9-modda. Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to’g’risidagi qoidalar
Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to’g’risidagi qoidalar, shuningdek ayrim turdagi
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish qoidalari O’zbekiston Respublikasi
Hukumati tomonidan tasdiqlanadi. (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni taxriridagi modda
matni)
10-modda. Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to’lash shakli hamda tartibi
Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to’lash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi
(ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tovarlarni kreditga
sotish O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan tovarlarni kreditga sotish
qoidalari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni
kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |