Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#248541
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
5-mavzu

 

 

Rezerford tajribasi. Atomning planetar modeli.  Boshlang’ich eksperimental-strukturaviy 

tajribalar E.Rezerfordning (1871-1937 y.) yupqa metall plastinka sirtida (

-zarrachalarning yoyilishi 



tajribasi orqali ko’rsatildi. Bu yoyilish atomning deyarli barcha massasi musbat zaryadlangan yadro-

ga yig’ilganligi bilan izohlanadi. 1911 yilda Rezerford atomning planetar modelini taklif qildi; atom 

yig’ilgan, kichkina hajmdagi (atom hajmining 10-15 qism hajmini tashkil qiluvchi) musbat zaryad-

dan  tarkib  topgan  yadro  va  uning  neytrallab  turuvchi,  hamda  hajm  bo’yicha  orbitallarda  hara-

katlanuvchi (xuddi quyosh atrofida planetalar harakatlangani singari) elektrondan iborat sistemadir. 

 

Rezerford,  shogirdi  Chadvik  bilan  mis,  oltin  va  platina  metallaridan  yasalgan  plastinkalar 



(qalinligi  taxminan 0,0005 mm) sirtiga 

-zarrachalar yog’dirib,  ularning metaldan o’tish  yo’llarini 



tekshirdi. Metall sirtida 

-zarrachalar harakat yo’nalishining o’zgarishini kuzatishdi. Ko’pchilik 



-

zarrachalar  metalldan  to’g’ri  o’tib  ketadi. 



-zarrachalarning  ozgina  qismi  o’z  harakat  yo’nalishini 

o’zgartiradi. Tajribada 10000 tadan bitta 

-zarracha metall sirtidan o’tishda o’z harakat yo’nalishini 



o’zgartirishi  yoki  orqaga  kaytishini  aniqlandi.  Bu  tajribaga  asoslangan  holda  Rezerford,  atomning 

yadrosida  musbat  zaryadlangan  zarrachalar  (protonlar)  yig’ilgan  holatda  joylashadi,  uning  atrofida 

protonlar  soniga  teng  miqdordagi  elektronlar  xuddi  quyosh  atrofida  planetalar  xarakatlangani  kabi 

katta tezlik bilan aylanadi, degan xulosaga keldi. 

 



-zarrachalarning metall plastinka sirtida yoyilishi:  



 

 

Shunday qilib, atomning hajmi markazida kichik bir yadro bo’lib, uning atrofida elektronlar 



aylanib yuradi. Demak, atom hajmining ko’p qismi bo’shliqdan iborat bo’ladi. 

Atomning  diametri  10

-8

sm  bo’lsa,  yadro  diametri  10



-13

-10


-12

  sm  dir.  Yig’ilgan  1  sm

3

 

hajmdagi yadrolar massasi 116 mln. tonnaga teng bo’ladi. 



 

Rezerford tajribasini Vilson boshqa usul bilan bajarib ko’rdi.  

 

Agar  havoda  chang  bo’lib,  bunday  havo  suv  bug’iga  to’yinsa,  bug’  chang  atrofida  darhol 



kondensatlanadi, ya’ni mayda suv tomchilariga -  tumanga aylanadi. Agar havo toza bo’lsa-yu, lekin 

havoda zaryadli zarrachalar -  ionlar  bo’lsa, suv bug’i ionlar atrofida kondensatlanadi. Agar havoda 

chang  ham,    ionlar  ham  bo’lmasa,  havo  sovitilganda  undagi  to’yingan  bug’  kondensatlanmaydi. 

Vilson ana shundan foydalanib, atomning yadroli tuzilishga ega ekanligini yana bir bor tasdiq etdi. 

U  devorlari  oynali  kameraning  bir  tomoniga  porshen  o’rnatib,  kamera  ichini  changsiz  toza  havo 

bilan  to’ldirdida, bu havoga suv bug’i qo’shdi. Shundan keyin kamera orqali 

-zarrachalar  o’tkaza 




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   14    

turib, porshenni sirtga tomon tez tortish yo’li bilan havoni sovutdi. 

-zarrachalar havo orqali o’tar 



ekan,  molekulalarni  bombardimon  qilib,  ularni  ionlashtiradi.  Zarrachalar  atrofida  darhol  tuman 

tomchilari paydo bo’ladi va o’tgan har bir 

-zarrachalar yo’lida tuman chizig’i vujudga keladi. Bu 



chiziqlarni  fotosuratga  olish  mumkin. 

-zarracha  yadroga  duch  kelmay  yoki  yaqin  bormay  o’tsa, 



uning  yo’lida  to’g’ri  tuman  chizig’i  hosil  bo’ladi.  Agar 

-zarracha  yadro  yonidan  o’tsa,  tuman 



chizig’i ozgina burilgan holda ko’rinadi. Agar 

-zarracha biror yadroga duch kelsa, tuman chizig’i 



keskin  ravishda  sinadi.  Bu  tajribada  taxminan  10  000  ta  to’g’ri    chiziq  orasida  bitta  siniq  chiziq 

bo’ladi. 

 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish