5.5. Mahsulot sifatini nazorat qilish
Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat
qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko’rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish –
mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol
sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni
maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish,
ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir».
Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning
holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan
ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi
ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda
nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv
ta’sirini amalga oshiriladi.
Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat
turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi
korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11-
rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan.
Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik
ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni
tekshirish bo’linmalari kiradi.
Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompьyuter
qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan
ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.
Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni
motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun
zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas.
Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan
foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar
hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni
yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan
beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |