62
ulangan holatda bo‟ladi, chunki uning magnit oqimi relesi detallarini tutib turish
uchun kerak bo‟ladi.
Qisma KZ ga induktsion g‟altak 5 qismasi VK dan chiqqan sim ulangan. Bosh
qismalar 6 ulanish vaqtida induktsion g‟altak variatorining rezistori qo‟zg‟aluvchan
kontakt 12 yordamida shuntlanadi, ya‟ni qisqaradi va zanjirdan uziladi. Bu vaqtda
batareyadan o‟t oldirish tizimdagi past kuchlanishli
tok variator rezistoridan emas,
balki kontakt 12 orqali o‟tadi. qo‟zg‟aluvchan kontakt bosh qismalar tutashishi
natijasida startyorning to‟g‟ri zanjiri hosil bo‟ladi: akkumulyator batareyasining
musbat chiqishi startyor chulg‟ami massa akkumulyator batareyasining manfiy
chiqishi. Tortuvchi chulg‟amning zanjirdan uzilishi startyor
zanjirdagi qarshilikni
kamaytiradi va shunga mos ravishda tok ko‟payadi, bu o‟z navbatida yakorni
tushgan generator e.yu.k. ning yo‟nalishi akkumulyator batareyasi ishlab chiqargan
e.yu.k. ga qarama-qarshi yo‟nalishda bo‟ladi. Ularning bir-biriga qarama-qarshi
ta‟siri RS24 ishga tushirish relesi chulg‟amida tokni kamaytirishga va uning yakori
prujinasi ta‟sirida kontaktlarning ajralishiga sabab bo‟ladi.
Starter ulanadigan
zanjirlar avtomatik uziladi, yakorь prujinasi esa uni va qo‟zg‟aluvchan kontaktni
dastlabki holatiga qaytaradi.
Starter zanjirida RS24 ishga tushirish relesining bo‟lishi quyidagi afzalliklarga
ega: dvigatelni startyor yordamida ishga tushirishda batareya qismalaridagi
kuchlanish
bir oz kamayadi; asboblar kontakti kam kuyadi; ayrim asboblar va
zanjirlar uchastkasiga yuklama kam tushadi; dvigatelni
ishga tushirishda
qatnashadigan asboblar o‟z holicha mustaqil ishlay oladi.
Buni aniqlash uchun starter ulanganda hosil bo‟ladigan zanjirlarni yana ko‟rib
chiqamiz birinchi zanjirni RS24 ishga tushirish relesi chulg‟ami va o‟t oldirish
uchirgichi hosil qiladi. Ikkinchi zanjirni startyorning uyg‟otish chulg‟ami, startyor
relesining chulg‟ami va ishga tushirish relesining tutashgan kontaktlari hosil qilar
edi. Uchinchi zanjir starntyorning uyg‟otish chulg‟ami
va starter relesining
ko‟zg‟aluvchan kontaktidan iborat edi. Birinchi zanjirni hosil qilgan asboblar va
chulg‟am ikkinchi zanjirda qatnashmaydi. Uchinchi zanjirni hosil qilishda ham
xuddi shu holning o‟zi bo‟ladi. SHunday qilib tok ko‟payganda zanjirda yuklama
kamayadi, bu ularning elementlarini erta ishdan chiqishdan saqlaydi.
Agar yuritish shesternyasi maxovik gardishiga
moy quyuqlashib qolganligi
yoki shesternya qiyshayishi (vtulka yeyilishi natijasida) sababli tiqilib qolsa, unda
starterni darhol zanjirdan uzish kerak. Starter relesining yakori qo‟zg‟aluvchan
kontakt bilan birga prujina ta‟sirida dastlabki holatga qaytadi, yuritish
mexanizmining richagi o‟z o‟qida aylanadi va yordamchi prujinani siqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: