132
riladi. Alohida tashxis qo‘yish postlari avtomobil agregatlari va uzellarini joriy
ta’mirlash bo‘linmalarida tashkil etiladi (masalan, dvigatellar, uzatmalarni almash-
tirish qutilari va shu kabilarni ta’mirlashda shunday qilinadi). Postlarni bunday
joylashtirish tashxis qo‘yishga doir o‘lchash ishlarini ta’mirlashga qadar va
ta’mirlashdan keyin o‘tkazishga imkon beradi, tashxis sifatini oshiradi, biror-bir
agregat va uzelni ta’mirlash uchun avtomobilni qaytarishga hojat bo‘lmaydi.
Tashxis postlari zarur o‘lchash qurilmalari bilan ta’minlangan ko‘chmas
stendlar, ko‘chma stansiyalar, ko‘chma asboblar bilan jihozlanadi. Ba’zi hollarda
tashxis qo‘yish uchun avtomobilning asboblar panelidagi datchiklar va asboblar,
masalan, moy bosimini o‘lchash datchigi, harorat datchigi va hokazolardan ham
foydalaniladi.
Sinov barabanlari o‘rnatilgan tashxis stendlari zarur harakat va nagruzka
sharoitini yaratishga imkon beradi. Stend tormoz qurilmasi va yonilg‘i sarfini
o‘lchagich bilan jihozlangan bo‘lib, avtomobil barcha agregatlari va uzellarining
asosiy ko‘rsatkichlarini tekshirish, ularni pasportdagi ma’lumotlar bilan taqqos-
lash, avtomobilning asboblar panelidagi datchiklar va asboblar ko‘rsatkichlariga
tuzatish kiritish, nuqsonlarni aniqlash imkonini beradi.
Ayrim agregatlarga tashxis qo‘yish postlari ham bo‘ladi. Ular agregatning
asosiy parametrlarini o‘lchash va nazorat qilish, uningnuqsonlarini aniqlash uchun
maxsus asboblar va moslamalar bilan jihozlanadi. Masalan, dvigatel ishiga tashxis
qo‘yish posti vibroakustik apparatlar, stetoskop va boshqa asboblar bilan jihoz-
lanadi. Vibroakustik apparatlar ayrim alomatlar, shovqin va tovushlarga qarab
krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlarining texnik holatini aniqlashga
imkon beradi. Stetoskop yordamida tirsakli valning shatun va o‘zak podshipnik-
laridagi tirqishlarning, porshen va silindr orasidagi, klapanlar va turtkichlar
orasidagi tirqishlarning kattalashganini, rostlash va ta’mirlash ishlarini bajarish
zarurligini aniqlash mumkin.
Ko‘chma ta’mirlash va ta’mirlash-tashxis qo‘yish ustaxonalari TXKS va
avtotransport korxonalaridan tashqarida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash uchun mo‘ljallangan. Bunday ustaxonalar yuk avtomobillari kuzoviga
joylashtiriladi. Ularda metallarga ishlov berishga doir chilangarlik, parmalash,
tokarlik va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan jihozlar bo‘ladi. Bunday
jihozlar yordamida mayda ta’mirlash ishlarini bajarish va oddiy detallar
tayyorlash mumkin.
Bundan tashqari, ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi avtomobil agregatlari va
uzellarining ish parametrlarini o‘lchash hamda ularning texnik holatini aniqlash
uchun mo‘ljallangan moslamalar, asboblar, datchiklar bilan ham ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: