Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji
talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi,
ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar
yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy
elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan
uning qiymati ham ortadi.
Баµо
tannarx
Q
1
Q
2
Q
3
Q
4
Pulda
g
i i
fod
as
i
35
1.-rasm. Konstruktsiya sifati.
1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi
ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q
1
va Q
2
bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi
eng katta masofani belgilovchi Q
0
nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya
sifatini ifodalaydi.
Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo’lgan sharoitda korxona mahsulotini
realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli variantlaridan eng muqbilini
tanlashi kerak. Bunda sarf-harajatlar ortiqroq bo’lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q
3
konstruktsiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan Q
4
konstruktsiya
sifatida to’xtash mumkin.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab
chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab
chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa,
defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat
sarf-harajatlari ortadi.
2 -rasm. Boshqaruv tsikli.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni
amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan
chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o’zi nima? Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma
tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv”
jarayonlarining yig’indisidir. 2-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan.
Boshqacha aytganda boshqaruvning bu tsikli korxonada sifatni boshqarishning asosi
hisoblanadi.
Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan
bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini,
korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga
oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Boshqaruv
ta’siri
Rejalashtirish
nazorat
Amalga
oshirish
ошириш
36
Do'stlaringiz bilan baham: |