46
teshiklarning o‟zaro qarama-qarshi yo‟nalishda siljishi natijasida elektron maydoni
ta‟sirida yarim o‟tkazgichda elektr toki hosil bo‟ladi. Sof yarim o‟tkazgichlarning
bunday elektron-teshikli o‟tkazuvchanligi, erkin elektronlarning hosil bo‟lishi va
bulardan doim shu elektronlar miqdoricha teshiklar hosil bo‟lishi, xususiy
o‟tkazuvchanlik deb ataladi. Xususiy o‟tkazuvchanlik uncha katta emas, chunki
erkin elektronlar normal sharoitda o‟tkazgichda ko‟p emas.
Yarim o‟tkazgichning o‟tkazuvchanligini oz miqdorda maxsus aralashma
qo‟shib oshirish mumkin. Natijada elektronlar soni bilan teshiklar soni orasidagi
muvozanat buziladi va elektr toki ko‟pincha bir xil ishorali zaryadlar tomonidan
hosil qilinadi. (Bu elektron yoki teshiklardan qaysi birining ko‟pligiga bog‟liq).
Elektron o‟tkazuvchanlik hosil qiluvchi aralashmalar donorlardeb ataladi.
Mendeleev davriy sistemasining to‟rtinchi gruppasiga oid yarim o‟tkazgichlar uchun
donorli aralashmalar beshinchi gruppa elementlaridan olinadi. Odatda bunga surma,
mishyak, fosfor kiradi. Teshikli o‟tkazuvchanlik hosil qiluvchi aralashmalar
aktseptorlardeb atalib, odatda ular uchinchi gruppa elementlaridan olinadi. Ular
ichida indiy, alyuminiy va bor ancha ko‟p tarqalgan.
Aralashmalar yarim o‟tkazgich o‟tkazuvchanligiga qanday ta‟sir etishi bilan
tanishib chiqamiz. 5.2a - rasmda elektron o‟tkazuvchanlikning hosil bo‟lishi sxemasi
keltirilgan. Donorli aralashma atomi besh valentli elektronga, yarim o‟tkazgich
(masalan, germaniy) atomi esa faqat to‟rt valentli elektronga ega. Aralashma
atomining to‟rtta elektroni va yarim o‟tkazgich atomining to‟rtta elektroni ishonchli
elektron bog‟lanishni hosil qiladi, biroq beshinchi elektron ortiqcha deb tuyuladi.
Uni hatto yarim o‟tkazgichni xona temperaturasigacha isitib, atomdan ajratib olish
oson. Bu elektronlarga elektr maydoni ta‟sir etganda elektr toki hosil bo‟ladi ya‟ni
elektron o‟tkazuvchanlik hosil bo‟ladi.
5.2b - rasmda teshikli o‟tkazuvchanlikning hosil bo‟lish sxemasi ko‟rsatilgan.
Aktseptorli aralashma atomi faqat uch valentli elektronga ega. Bu holda aralashma
atomlari va yarim o‟tkazgichning qo‟shni atomlari orasida faqat uchta to‟ldirilgan
bog‟lanish hosil bo‟ladi. To‟rtinchi elektron bog‟lanish to‟lmay qoladi, ya‟ni teshik
hosil bo‟ladi. Uni elektron bilan to‟ldirish mumkin, lekin qo‟shni atomda elektron
“ketishi” bilan yana teshik hosil bo‟ladi. SHunday qilib aktseptorli aralashmani
qo‟shish teshiklar sonining erkin elektronlar sonidan ko‟payishi va yarim
o‟tkazgichning o‟tkazuvchanligi teshikli bo‟lib qolishiga olib keladi.
Agar e.yu.k. manbai bo‟lmasa, unda teshiklar erkin elektronlar kabi yarim
o‟tkazgichda tartibsiz siljiydi, e.yu.k. ta‟sirida esa tartibli harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: