Namangan muhandislik-qurilish instituti


ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT. KIMYONING ASOSIY STEXIOMETRIK



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#248541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
5-mavzu

ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT. KIMYONING ASOSIY STEXIOMETRIK 

QONUNLARI 

 

Reja: 



 

 1. Atom-molekulyar ta’limot. 

 2. Moddalar massasining saqlanish qonuni. 

 3. Tarkibning doimiylik qonuni. 

 4. Karrali nisbatlar qonuni. 

 5. Ekvivalentlar qonuni. 

 6. Hajmiy nisbatlar qonuni. 

 7. Avogadro qonuni. 

 

Muammoli savollar: 



1.  Qaysi qonun  bir-birini to’ldiradi, ya’ni  biri ikkinchisini mohiyatini ochib beradi? 

2.  Tabiatda «ideal gaz» yo’q. Lekin fanga bu tushunchani kiritilishiga sabab nima? 

 

Atom-molekulyar  ta’limot.  Moddalarning  nihoyatda  mayda  zarrachalar  atomlardan  tuzil-

ganligi haqidagi tasavvurlar qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda Demo-

krit  moddaning  eng  mayda  bo’linmaydigan  zarrachasini  atom  deb  atadi.  Lekin  atomning  qanday 

zarracha  ekani  va  uning  xossasi  to’g’risidagi  tasavvurlar  XVI  asrning  boshlaridan  o’rganila  bosh-

landi. Fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom tushunchasini fanga yana kiritdi. 

P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko’p emas, degan fikrni maydonga 

tashladi. Lekin bu fikrni o’zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi zarrachalar to’g’risidagi tasav-

vurlarni to’la tushuntirib berib bo’lmaydi. 

Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta’limot XVIII - XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta’limotni 

1741  yilda  M.V.Lomonosov  yaratdi  va  uning  mazmunini  «Matematik  kimyo  elementlari»  asarida 

bayon etdi. 

Atom-molekulyar ta’limotning mohiyati quyidagilardan iborat: 

1)  barcha  moddalar  «korpuskula»  lardan  iborat  bo’lib,  ular  bir-biridan  oraliq  fazo  bilan  ajral-

gandir (Lomonosovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma’nosiga ega); 

2)  «korpuskula»lar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. 

3)  «korpuskula»lar  «element»lardan  tashkil  topgan  (Lomonosovning  «element»  tushunchasi 

hozirgi «atom» ma’nosiga ega). «Element»lar ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi; 

4)  «element»lar aniq massa va o’lchamga ega; 

5)  oddiy  moddalarning  «korpuskula»lari  bir  xil  «element»lardan,  murakkab  modddalarning 

«korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo’ldi. 

Materiyaning  tuzilishi,  moddalarning  xossalari  va        kimyoviy  o’zgarishlarining  tabiati 

haqidagi  hozirgi  zamon  tasavvurlari  atom-molekulyar  ta’limot  asosida  moddalarning  diskretligi 

prinsipi  yotadi,  ya’ni  moddalar  yaxlit  bo’lmasdan,  balki  mayda  zarrachalardan  tarkib  topgan. 

Moddalar doimo harakatda bo’ladi: jism harorati qanchalik yuqori bo’lsa, harakat ham shunchalik 



intensiv bo’ladi. 

Ingliz  olimi  J.Dalton  kimyo  va  fizika  sohasida  yig’ilgan  tekshirish  natijalariga  asoslanib, 

1808  yilda atomistik  ta’limotni  yaratdi. U atomistikaga asoslanib,  karrali nisbatlar qonunini kashf 

etdi. Atomistik ta’limot mohiyati quyidagicha:  




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   9    


a)  moddalar  nihoyatda  mayda  zarrachalar  —  atomlardan  tuzilgan,  atom  yanada 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish