12
KIRISH
Avtomobil sanoatining rivojlanishi bugungi kunda eng zamonaviy
avtomobillarni ishlab chiqishdan iborat bo‟lib bormoqda. Mamlakatimizni
iqtisodiyotini rivojlantirishda chet el investitsiyasining kirib kelishi sababli ko‟plab
avtomobilsozlik korxonalari jahon andozalari talablariga javob bera oladigan
darajada
tiklanmoqda, yiriklashmoqda va yangidan qurilmoqda.
“
Har bir davlat xizmatchisi har kuni o’zining mehnati bilan egallab turgan
lavozimiga loyiqligini isbotlash shart
” degan qoidani ro‟yobga chiqarishga alohida
e‟tibor qaratildi.
Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay yengil avtomobillar, avtobuslar,
mikroavtobuslar, yuk avtomobillari bilan yangilash, yo‟nalishlarni oqilona tashkil
etish va kengaytirish, tashishlar xavfsizligi choralarini kuchaytirish hisobiga
aholining
avtomobil
tashishlariga
ehtiyojini
imkon
qadar
to‟laqonli
ta‟minlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‟nalishidir.
Ushbu faktorlarni hisobga olgan holda quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirildi:
birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonunchilik
darajasida qulay shart-sharoitlar yaratildi;
ikkinchidan, yo‟lovchilar avtovokzallari va avtostantsiyalarini qurish hamda
rekonstruktsiya qilish, yangi yo‟lovchi yo‟nalishlarini ochish, avtomobil transporti
harakatdagi tarkibini yangilash bo‟yicha zarur choralar ko‟rilmoqda;
uchinchidan,
tashishlar
yo‟nalishlarini
tender
orqali
joylashtirish
mexanizmlarini joriy etish yo‟li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor
munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilmoqda;
to‟rtinchidan, avtomobil tashishlarini boshqarish tizimiga tadbirkorlar
tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat berish va litsenziya
jarayonlarini maksimal darajada soddalashtirish, talab etilayotgan hujjatlar soni,
ularni taqdim etish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yagona axborot-
integrallashuv tizimi joriy etilgan.
Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi – ta‟lim yo‟nalishi
bo‟yicha bitirgan texnik bakalavrlar transport vositalarini elektr jihozlari va elektron
tizimlarini tuzilishi, ishlash printsipi, ularni turlari, transport vositasigi to‟g‟ri
tanlash, hamda ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy ilmiy usullarini qo‟llay
bilishlari, transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlarining istiqbolli
konstruktsiyalari va ularni transport vositalariga tadbiq eta olish, institutda olgan
nazariy va
amaliy bilim, ko‟nikmalari asosida yaratilishiga imkon beradi.
Zamonaviy transport vositalarida elektr energiyasi turli maqsadlarda
ishlatiladi: ichki yonuv dvigatellarini yurgizib yuborish, ichki yonuv dvigatellarida
ishchi aralashmani o‟t oldirish, transport vositasi xarakatlanadiga yo‟llarni yoritish,
transport vositasi sirtqi o‟lchamini ko‟rsatish, kapot ostidagi dvigatelni kechqurin
yoritish, yorug‟lik va tovush signali berish, ayrim agregatlar va har xil vazifani
o‟tovchi elektr yuritmalar ishni tekshirish, yonilg‟i bakdagi yonilg‟i sathi,
dvigateldagi suyuqlik harorati, moy bosimi, avtomobil oldi ko‟rsatkichlarini (panel)
ishlashi, dvigatelni elektron boshqarish, transmissiya agregatlarini elektron