akkumulyator  chiqishlarida  ko‟pi  bilan  5sek  ushlab 
turish  kerak,  chunki  bunda  vilkaning  qarshiligi  (0,02  Om)  tufayli  akkumulyator 
zaryadsizlanib qolishi mumkin. Voltmetr qishda kamida 1,6V va yozda kamida 1,5V 
ni  ko‟rsatishi  lozim.  Bunda  ayrim  akkumulyatorlar  ko‟rsatishlaridagi  farqi  0,2  dan 
oshmasligi  kerak.  Agar  akkumulyatorlar  qismalaridagi  kuchlanish  belgilangan 
qiymatdan  bo‟lsa,  unda  batareyani  mashinadan  olib,  zaryadlashga  jo‟natish  kerak. 
Agar  ikkita  batareya  bo‟lib,  ulardan  biri  zaryadsizlangan  bo‟lsa,  u  holda  ikkalasi 
zaryadlanadi. 
 
Odatda,  batareyalarning  zaryadlanganini  har  kuni  asboblar  shchitchasiga 
o‟rnatilgan ampermetr yordamida tekshiriladi. Agar dvigatelni ishga tushirib, yuqori 
tezliklarda  20-30  min  ishlatilsa,  unda  ampermetr  strelkasi  ma‟lum  miqdordagi 
zaryad  tokini  ko‟rsatgan  holda 

  20A  tomonga  og‟adi.  Agar  belgilangan  vaqt 
o‟tgach,  strelka  nolga  qaytsa,  unda  bu  batareya  normal  zaryadlangan  hisoblanadi. 
Agar  batareya  kuchli  zaryadlangan  bo‟lsa  strelka 

  20A  tomonga  uzoq  vaqt  og‟ib 
turadi. 


 
28 
 
Qo‟rg‟oshin-kislotali  akkumulyatorlar  batareyasining  xarakterli  nuqsonlariga 
akkumulyatorning o‟z-o‟zidan tez zaryadsizlanishi, ish plastinalarining sulьfatlanishi 
va buzilishi, baklarning yorilishi kiradi. 
 
O‟z-o‟zidan 
zaryadsizlanish 
sutka 
davomida 
batareyaning 
to‟la 
zaryadsizlanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Har  bir  batareyada  sodir  bo‟ladigan  o‟z-
o‟zidan  normal  zaryadsizlanish  sutkada  uning  sig‟imining  1%  dan  oshmaydi.  O‟z-
o‟zidan  zaryadsizlanish  sabablari:  akkumlyatordagi  qutbli  shtirlarning  iflos  yoki 
tokilgan elektrolit orqali tutashishi, turli ishorali plastinalarning buzilgan separatorlar 
orqali  tutashishi,  elektrolitning  ifloslanishi.  Iflos  yoki  tokilgan  elektrolitni  tezda 
tozalab  olish  kerak.  Agar  shundan  so‟ng  ham  o‟z-o‟zidan  zaryadsizlanish  davom 
etsa, unda batareyani remontga jo‟natish kerak, chunki separatorlar buzilgan bo‟lishi 
mumkin. 
 
Akkumulyatorlar  ishlashi  jarayonida  plastinalar  normal  sulfatlanishi  lozim, 
buning  natijasida  ular  oq  rangdagi  kristall  kukuni  bilan  qoplanadi.  CHuqur 
sulfatlanganda  batareya  sig‟imi  tezda  kichrayadi,  chunki  kristall  kukni  plastinalar 
yuzasini 
elektrolitdan 
himoyalaydi. 
Bunda 
elektrolit 
sathi 
pasayganda 
akkumulyatordan  foydalanilganligi,  zaryadsizlangan  batareya  uzoq  saqlanganligi, 
elektrolit  zichligi  oshganligi,  batareya  sig‟imiga  nisbatan  50%  dan  ortiq 
zaryadsizlanganligi  sabab  bo‟lishi  mumkin.  CHuqur  sulfatlangan  akkumulyatorlar 
batareyasi, plastinalar remont qilinmaydi. 
 
Ishchi  plastinalar  oksidlanishi  tufayli  yemiriladi,  natijada  aktiv  massa 
kamayadi. Bu hol elektrolit sathi pasayganda va ifloslanganda sodir bo‟ladi. Ayniqsa 
aktiv massa qisqa tutashish vaqtida keskin kamayadi. 
 
Batareya baklardagi yoriqlar maxsus mastikalar surkab berkitiladi. 
 
Elektrolit  quyilgan  qo‟rg‟oshin-kislotali  akkumulyator  batareyasini  bir  yil 
saqlash mumkin. Batareyalarni saqlashga quyish oldidan iflosliklardan tozalanadi va 
ko‟zdan kechiriladi. Mastika qolgan joylari kavsharlagich bilan qizdirib eritiladi va 
yog‟och  kurakcha  bilan  tekislanadi.  Tashqari  metall  qismlariga  texnikaviy  vazelin 
surkaladi.  So‟ng  elektrolit  sathi  tekshiriladi  va  batareyalar  zaryadlashga  qo‟yiladi. 
Keskin  iqlimli  rayonlarda  batareyalarni  saqlashga  qo‟yilayotgandagi  zichlik  1,29 
(foydalanishda qabul qilingan 1,31 zichlik o‟rniga) bo‟lishi kerak. 
 
Batareyalar  shamollatiladigan  quruq  xonada  stellajlarda,  0  dan  -  25


temperaturada saqlanishi lozim, chunki past temperaturalarda ishchi plastinkalarning 
o‟z-o‟zidan  zaryadsizlanish,  sulьfatlanish  va  zanglash  jarayoni  sekinroq  kechadi. 
Batareyalarni saqlashda elektrolit sathi va zichligi har oyda tekshirib turiladi. Uning 
zichligi normal zichlikka nisbatan 0,03 dan ko‟proq kamaysa, batareya zaryadlashga 
qo‟yiladi. 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish