Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan 
xarajatlar 
 
Eng  ko’p  tarqalgan  xarajatlarga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  hujjatlar  tizimini 
yaratish;  maslahatchilik  xizmat  haqi;  xodimlarni  ISO  9000  seriya  standartlari 
tamoyillariga  o’rgatish;  SMTni  joriy  etish  uchun  qo’shimcha  xodimlarni  yollash;  ishlab 
turgan  xodimlarning  SMTni  joriy  etishga  sarflaydigan  vaqtinchalik  xarajatlari; 
sertifikatsion  audit  haqi;  axborot  texnologiyalariga  qo’shimcha  investitsiyalar  (ehtimol, 
yangi  dasturiy  ta’minotni  sotib  olish  uchun).  SMTni  joriy  etish  va  sertifikatlashga 
ketadigan xarajatlarni batafsil ko’rib chiqamiz.  
1.  Hujjatlar  tizimini  yaratish  SMTni  yaratishda  eng  ko’p  uchraydigan 
qiyinchiliklardan  biridir
8
.  Bu  fakt  ISO  9000  seriya  standartlarining  avvalgi  tahririga 
ko’proq  taalluqli  bo’lib,  unda  sifat  tizimining  20  ta  element  bo’yicha  muvofiqligini 
tasdiqlash kerak edi.  
2.  Maslahatchilar  mehnatidan  foydalanish  asosan  kompaniyada  SMTning  asosiy 
tamoyillarini  kiritish  bilan  bog’liq.  Bu  shu  bilan  izohlanadiki,  ISO  9000  seriya 
standartlarida  bu  tamoyillarni  kiritish  usullari  namunasi  berilmagan  va  xodimlar 
standartlarni  tushunish  va  qo’llash  bilan  bog’liq  bo’lgan  qiyinchiliklarga  duch  keladi
9

Standartni  to’g’ri  tushunmaslik,  noto’g’ri  talqin  qilish  tashkilotda  sifatni  boshqarishga 
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.  
3. 
Xodimlarni ISO 9000 standartlariga o’rgatish ko’p xarajatlarni talab qiladi. Bu 
masalaga  kam  e’tibor  qaratilsa,  xodimlar  yoki  SMTni  joriy  etilishiga  loqaydlik  bilan 
qaraydilar,  yoki  unga  hatto  to’sqinlik  ham  qilishlari  mumkin.  SMTni  joriy  etilish  va 
sertifikatlashning  muhim  qiyinchiliklaridan  biri  –  xodimlarning  uyushib  ishlamasligi 
hisoblanadi.  
4. 
Hujjatlarni yuritishdan tashqari, SMT talablari va tamoyillarini amalga oshirish 
uchun ham qo’shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.  
5. 
Xodimlarning  vaqtinchalik  xarajatlari  SMTni  muvaffaqiyatli  joriy  qilish  va 
sertifikatlash  uchun  zarur  to’lovdir.  SMT  butun  korxona  faoliyatiga  ta’sir  etishini 
inobatga  olib,  har  bir  xodim  faoliyat  samaradorligini  oshirish  va  mahsulot  sifatini 
yaxshilash borasidagi umumiy ishga u yoki bu darajada jalb etiladi.  
ISO  9000  seriya  standartlari  talablariga  muvofiq  SMTni  ishlab  chiqish  jarayoni 
vaqtning  katta  davrini  o’z  ichiga  olishi  sababli,  mazkur  omil  sertifikatlashning  xarajatli 
jihatini  ko’rib  chiqishda  o’ta  muhim  sanaladi.  Turli  korxonalarning  tajribasi  dalolat 
berishicha, ro’yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi.  
6. 
Sertifikatsion audit uchun to’lov SMT uchun ISO 9000 sertifikatini olish bilan 
bog’liq  xarajatlarning  eng  ko’zga  tashlanadigan  qismlaridan  biri.  Uning  narxini 
belgilovchi asosiy omillar: kompaniya miqyosi; sertifikatlash o’tkazilayotgan mamlakat; 
sertifikat beruvchi organning nufuzi hisoblanadi 
                                                           
8
 Mezher T., Ramadan H. The costs and benefits of getting ISO 9000 certification in the manufacturing sector in 
Saudi Arabia. Quality Assurance. №6 1999. pp. 107-122. 
9
 Lee-Peng Tan. ISO 9000: The answer for total quality management implementation? The Malaysian case. // Total 
Quality Management. Vol.12. №2. 2001. pp. 223-229 


 
 
34 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish