96
7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
7.1. Sertifikatsiya – sifat kafolati.
7.2. Sertifikatlash sistemasining turlari
7.3. Sertifikatsiyalash tashkilotlari.
7.4. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar.
7.5. Sertifikatsiya va xalqaro savdo.
7.7. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari.
7.1. Sertifikatsiya – sifat kafolati
Sertifikatsiya – bu maxsulotni standartlarga, texnik shartlarga javob berishini
xujjatlar orqali tasdiqlashdir.
Maxsulot sertifikatlash maxsulotga muvofiqlik sertifikati berish orqali uning
tegishli standartlar va texnik xujjatlarga javob berishini tasdiqlashdir.
«Sertifikatlash» tushunchasi standartlashtirish bo’yicha maxsus Xalqaro Kengash
Komiteti tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan.
Sertifikatlash (muvofiqlik sertifikatlashi) umumiy tushuncha bo’lib, maxsulotni
texnologik jarayonlarni va xizmatlarni sertifikatlashda uchinchi tomonning (bir tomon –
ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tomon – iste’molchi) ishtirok etishini nazarda tutadi. ISO
muvofiqlikning 3 ta ko’rinishini o’rnatadi:
muvofiqlik xaqida ariza;
muvofiqlik attestatsiyasi;
muvofiqlik sertifikatsiyasi;
Muvofiqlik xaqida ariza – bu ishlab chiqaruvchining arizasi bo’lib, anda
sertifikatlash tashkilotlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon
yoki xizmatlarning ma’lum standartlarga yoki boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga
javob berishiga ishlab chiqaruvchining o’z-o’zini sertifikatlash deb xam ataladi.
Muvofiqlik attestatsiyasi – bu ma’lum maxsulot namunasi ma’lum standartlar yoki
me’yoriy-texnik xujjatlarga javob berishi to’risida uchinchi tomon, sinov
laboratoriyasining arizasidir. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar seriyasining
muvofiqligiga baxo berilmaydi, balki sinov o’tkazish uchun yuborilgan maxsulot
namunasining sifatigagina kafolat beriladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi – ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon yoki
xizmatlarning ma’lum standart va me’yoriy texnik ujjatlarga javob berishiga uchinchi
tomonning bergan kafolatidir.
SHunday qilib, muvofiqlik sertifikatsiyasi uchinchi tomon orqali kafolatlanadi va
o’rnatilgan qonunlarga muvofiq tashkiliy sistema chegarasida amalga oshirilgandagina
tan olinadi. Bunda uchinchi tomon seriyali ishlab chiqarilgan maxsulotlarning standartlar
shartiga absolyut jixatdan emas, balki ma’lum ishonchlilik darajasi bilan javob bera
olishini tasdiqlaydi. Ushbu ishonchlilik darajasi maxsulotning o’rnatilgan shartlarga
muvofiqligini ta’minlovchi ishlar xajmiga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin.
Ishonchlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, maxsulot sifatini ta’minlash bo’yicha
amalga oshirilgan ishlar xajmi shunchalik katta bo’ladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi sertifikatlash sistemasi chegarasida amalga oshiriladi.
Sistema chegarasida sertifikatsiyalash yagona qonunlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Sertifikatlash sistemalari 3 ta darajada:
milliy, regional va
xalqaro darajada yaratilishi
mumkin.
97
Ayrim maxsulot turi, texnologik jarayon yoki xizmatlarga nisbatan sertifikatlash
sistemasini ifodalovchi sertifikatlash sxemalari mavjud.
Maxsulotning standart shartlariga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki
muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikati - maxsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart
yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi
qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir.
Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan ximoyalanadigan belgi bo’lib,
sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga ko’ra foydalanilib, maxsulot, texnologik jarayon
yoki xizmatlartegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi.
Muvofiqlik sertifikati va belgisi tuzilishiga ko’ra xam, mazmuniga ko’ra xam
sertifikatlash sistemasi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular
amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: