Namangan muhandislik-qurilish



Download 13,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/121
Sana29.12.2021
Hajmi13,34 Mb.
#136741
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
Bog'liq
yol harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashgulotlarni otkazish uchun

HARAKATLANISH  TARTIBI
I.Yo’lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
Relьssiz transport vositalari harakatlanadigan bo’laklar soni chiziqlar va
(yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 Yo’l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki
Yo’l belgilari bo’lmasa, haydovchilar harakatlanish bo’laklari sonini, qatnov
qismining kengligini, transport vositalari ora sidagi zarur yonlama oralik masofani va
ularning gabarit o’lchamlarini xisob ga olgan xolda o’zlari aniqlaydilar. Bunda
harakat ikki tomonlama bo’lgan Yo’l qatnov qismining chap tomondagi yarmi,
qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish bo’laklari,
balandlikka kutarilish dagi kushimcha bo’laklar, yo’nalishli transport vositalarining
To’xtash  joy laridagi kengayishlar)ni xisobga olmagan xolda, qarama-qarshi
yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan deb xisoblanadi.
Turt va undan ortik bo’lakli, harakat ikki tomonlama bo’lgan Yo’llar da
qarama-qarshi  yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan bo’laklarga chiqish
taqiqlanadi.


81
Harakat ikki tomonlama bo’lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 chizig’i
bilan belgilanganidan tashqari) uchta bo’lakli Yo’llarda, ikki yo’nalishda
harakatlanish uchun mo’ljallangan urta bo’lakka faqat quvib o’tish, aylanib o’tish,
chapga burilish va qayrilib olish ucho’ngina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi
yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan chetki chap bo’lakni egallash
taqiqlanadi.
Aholi punktlaridan tashqaridagi Yo’llarda hamda aholi punktlari da ayrim
turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangan dan yuqori tezlikda
harakatlanish ruxsat etilgan Yo’l qismlarida haydov chilar transport vositalarini
mumkin kadar qatnov qismining o’ng chetiga yaqinrok olib harakatlanishlari kerak.
O’ng bo’laklar bo’sh bo’lganda chap bo’laklarni egallash taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69,
123 va 161bandlaridagi talablarni xisobga olgan xolda, haydovchilar o’zlariga kulay
bo’lgan harakatlanish bulagidan foydalanishlari mumkin. Harakat serqatnovligi
sababli boshqabo’laklar band bo’lgan xol larda harakatlanish bulagini faqat o’ngga
yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib o’tish, To’xtash  yoki to’siqni chetlab
o’tish oldidan o’zgartirishga ruxsat etiladi.
Birok bir yo’nalishdagi uch va undan ortik bo’lakli har kanday Yo’lda chetki
chap bo’lakni harakat serqatnovligi sababli boshqabo’laklar band bo’lgan xollarda,
shuningdek quvib o’tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruxsat etilgan tula vazni
3,5 tonnadan ortik bo’lgan yuk avtomobillariga esa, faqat chapga burilish yoki
qayrilib olish uchun egallashga ruxsat eti ladi.
Harakat bir tomonlama bo’lgan Yo’lning chap bulagida To’xtash  va to’xtab
turish ushbu Qoidalarning 88bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Biror bo’lakda qo’shni bo’lakdagi transport vositalariga nisbatan kat tarok
tezlikda harakatlanish quvib o’tish xisoblanmaydi.
Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo’lmagan yoki texnik
sabablarga ko’ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib
o’tish, quvib o’tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki
ruxsat etilgan xollarda Yo’lning chap tomonida To’xtash dan boshqa xollarda faqat


chetki o’ng bo’lakda harakatlanishlari ke rak.
Bir yo’nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir satxda
joylashgan tramvay izidan, shu yo’nalishdagi boshqabo’laklar band bo’lgan da
harakatlanishga, shuningdek aylanib va quvib o’tishga, chapga burilish va qayrilib
olishga ushbu Qoidalarning 56bandini xisobga olgan xolda ruxsat etiladi. Birok bu
tramvayga xalakit bermasligi kerak. Qarama-qarshi  yo’nalishdagi tramvay izidan
harakatlanish taqiqlanadi.
Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 Yo’l belgilari urnatilgan bo’lsa,
chorrahadan o’tishda tramvay izlaridan harakatlanish taqiqlanadi.
  Agar qatnov qismi Yo’l chiziqlari bilan bo’laklarga ajratilgan bo’lsa, transport
vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan bo’laklarda amalga
oshirilishi kerak. Faqat kayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o’tishga ruxsat
etiladi.
Reversiv harakatlanishli Yo’lga burilishda transport vositalari qatnov qismlari
kesishmasidan chiqishda chetki o’ng bo’lakni egallashi ke rak. SHu yo’nalishdagi
boshqabo’laklarda ham harakatlanishga ruxsat beril ganligiga ishonch xosil
qilgandan keyingina haydovchiga kayta tizilishga ruxsat etiladi.
Ushbu Qoidalarning 88, 166bandlarida ko’zda tutilgandan boshqaxollarda
transport vositalarining ajratuvchi bo’lak, Yo’l yokasi, trotuar va pi yodalar
Yo’lkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda Yo’ldan foy dalanish va
kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek bevosita Yo’l
yokasida, trotuar yoki piyodalar Yo’lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari,
korxonalar va boshqainshootlarga yuk olib kirish uchun boshqaimkoniyati bo’lmagan
transport vositalariga yaqin Yo’ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakat xavfsizligi
tula ta’minlangan bo’lishi shart.
Haydovchi o’zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi kes kin
tormoz berganida tuknashib ketmaslik kafolatini beradigan daraja dagi oralik
masofani, shuningdek Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlay digan yonlama oralik
masofani saqlashi kerak.
Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashqil etilgan


83
ikki bo’lakli Yo’llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo’lmagan,
shuningdek o’zunligi 7 metrdan ortik bo’lgan transport vositalarining (transport
vositalarining tarkibi) haydovchi lari o’zi va oldida harakatlanayotgan transport
vositasi orasida, ularni quvib o’tayotgan transport vositalari oldin egallagan bo’lakka
bemalol kayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saklashlari kerak.
Quvib o’tish taqiqlangan Yo’llarda, shuningdek transport vositalari ning tashkiliy
jamlanmasi tarkibida va serqatnov bo’lgan Yo’llarda hara katlanayotganda ushbu
talabga amal kilinmaydi.
Agar biror-bir to’siq sababli qarama-qarshi  yo’nalishlarda harakat lanish
kiyin bo’lsa, to’siq o’z tomonida bo’lgan haydovchi Yo’l berishi kerak.
Agar Yo’l belgilari va chiziqlari boshqayo’nalishni ko’rsatmagan bo’lsa,
haydovchilar ajratuvchi bo’lagi bo’lmagan ikki tomonlama harakat tashqil etilgan
Yo’llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va Yo’l inshooti qismlari (ko’prik,
Yo’l utkazgich ustunlari va shunga uxshashlar)ni o’ng tomondan aylanib o’tishlari
kerak.

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish