Texnikaviy daraja – mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi
bo’lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi,
mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig’indisiga aytiladi.
44
2
1
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
Sifat ko’rsatkichlari
1.7. rasm. Sifat ko’rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo’yicha taqqoslash.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq
darajasiga javob berishini o’rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy
darajasi ko’rsatkichini bazis namuna ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga
oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot
analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg’or yutuqlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:
Jahon darajasidan yuqori;
Jahon darajasiga javob beradi;
Jahon darajasiga javob bermaydi.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning
maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo’yicha muloxazalarning shakllanishida.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
A.Baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash:
Ko’rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil
nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni
ta’minlashi zarur.
45
Baholovchi ko’rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita
taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda
iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholash uchun qo’llaniladi.
B.Analoglar guruhining shakllanishi va ko’rsatkichlarining ahamiyati:
Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot
ishlatilish maqsadlari va qo’lanish sohasiga ko’ra mos bo’lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi
ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda – baholanayotgan
mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg’or
hamda eksperimental namunalar;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda – ko’rsatkichlarining qiymati
ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o’rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan
namunalar.
V.Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida
baholanayotgan ko’rsatkichlar qiymati bo’yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan
taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib
olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi
amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa analoglardan
qolishmasa, ya’ni birorta ham ko’rsatkich bo’yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa
ko’rsatkichlar bo’yicha ustun bo’lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi
taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
agar birinchi analog ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha ustun bo’lsa, boshqa
ko’rsatkichlar bo’yicha esa ikkinchi analog ustun bo’lsa, bunda analoglarning ba’zi
ko’rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar
bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko’rstkichlar
to’plamida qolganlardan ustun bo’lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis
namunalari hisoblanadi.
G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash – bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko’rsatkichlari qiymatlarini
xalqaro standart ko’rsatkichlariga havfsizlik ko’rsatkichi, ekologiya ko’rsatkichi va
boshqa ko’rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu
shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera
olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o’tiladi.
Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash
ko’rsatkichlarining qiymati bo’yicha jufti bilan taqqoslash usuliga ko’ra solishtiriladi.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu bosqichlarini amalga
oshirish yakuniga ko’ra mahsulot yuqoridagi 3 ta guruhdan qaysi biriga kiritish
mumkinligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo’lmagan hollarda, agar mahsulot
avtorlik guvohnomalari yoki patentlari bilan himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan
tavsiflansa, u jahon darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo’yilgan maqsadlar va olingan natijalarga bog’liq xolda
mahsulot ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va takomillashtirish to’g’risida
qaror qabul qilish uchun taklif va muloxazalar tayyorlanadi
46
Do'stlaringiz bilan baham: |