Namangan muhandislik-qurilish


II .Harakatlanishni boshlash, yo’nalishlarni o’zgartirish



Download 13,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/121
Sana29.12.2021
Hajmi13,34 Mb.
#136741
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Bog'liq
yol harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashgulotlarni otkazish uchun

II .Harakatlanishni boshlash, yo’nalishlarni o’zgartirish
Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo’nalishni o’zgartirish (qayta tizilish,
burilish, qayrilib olish, quvib o’tish va aylanib o’tish) va to’xtashdan oldin
bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga halaqit
bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Endosh hududlardan yo’lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan
transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yo’ldan chiqishda harakat
yo’nalishini kesib o’tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo’l berishi kerak.
Haydovchi qayta tizilishda yon bo’lakda yo’nalishini o’zgartirmasdan
harakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berishi kerak.
Bir yo’nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta
tizilayotganlarida haydovchi o’ng tomondagi transport vositasiga yo’l berishi kerak.
Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun
burilishdan boshqa barcha xollarda, o’ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan
oldin shu yo’nalishda harakatlanishi mo’ljallangan qatnov qismining eng chetki
holatini egallashi shart.
Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yo’l belgilari yoxud 1.18 yo’l chizig’i bilan boshqa


79
harakatlanish tartibi o’rnatilmagan bo’lsa, qatnov qismining o’rtasida u bilan bir
sathda joylashgan bir yo’nalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib
olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining
kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi  yo’nalishdagi harakat
bo’lagiga o’tib ketmasligi kerak.
O’ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o’ng
tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
Transport vositasi o’zining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga ko’ra
ushbu Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat
xavfsizligini ta’minlab, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan
chetga chiqishiga yo’l qo’yiladi.
Relssiz transport vositasining haydovchisi yo’lning chorrahadan tashqari
joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi  yo’nalishdan
harakatlanayotgan transport  vositalariga va bir yo’nalishdagi tramvayga yo’l berishi
shart.
Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan
qayrilib olish uchun yetarli bo’lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o’ng
chetidan (yo’lning o’ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir
yo’nalishdagi va qarama-qarshi  yo’nalishdagi transport vositalariga yo’l berishi
shart.
Transport vositalarining harakat yo’nalishlari kesishadigan va o’tish navbati
Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o’ng tomondan yaqinlashib
kelayotgan transport vositasiga yo’l berishi kerak.
Sekinlashish bo’lagi bo’lgan yo’llarda burilmoqchi bo’layotgan haydovchi o’z
vaqtida shu bo’lakka o’tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo’lga chiqish joyida tezlashish bo’lagi bo’lsa, haydovchi unda harakatlanishi va
qo’shni bo’lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berib, transport
oqimiga qo’shilishi kerak.
Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:


piyodalarning o’tish joylarida;
tunnellarda;
ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo’l
belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo’l qismlari bundan
mustasno);
temir yo’l kesishmalarida;
Yo’lning ko’rinishi biror-bir yo’nalishda 100 metrdan kam bo’lgan joylarda.
Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi Yo’l hara kati
xavfsizligini ta’minlashi va boshqaYo’l harakati qatnashchilariga xalakit bermasligi
shart. Zarurat turilganda haydovchi boshqashaxslarning yordamidan foydalanishi
kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62bandiga muvofiq
qayrilib olish mumkin bo’lmagan joylarda taqiqlanadi.

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish