130modda. Transport vositalari haydovchilarning
temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini
buzishi
Transport vositalari haydovchilarning temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish
qoidalarini buzishi, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan bo’lsa, eng kam ishhaqining ikki baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish
huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga maxrum etishga sabab bo’ladi. (O’zR
26.12.1997 y. 549Ison qonuni taxriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: |