Namangan muhandislik-qurilish


I - Bob. Transport vositalarining elektr manbalari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/162
Sana30.05.2022
Hajmi7,74 Mb.
#619661
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

I - Bob. Transport vositalarining elektr manbalari. 
 
1.1. Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari fanining 
rivoji va istiqboli.
 
Yurtboshimiz aytganidek bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon 
bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligiga, balki, birinchi 
navbatda, zamonaviy, muntazam yangilanib turgan texnologiyalarni o‟zlashtirishga 
qodir yuksak bilimli va intizomli ishchi kuchini muntazam tayyorlashga bog‟liqdir. 
Bunday ishchi kuchisiz iqtisodiyotning yuqori texnologiyalarga asoslangan 
zamonaviy tuzilmasini shakllantiradigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etib 
bo‟lmaydi.
Avtombilsozlikni rivojlanishi istiqbollari transport vositalarini elektr jihozlari 
va elektron tizimlarini keng ko‟lamda ishlatilishi bilan bevosita bog‟liqdir Hozirgi 
zamonaviytransport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimini ishchi 
jarayonlarini yuqori darajadagi eng zamonaviy elektr va elektron jihozlari bilan 
ta‟minlash, harakat xavfsizligini va haydovchi ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini 
ta‟minlovchi murakkab tizim bo‟lib, transport vositalarini samarali ishlatish darajasi 
ko‟p jihatdan ayni elektr jihozlari va elektron tizimlarining ishonchliligiga bog‟liq 
bo‟ladi.
Fanning maqsadi-zamonaviy texnik talablar asosida talabalarga transport 
vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari tuzilishi, konstruktsiyasi va 
nazariyasi bo‟yicha puxta bilim berishdan iboratdir.
Mamlakatimizda chiqarilayotgan va avtokorxonalarda keng tarqalgan chet el 
transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlarini tuzilishi, ishlish 
printsipi, turlari, konstruktsiyasi, elektron boshqaruv blogiga ega bo‟lgan ichki 
yonuv dvigatellarva avtomatlashgan transmissiyani tuzilishi, vazifasi hamda nazariy 
asoslari to‟g‟risida umumiy tushunchalarni o‟rganish ko‟zda tutilgan. 
Fanni o‟rganish natijasida talaba quyidagilarni bilishi lozim:
-
transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlarini tuzilishini 
o‟rganish;
-
transport vositalarinida ishlatiladigan elektr jihozlarining turlari, rusumlari, 
ularning indeksatsiyalash va asosiy texnik ko‟rsatkichlari;
-
elektr va elektron jihozlari mexanizmlari va tizimlarini o‟rganish;
-
ixtisoslashtirilgan transport vositalaridagi elektr jihozlari;
-
transport vositalarini yoqilgi tejamkorligini elektron boshqarish xususiyatlari; 
Mamlakatimizda avtomobil sanoatini rivojlanishi bilan bir qatorda ularga 
kafolatli texnik xizmat ko‟rsatish, ularni ehtiyot qismlar hamda transport vositalarini 
elektr va elektron jihozlari materiallari bilan ta‟minlashda birqator muammolar 
mavjud bo‟lib, bu muammolarni yechimini topish zamonaviy bilim va malakalarni 
talab etmoqda. Mavjud muammolarni rivojlangan mamlakatlar tajribalari, fan va 
texnikaning eng ohirgi yutuqlaridan foydalangan holda mamlakatimizdagi ilg‟or 
tajribalar bilan uyg‟unlashgan tarzda hal etilishi лозим. Buning uchun 
mamlakatimizdagi mavjud transport vositalarini elektr va elektron jihozlarini 
zamonaviy talablar asosida jihozlash, eng zamonaviy elektr va elektron tizimlarini 
joriy etishni kengaytirish, ichki yonuv dvigatellarida elektron boshqarishni 


16 
o‟rganish, yangi turdagi elektr va elektron tizimlari ishlarini o‟rganishni amalga 
oshirish lozim.
Ushbu o‟quv qo‟llanmada yuqoridagi qonun va farmonlar talablari, Davlat 
ta‟lim standarti, o‟quv rejasi talablari asosida ishlab chiqilgan:
 
-
zamonaviy transport vositalarini elektr jihozlari va elektron tizimlarini tuzilishi, 
ishlash printsipi, turlarini o‟rganish; 
-
transport vositalarini elektr jihozlari va elektron tizimlarini puxtaligini o‟rganish; 
-
transport vositalarini elektr bilan ta‟minlash tizimi ishini o‟rganish;
-
transport vositalarining akkumulyator batareyalarini vazifasi va turlari hamda 
avtomobil turiga qarab qo‟llash; 
-
transport vositalarini generator qurilmalari ishini o‟rganish; 
-
transport vositalarini kuchlanish rostlagichlarini tuzilishi va ishlash printsipini 
o‟rganish; 
-
transport vositalarini dvigatellarni ishga tushirish tizimini o‟rganish; 
-
transport vositalarini ishga tushirishni yengillashtirish tizimini tuzilishini 
o‟rganish; 
-
transport vositalarini o‟t oldirish tizimiga qo‟yiladigan umumiy talablarni bilish; 
-
o‟t oldirish svechasiga qo‟yiladigan talablari ishini o‟rganish; 
-
transport vositalari dvigatelida yonilg‟i uzatilishini elektron boshqarishni 
o‟rganish; 
-
dizellarni elektron boshqarish tizimini ishini o‟rganish;
-
ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan zaharli moddalar hisobiga atrof-muhitni 
ifloslanishini kamaytirish;
-
havoni kondensatsiyalash tizimlarini avtomobillarda qo‟llanishi; 
-
shassining elektr tizimlari avtomobillarga tanlash; 
-
transport vositalarini avtomatlashgan transmissiyasini tuzilishi va ishlashini 
o‟rganish;
-
transport vositalarini yoritish va signalizatsiya tizimlari qo‟llash; 
- informatsion-diagnostik tizimini transport vositalarida qo‟llash; 
-
harorat, bosim, sarf, tezlik va sathni nazorat qiluvchi asboblar ishini o‟rganish va 
qo‟llash;
-
transport vositalarini nazorat bort tizimlari ishini o‟rganish; 
-
transport vositalarini yordamchi elektr jihozlar ishi va o‟rnatilishini o‟rganish; 
-
zamonaviy elektrik avtomobillar (elektromobillar) tuzilishini o‟rganish; 
-
transport vositalarini elektr jihozlari va elektron tizimlarini atrof-muhitga ta‟sirini 
kamaytirish muamolari;
-
gibrid transport vositalarida qo‟llaniladigan yonilg‟i turlarini qo‟llash;
-
ta‟lim jarayonida talabalarda ijodiy tashabbuskorlikni, ratsionalizatorlik va 
ixtirochilikni rivojlantirish;
Avtomobillarning elektr jihozlari asboblari vazifasiga qarab elektr energiya 
(elektr toki) 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish