77
Variator g‟altakning qizishini kamaytirish va dvigatel tirsakli valining
aylanish chastotasi o‟zgarganda unda normal tokni saqlashga xizmat qiladi. U spiral
shina chinni izolyator, asos va biriktirish vintidan tuzilgan. Spiral qarshiligi 1,20 Om
bo‟lgan (qiziganda 4,20 Om gacha oshadi) po‟lat simdan yasalgan bo‟lib, u
birlamchi chulg‟am zanjiriga ketma-ket ulangan.
Agar dvigatel sekin aylanishda ishlasa, unda uzgich kontaktlari dvigatelь tez
aylanishda ishlayotgandagiga nisbatan ancha uzoq vaqt tutashib turadi. Joul-Lents
qonuniga ko‟ra o‟tkazgichning qizishi faqat tok miqdoriga bog‟liq bo‟libgina
qolmay, balki tokning o‟tish vaqtiga ham bog‟liq. Binobarin, dvigatelь sekin
aylanishda ishlayotganda birlamchi chulg‟am kuchli qiziydi, shu bilan birga variator
spirali ham qiziydi. Uning qarshiligi ortib boradi, bu birlamchi chulg‟amning
qizishini kamaytiradi; bir vaqtda uzgich kontaktlari orasidagi uchqun kamayadi.
Dvigatelь tirsakli valining aylanish chastotasi oshishi bilan kontaktlarning
ajralish chastotasi ko‟payadi va g‟altakning birlamchi chulg‟amida tok kamayadi.
Bunda variator spirali qizimaydi va uning qarshiligi birlamchi chulg‟amdagi tokka
ta‟sir qilmaydi. Birlamchi chulg‟amdan ikkilamchi chulg‟amda hosil bo‟lgan,
o‟rnatilgan yuqori kuchlanish tok o‟tadi.
Dvigatelni ishga tushirishda variator rezistori induktsion g‟altakda normal
kuchlanish hosil qilishga to‟sqinlik qiladi. Rezistorda kuchlanish kamayadi, bu esa
g‟altakning ikkilamchi chulg‟amidagi kuchlanishning kamayishiga sabab bo‟ladi.
SHuning uchun variator rezistorini startyor o‟chirgichning yordamchi kontaktlari
vositasida avtomatik uzish nazarda tutilgan.
Induktsion g‟altak qismalari VK va VK-B startyorning yordamchi qismalariga
simlar bilan ulangan. Dvigatelь ishga tushirilganda startyor richagi uning relesining
qismalarini ulaydi va tok variator rezistoridan o‟tmay ulardan o‟tadi. Agar dvigatelni
biror sababga ko‟ra dasta yordamida ishga tushirishga to‟g‟ri kelsa, qismalar VK va
VK-B ni sim bo‟lagi bilan ulab rezistor uziladi.
Yuk avtomobiliga o‟rnatilgan B-13 induktsion g‟altak ikkilamchi chulg‟ami
o‟ramining soni ko‟p, g‟altak ichiga bitum tarkib o‟rniga, chulg‟amdan 3-5 mm
yuqori sathda transformator moyi qo‟yilgan, shuning uchun g‟altak vertikal
o‟rnatiladi. Transformator moyi faqat chulg‟amni yaxshi izolyatsiyalab qolmay,
balki issiqlikni korpusga yaxshi o‟tkazadi. Ikkilamchi chulg‟amda o‟ramlar sonining
oshishi unda kuchlanishning oshishiga yordam beradi (bu zarur, chunki g‟altak o‟n
sakkiz tsilindrli dvigatelga xizmat qiladi). Yuk avtomobilining dvigateli siqish
darajasi yuqoriligi bilan farqlanadi, bu svecha elektrodlari orasidagi qarshilikni
oshiradi va uni yengil uchun yuqori kuchlanish talab etiladi.
G‟altak har smenada chang va iflosdan tozalanadi, qismalar va sim uchlari
tozalanadi. Dvigatelь to‟xtatilgach, birlamchi chulg‟am kuchlanish ostida
bo‟lmasligi uchun o‟t oldirish darhol uziladi.
G‟altaklarning xarakterli nuqsonlari: chulg‟amlarning shikastlanishi, variator
spiralining kuyishi. CHulg‟amlarning yaroqligiga ommetrdan foydalanib ishonch
hosil qilish mumkin. Agar ikkilamchi chulg‟am uchlariga (qisma VK ga va yuqori
kuchlanishli tok chiqishiga) ulangan ommetr 8-9 ming Om ni ko‟rsatsa, unda
chulg‟am yaroqli hisoblanadi. Birlamchi chulg‟amni tekshirishda ommetr qismalar R
(ramda ko‟rsatilmagan) va VK ga ulanadi. SHuningdek, variatorning yaroqliligini
ham ommetr yordamida tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: