Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan
ma’lumotlardan
foydalanishga
asoslangan.
Bu
usuldan
loyiha
bosqichida
mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni
aniqlashda qo’llaniladi.
Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali
olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik
mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan
ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik
mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |