tashish orqali yetkaziladi. Omborlarni asosiy turlariga bir xil materialga mo’ljallangan
ombor yoki har xilmateriallarga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari temir-
yo’l yuk stantsiyasiga biriktirilgan rels oldi omborxonalari ham bo’ladi. Bu o’z navbatida
kapital qurilish xarajatlarni kamaytirish va ekspluatatsiya chiqimlarini ham
kamaytirishga sabab bo’ladi. Transport xo’jaliklarini relsoldi omborlari bilan
birlashtirish kelajakda omadli hisoblanadi.
Rels oldi yuk tushirish omborlarini optimal joylashtirish. Yuk tushirish omborlarini
optimal joylashtirish varianlari quyidagicha bo’lishi mumkin: kapital umum xarajat va
ekspluatatsiya xarajatlarni ombor qurilishiga sarflanishini minimumlashtirish, muhandis
kommunikatsiyalar, yuk saqlash va ishlov berish, temir yo’l orqali yuk tushirish
omborlariga materiallar keltirish va iste’molchilarga yetkazish, ehtiyoj materiallarni
iste’mol hajmi, yuk tushirish omborlarini rivojlantirish yoki uni tugatish.
Iste’molchilarga yuk markazlashgan holda buyurtmaga asosan tuzilgan shartnoma bilan
tipovoy omborlar ishlatiladi.
Kelayotgan yuklarni mexanizatsiyalashgan usullarda tushirish iste’molchilarni o’z
vaqtida kerakli materiallar bilan ta’minlash aniq tashkil qilingan ish asosida olib borilishi
sabab bo’ladi.
Yirik yuk tushirish omborlarida yaxshi yo’lga qo’yilgan dispetcherlik xizmati,
elektron-hisoblash texnikalari va zamonaviy aloqa vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Dispetcherlik xizmatini borligi tufayli yukni kelishi, o’z vaqtida tushirilishi tez hal
qilinadi.
Ish texnologiyasi. Statsionar ishlab chiqarish korxonalari, yo’l qurilish tashkilotlari
(ABZ, SBZ) va avtomobil yo’llari tez qurilishida relsoldi yuk tushirish omborlari,
transport-omborlari ish unumiga yaxshi ta’sir etadi, chunki bularda yuk tushirish, saqlash
va yo’l qurilish materiallarini yuklashlar jamlangandir.
Bunday korxonalarni tashkil etish, ularda yangi texnik vositalardan foydalanish
kompleks mexanizatsiyalash, ishni ratsional tashkil qilish orqali xarajatlar qiskaradi,
relsoldi omborxonalarida yangi texnologik protsesslar qo’llanishi tufayli iste’molchilarga
yuk yetkazib berish unumi ortadi, sakdash yaxshilanadi, materiallarni yo’qotish
kamayadi, adminstrativ xo’jalik xodimlari shtatini qisqartishga erishiladi.
Markazlashgan ta’minot tufayli yo’l qurilishlariga relsoldi omborlaridan o’z
vaqgida kerakli miqdorda qurilish ashyolari yetkaziladi, ABZ.TSBZ va yo’l
qurilishlarida ortiqcha qurilish ashyolarini yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Ehtiyojga
qarab omborlardagi materiallarni xvjmini saqlash mavsumiyligi va boshqa konkret
sharoitlar hisobga kliiadi. Yuk tushirish omborlarini temir yo’ldan yuk qabul qilishi
odatda yil bo’yi bo’ladi. Iste’molchilarni materiallar bilan ta’minlashda, yuk
avtomobillarga ortish bir yoki ikki smenali qilib tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: