11
ANNOTATSIYА
O‟quv qo‟llanma “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi
(avtomobil transporti)” ta‟lim yo‟nalishi texnik bakalavriat talabalari uchun
mo‟ljallangan bo‟lib, unda transport vositalarining elektr jihozlari va elektron
tizimlariga qo‟yilgan talablar, transport vositalarining elektr jihozlari va elektron
tizimlarini tuzilishi, ishlash printsipi va turlari, elektr jihozlari va elektron tizimlarida
sodir bo‟ladigan texnologik jarayonlar, ularga xizmat ko‟rsatish va ularni bartaraf
etish yo‟llari. Avtomobillarni elektron tizimlarni boshqarish usullari. Elektr va
elektron tizimlarni avtomobillarga to‟g‟ri tanlash, bu tizimlar elementlarining yuqori
texnik ishonchliligi va konstruktiv mustaxkamligini oshirish usullari yoritilgan.
12
KIRISH
Avtomobil sanoatining rivojlanishi bugungi kunda eng zamonaviy
avtomobillarni ishlab chiqishdan iborat bo‟lib bormoqda. Mamlakatimizni
iqtisodiyotini rivojlantirishda chet el investitsiyasining kirib kelishi sababli ko‟plab
avtomobilsozlik korxonalari jahon andozalari talablariga javob bera oladigan
darajada tiklanmoqda, yiriklashmoqda va yangidan qurilmoqda.
“
Har bir davlat xizmatchisi har kuni o’zining mehnati bilan egallab turgan
lavozimiga loyiqligini isbotlash shart
” degan qoidani ro‟yobga chiqarishga alohida
e‟tibor qaratildi.
Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay yengil avtomobillar, avtobuslar,
mikroavtobuslar, yuk avtomobillari bilan yangilash, yo‟nalishlarni oqilona tashkil
etish va kengaytirish, tashishlar xavfsizligi choralarini kuchaytirish hisobiga
aholining
avtomobil
tashishlariga
ehtiyojini
imkon
qadar
to‟laqonli
ta‟minlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‟nalishidir.
Ushbu faktorlarni hisobga olgan holda quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirildi:
birinchidan, sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonunchilik
darajasida qulay shart-sharoitlar yaratildi;
ikkinchidan, yo‟lovchilar avtovokzallari va avtostantsiyalarini qurish hamda
rekonstruktsiya qilish, yangi yo‟lovchi yo‟nalishlarini ochish, avtomobil transporti
harakatdagi tarkibini yangilash bo‟yicha zarur choralar ko‟rilmoqda;
uchinchidan,
tashishlar
yo‟nalishlarini
tender
orqali
joylashtirish
mexanizmlarini joriy etish yo‟li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor
munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilmoqda;
to‟rtinchidan, avtomobil tashishlarini boshqarish tizimiga tadbirkorlar
tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat berish va litsenziya
jarayonlarini maksimal darajada soddalashtirish, talab etilayotgan hujjatlar soni,
ularni taqdim etish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi yagona axborot-
integrallashuv tizimi joriy etilgan.
Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi – ta‟lim yo‟nalishi
bo‟yicha bitirgan texnik bakalavrlar transport vositalarini elektr jihozlari va elektron
tizimlarini tuzilishi, ishlash printsipi, ularni turlari, transport vositasigi to‟g‟ri
tanlash, hamda ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy ilmiy usullarini qo‟llay
bilishlari, transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlarining istiqbolli
konstruktsiyalari va ularni transport vositalariga tadbiq eta olish, institutda olgan
nazariy va amaliy bilim, ko‟nikmalari asosida yaratilishiga imkon beradi.
Zamonaviy transport vositalarida elektr energiyasi turli maqsadlarda
ishlatiladi: ichki yonuv dvigatellarini yurgizib yuborish, ichki yonuv dvigatellarida
ishchi aralashmani o‟t oldirish, transport vositasi xarakatlanadiga yo‟llarni yoritish,
transport vositasi sirtqi o‟lchamini ko‟rsatish, kapot ostidagi dvigatelni kechqurin
yoritish, yorug‟lik va tovush signali berish, ayrim agregatlar va har xil vazifani
o‟tovchi elektr yuritmalar ishni tekshirish, yonilg‟i bakdagi yonilg‟i sathi,
dvigateldagi suyuqlik harorati, moy bosimi, avtomobil oldi ko‟rsatkichlarini (panel)
ishlashi, dvigatelni elektron boshqarish, transmissiya agregatlarini elektron
13
boshqarish, tashqi havo harorati past bshlganda dvigatelni yurgizib yuborishdan
oldin qizdirish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.
Yuqorida aytilgan avtomobillar elektr jihozlari tizimlaridagi elektr energiyasi
iste‟molchilari o‟zgaruvchan tok generatori hamda 12 yoki 24V kuchlanishli
akkumulyatorlar batareyasidan elektr energiyasini oladi.
Transport vositalarida elektr energiyasi manbaining “+” klemmasi bilan
ulangan bort tarmag‟i bo‟ladi. “-” klemma transport vositasining metal qismlari:
shassi, kuzov, rama va hokozolari tarmoqning ikkinchi simi vazifasini o‟taydi, ular
elektr energiyasi ist‟molchilari va manbalari ulanadi. Hozirgi zamon
avtomobillarining elektr jihozlaridagi ko‟pgina agregat va asboblar har bir
avtomobilning tipovoy sxemasi uchun umumiy bo‟lib, sxema elementlarida
ba‟zilarigina ushbu avtomobilga xos bo‟lgan jihoz hisoblanadi.
Turli avtomobillardagi asbob va agregatlarning vazifasi bir xil bo‟lishiga
qaramay, ish sharoiti turlicha bo‟lgani uchun ular quvvati, aylanishlar soni, yorug‟lik
kuchi va konstruktsiyasi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan generatorning quvvati
elektr energiyasi ist‟mol qiluvchilar soni va ularning quvvatiga yoki starter quvvati
va akkumulyatorlar batareyasining sig‟imi dvigatel turi (karbyuratorli, elektron va
dizel) tsilindrlar soniga hamda litirajiga bog‟liq.
Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi 1-rasimda keltirilgan.
1- rasm. Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi
1 - startyor; 2 - AB; 3 - ampermetr; 4 - generator; 5 - rele-rostlagich; 6 - o‟t
oldirish shamlari; 7 - taqsimlagich; 8 - uzgich; 9 - o‟t oldtrish g‟altagi; 10 - nazorat
o‟lchov asboblari; 11 - bosh yoritish faralari; 12 - faralarni almashlab ulagich; 13 -
yoritish tizimining markaziy almashlab ulagich; 14 - yoritish va darak berish
asboblari.
Energiyani faqat akkumulyator batareyasidan oluvchi startyor ancha kuchli
elektr energiya iste‟molchisi hisoblanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarda elektr energiyadan qanday foydalanilishi bilan
tanishib chiqamiz. Avtomobilga quyidagi elektr energiya manbalari o‟rnatilgan:
generator va bitta akkumulyatorlar batareyasi. Generator o‟zgaruvchan tok hosil
qiladi, unga o‟zgaruvchan tokni 12V nominal kuchlanishli o‟zgarmas tokka
aylantirib beruvchi kremniyli to‟g‟rilagich o‟rnatiladi.
Generatorning quvvati 400W bo‟lib, u kontaktsiz-tranzistorli rele-rostlagich
bilan ishlaydi. CHiqish qismalarida 12V umumiy kuchlanish hosil qilish uchun
14
ikkita akkumulyator batareyasi ketma-ket ulangan va massaning umumiy
uchirgichga ega.
Elektr energiyani yorug‟lik energiyasiga aylantirib beruvchi iste‟molchilar
gruppasiga old faralar, ketingi faralar, kabina plafoni, shtepsel rozetkali ko‟chma
fonar, asboblar shchitchasini yorituvchi uchta lampa kiradi. Ularga yorug‟lik signal
asboblari ham: old fonarlarining gabarit yorug‟lik lampasi va ketingi fonarlarning
gabarit yorug‟lik lampasi, old va ketingi burilishni ko‟rsatish chiroqlariga mos signal
lampalar va ketingi fonarlar to‟xtatish-signal lampasi, nomer belgisini yoritish
fonari, massa uchirgichning qizil rangdagi nazorat lampasi K va burilishni ko‟rsatish
chirog‟ini ulash yashil nazorat lampasi kiradi.
Elektr energiyani tovush energiyasiga aylantiruvchi asboblarga tovush signali
kiradi. Elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantirib beruvchi iste‟molchilar
gruppasiga elektr startyor, kabina ventilyatorining elektr dvigateli va oyna
tozalagichning elektr dvigateli kiradi.
Elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi iste‟molchilar gruppasiga
ishga tushirish isitgichning chog‟lanish svechasi, ishga tushirish isitgichning nazorat
elementi, moy temperaturasini o‟lchaydigan elektr termometr kiradi.
Elektr energiyani magnitaviy energiyaga aylantirib beruvchi asboblarga
kontakt-tranzistorli rele-rostlagich va ishga tushirish relesiga ega bo‟lgan startyorni
blokirovkalash relesi kiradi.
Asboblarning bir qismi qo‟shimcha rol uynashini takidlab o‟tish kerak, chunki
ular elektr energiya iste‟molchilari emas. Bu asboblar quyidagi kommutatsiya
apparatlarini tashkil etadi: gabarit faralarining o‟chirgichi, ketingi faralar o‟chirgichi,
old faralarning uzoqni yoki yaqinni yoritish qayta ulagichi, akkumulyatorlar
batareyasi massasining o‟chirgichi, to‟xtash signal o‟chirgichi, tovush signali
o‟chirgichi, burilishni ko‟rsatish chirog‟ining qayta ulagich, startyor o‟chirgichi,
shtepselь rozetkalari pritseplari mashinalardagi ko‟chma lampa yoki asboblarni
ulashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, himoya asboblari elektr jihozlarini qisqa tutashishdan
saqlaydigan saqlagichlar bor.
Avtotransport korxonalari va kichik korxonalarning texnik tayyorgarligini
oshirish uchun transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlarining
tuzilishini yaxshi bilish hamda ularni ishlatishning texnik qoidalariga rioya qilish
kerak. Bu o‟quv qo‟llanmada transport vositalarining elektr jihozlari va elektron
tizimlarining tuzilishi, ishlash printsipi va turlarini o‟rganishga hamda ularni
ishlatish masalalariga bag‟ishlangan.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |