106
Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq maxsulotlar guruxini
tanlab olgan. U orqali 15000 dan ortiq litsenziya DG-WK belgisi bilan chiqarishga berilgan.
Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta’minotchilari xam amaldagi qoidalardan kelib
chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari mumkin.
Germaniyada, shuningdek, ayrim maxsulotlar turlari bo’yicha setifikatsiyalash sistemalari
xam mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo’yicha. Ular Nemis elektrotexnika
assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN bilan bmrgalikdagi Kelishuv
asosida elektrotexnika, elektronika va aloqa soxasidagi milliy standartlarni ishlab chiqaradi.
Umuman,
Germaniyada
juda
ko’p
sertifikatsiyalash
sistemalari
o’z-o’zini
sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida
faoliyat olib boradi.
Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy
sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar
instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema xisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning
maxsus belgisiga ega.
Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash
bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish
tartibi xuddi Frantsiya va Germaniyadagi kabi.
Korxonalarning BSI ni xabardor qilmay turib, maxsulotni o’zgartirishga xaqqi yo’q.
Maxsulotga kiritilgan o’zgarishlar sinovlar o’tkazib, o’zgartirilgan maxsulotning standartlarga
javob berishi tasdiqlangach QUAD tomonidan tan olinadi. Litsenziya bir yil muddatga beriladi.
Muddat
tugagach, uni o’zgartirish kerak.
Britaniya sistemasi 250 ta milliy standartni o’z ichiga oladi. Milliy va chet el firmalariga
mingdan ortiq litsenziyalar berilgan.
BSI muntazam ravishda sertifikatsiyalanadigan maxsulotlarga ko’rsatkich, shuningdek
xaridorlar uchun boshqaruv ma’lumotlarini nashr qiladi, xar bir milliy standart bo’yicha
berilgan sertifikatlar xaqida ma’lumotlar beradi.
Amerika Qo’shma SHtatlaridaboshqa Farbiy Yevropa davlatlaridan farqli ravishda yagona
sertifikatsiyalash qoidalari yoki sertifikatlash bo’yicha yagona tashkilot yo’q. Turli ishab
chiqaruvchilarning assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalarida yuzlab sistemalar faoliyat
ko’rsatadi. Analogik xolatni standartlashtirish bo’yicha xam ko’rishimiz mumkin. Standartlarni
turli statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadilar. SHuning uchun xam amaldagi
sertifikatsiyalash sistemalari uchun umumiy kriteriy yaratish uchun xarakat qilinmoqda. SHu
maqsadda sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash
milliy sistemasi tuzilgan va
sertifikatsiyalash sistemalarini ro’yxatga olish sistemasi yaratilmoqda.
AQSH da sertifikatsiyalashtirish milliy, shuningdek xalqaro darajada maxsulotning
sifatiga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Sertifikatsiyalashtirishning zaruriyligi ishlab chiqaruvchi
korxonalarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini yuqori darajada bo’lishini ta’minlashga,
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi.
AQSHda milliy sug’urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining
laboratoriyalari, Nebraska shtatidagi qishloq xo’jalik texnikasining sinov markazini
sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov
laboratoriyalari keng assortimentdagi maxsulotning standartlariga muvofiqligini sinovdan
o’tkazish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etadilar.
Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida
amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy
xujjatlari shartlarini xisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul
qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan maxsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi.
107
Yaponiyada 1949 yil maxsulot sifati muammosini o’rganish bo’yicha Yaponiya olimlari
va muxandislari ittifoqida maxsus gurux tuzilgan. 60-yillarning oxirida mamlakatda ishlab
chiqarishda sifatni nazorat qilish to’liq xajmda joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: