51
Rostlagich ishlayotganda kuchlanishning o‟zgarishi bilinmasligi uchun
ularning tebranish soni kamida 30 Gts bo‟lishi kerak. Tebranish sonini kuchlanish
rostlagich o‟zagidagi magnit oqimi tezligini oshirish va kamaytirish bilan oshirish
mumkin. Buning uchun maxsus tezlatuvchi qarshilikdan foydalanib yoki rele
o‟zagiga qo‟shimcha chulg‟am o‟rnatish bilan erishiladi. Tezlatuvchi qarshiliklar
kontaktlar ulangach, rele chulg‟amidagi tokni kamaytiradi, o‟zakdagi qo‟shimcha
chulg‟am esa qarama-qarshi tomondan keluvchi magnit oqimini hosil qiladi.
Bu yerda rezistorlar ikki har xil gruppaga bo‟lingan: katta qo‟shimcha rezistor
R
q
, kichik-temperaturaviy kompensatsiya R
tk
li rezistor bilan birgalikdagi
tezlashtiruvchi rezistor R
t
. aktiv berkituvchi diod D
b
tranzistorning emitterli zanjiriga
o‟rnatilgan. Rele kontaktlari ulanganda rezistor R
t
va R
q
kuchlanish kamayadi, bu
KRCH o‟zagining magnitlanishini kamaytirish va rele kontaktlarining prujinalar
ta‟sirida yanada keskin uzilishiga sabab bo‟ladi. Muhit temperaturasi kuchlanishni
rostlashga ta‟sir etmasligi uchun KRCH zanjiriga temperaturaviy kompensatsiya R
tk
qarshiligi ulangan. U amalda muhit temperaturasi o‟zgarganda om qarshiligi
o‟zgarmaydigan nixrom yoki konstantdan tayyorlangan.
7.2-rasm. Kontaktsiz-tranzistorli rele-rostlagichining sxemasi:
Generatorning uyg‟otish chulg‟ami GUCH ga parallel o‟rnatilgan so‟ndiruvchi
diod D
s
tranzistorni magnit oqimi kamayganda chulg‟amda hosil bo‟luvchi
o‟zinduktsiya e.yu.k. toki ta‟sirida buzilishdan saqlaydi. Bu hol qo‟shimcha
rezistorlar R
t
va R
q
ulanganda sodir bo‟ladi. O‟zinduktsiya toki zanjiri quyidagi
ko‟rinishga ega: GUCH chulg‟ami - massa so‟ndiruvchi diod D
s
- GUCH chulg‟ami.
Ko‟rib chiqilgan kuchlanish rostlagichning elektromagnitaviy relesi davriy
texnikaviy xizmat ko‟rsatish va rostlashga muhtoj. Birinchi navbatda kontaktlar ish
yuzasini tozalash bilan birga ular orasidagi tirqishni rostlashni talab qiluvchi
kontaktlarga taalluqli.
Nazorat savollari
1. Yarim o‟tkazgichlarni tuzilishi qanday ?
2. Mavjud rostlagichlarning turlarini tushuntiring
?
3.Kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlari
ishlashini tushuntiring ?
4. Elektromagnit kuchlanish rostlagichi ishlashini tushuntiring ?
5. Elektromagnit kuchlanish rostlagichining ish jarayoni va uning tavsifnomasini
yaxshilash usullari qanday ?
6.Elektromagnit rostlagich kontaktlari orasida chiqadigan uchqunni kamaytirish
yo‟llarini tushuntiring ?
7. Ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichini ishlashini tushuntiring ?
Do'stlaringiz bilan baham: