Moliyaviy menejmentda arbitraj (arbitrage) deganda bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yo’li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish tushuniladi
Moliyaviy menejmentda arbitraj (arbitrage) deganda bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yo’li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish tushuniladi.
Moliyaviy menejmentda arbitraj (arbitrage) deganda bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yo’li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish tushuniladi.
Arbitraj amaliyotlar uchun qimmatli qog’ozlar yoki portfel tanlovi qo’yidagilarga asoslanadi:
1) qimmatli qog’ozning haqiqiy daromadliligi ikki elementni o’z ichiga oladi: kutilayotgan (normal) va noaniq (tavakkalli) daromad;
2) qimmatli qog’ozning daromadliligiga ayrim noma’lum omillar ta’sir ko’rsatadi.
F.Modilyani va M.Miller amal qilinishi natijasida bozor samarali bo’lishi mumkin bo’lgan qo’yidagi shartlarni belgilaydi:
1) transaktsion xarajatlarning yo’qligi;
2) axborotdan bozor ishtirokchilarining barchasi foydalanish imkoniyatiga egaligi;
Bozor samaradorligining qayd qilingan shartlariga muvofiq F.Modilyani va M.Miller quyidagi fikrlarni ilgari suradi:
1) korxonaning bozor qiymati kapital strukturasiga bog’liq emas va mazkur korxonaning tavakkalchilik yo’nalishiga mos bo’lgan stavka bo’yicha uni joriy (operatsion) foydasining kapitallashuvi yordamida aniqlanadi;
2) moliyaviy jihatdan bog’liq bo’lgan korxona o’z kapitalining qiymati moliyaviy jihatdan bog’liq bo’lmagan korxona o’z kapitalining qiymati va tavakkalchilik uchun mukofotlar yig’idisiga teng; bunda tavakkalchilik uchun mukofot o’z va qarz mablag’lar ayrimasini moliyaviy dastak miqdoriga ko’paytmasiga teng.
Moliyaviy menejment nima?
Moliyaviy menejment korxonalarda pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq moliyaviy munosabatlarni boshqarishni anglatadi.
Moliyaviy menejment:
Moliyaviy menejment:
xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni boshqarishni aks ettiradi;
menejmentning muhim qismi, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni boshqarish shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Foydani maksimallashtirish, aktsiya kursini va biznes qiymatini maksimallashtirish, aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda va dividend darajasini oshirish, shuningdek xo’jalik sub’ekti raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida pul mablag’lari, moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini boshqarishni anglatadi;
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni ta’minlovchi kapital va takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi barcha mablag’lar miqdorini boshqarishga qaratilgan murakkab boshqaruv tizimi sifatida amal qiladi.