Namangan muhandislik qurilish


Yozma ishni o’tkazish tartibi



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

 
Yozma ishni o’tkazish tartibi 
YaB yozma ish shaklida o’tkaziladigan fanlar bo’yicha savollar kafedra 
tomonidan ishlab chiqilib, o’quv yili boshlanguniga qadar kafedra majlislarida 
muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
Semestr boshida yozma ish o’tkaziladigan fanlar ro’yhati va savollar to’’lami
mas’ul kafedralar tomonidan talabalar e`tiboriga yetkaziladi. 
YaB bosqichida yozma ish dekanat nazorati ostida, kafedra mudiri va fan 
o’qituvchilari mas`ulligida dars jadvali bo’yicha fanga ajratilgan vaqt davomida 
o’tkaziladi. 
Yakuniy Davlat attestatsiyasidagi yozma ish belgilangan jadval asosida 3 
(uch) astronomik soat davomida o’tkaziladi. 
Yozma ish xajmi talabaning fan bo’yicha tasavvuri, bilimi va amaliy 
ko’nikmasini baholash uchun yetarli bo’lishi zarur. Uning hajmi kafedra 
tomonidan belgilanadi va fakul tet kengashida tasdiqlanadi. 
Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. 
OB, YaB va Davlat attestatsiyasi bo’yicha yozma ish natijasi bir kun 
muddatda talabalarga ma`lum qilinadi. 
Yozma ishlarni tekshirishga va baholashga mashg’ulot olib boruvchi 
o’qituvchidan boshqa malakali professor-o’qituvchilar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot 
institutlarining olimlari hamda ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislari jalb 
etilishi tavsiya etiladi. Yozma ishlar xolisligini ta`minlashga dekanat mas`ul. 
Talabalarning bilim saviyasi va uzlashtirish darajasining Davlat ta`lim 
standartlariga muvofikligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish 
nazarda tutiladi: 
joriy nazorat - talabaning fan mavzulari buyicha bilim va amaliy ko’nikma 
darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib 
chiqqan xolda, seminar, laboratoriya va amaliy mashgulotlarida og’zaki so’rov, 
test o’tkazish, suxbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu 
kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; 
oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir 
necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim 
va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni 
(bir semestrda ikki martadan ko’’ utkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, ogzaki, 
test va xokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan 
xolda belgilanadi; 
yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va 
amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. 
Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish"
shaklida o’tkaziladi. 
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan 
komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari 


246 
buzilgan xollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi xamda oraliq nazort qayta 
o’tkaziladi. 
Oliy ta`lim muassasasi raxbarining buyrugi bilan ichki nazorat va monitoring 
bo’limi raxbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish 
jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan 
xollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi xamda yakuniy nazorat qayta 
o’tkaziladi. Talabalarning yozma ishlari olti oy mobaynida dekanatda saqlanadi. 
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning 
reyting tizimi asosida talabaning xar bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar 
orqali ifodalanadi. 
Xar bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 
100 ballik tizimda butun sonlar bilan baxolanadi. 
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
yakuniy nazoratga - 30 ball; 
joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
xolda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi). 
Talabaning reyting daftarchasiga aloxida qayd qilinadigan kurs ishi 
(loyixasi, xisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) buyicha 
yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining 
ilmiy-tadqiqot va ilmiy-’edagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha 
o’zlashtirish darajasi - 100 ballik tizimda baxolanadi. 
Talabaning fan boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi
namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) 
tavsiya etiladi: 
a) 
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob 
berishi 
lozim: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushoxada yurita 
olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; moxiyatini tushunish; bilish, aytib 
berish; tasavvurga ega bo’lish. 
b) 
71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi kuyidagilarga javob berishi 
lozim: mustakil mushoxada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; 
moxiyatini tushunish; bilish. aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 
v)55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi kuyidagilarga javob berishi 
lozim: moxiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 
g) quyidagi xollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baxolanishi 
mumkin: aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; bilmaslik. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish