O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
LOYIHALASHNING TEXNOLOGIK ASOSLARI
FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN
USLUBIY QO`LLANMA
Namangan 2019
Tuzuvchi: N.Babayev - NamMQI «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi katta o`qituvchisi.
Taqrizchi: K.Abdullayev - NamMQI «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo`llanma Mashinasozlik fakultetining «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi majlisida (2019-yil “__” ______ __-son bayonnoma) muhokama qilindi va fakultetning o’quv-uslibiy kengashiga tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: _____________ t.f.n. G`.G`.Shermatov
.
Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo`llanma Namangan muhandislik qurilish instituti Ilmiy-uslubiy kеngаshining 2019-yil “____” ______________ dаgi ____-sоnli qаrоrigа muvоfiq o‘quv jаrаyonigа tаtbiq etish uchun tаvsiya etilgаn.
KIRISH
5320200 - “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda «Loyihalashning texnologik asoslari» asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Uslubiy qo`llanma «Loyihalashning texnologik asoslari» faniga oid amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishda talabalar uchun o`quv-metodik materiallarni o`z ichiga oladi.
Jumladan
Loyihalash bosqichlari
Tajriba-loyiha ishlari.
Mashinalar tizimini asоslash
Lоyihaga qo’yiladigan talablar
Lоyihalash uchun dastlabki ma`lumоtlar
mavzulari bo`yicha nazariy ma’lumotlar va amaliy ko`rsatmalar keltirilgan.
Mavzularni o`rganishda talabalarni mustaqil ishlashiga katta ahamiyat berilgan.
Amaliy mashg`ulot № 1.
Mavzu: Loyihalash bosqichlari
Maqsad: Mashinalar yaratishning asosiy bosqichlarini o`rganish
Nazariy qism
Mashinalar yaratishning asosiy bosqichlari: prognozlash, loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash va o`zlashtirish.
Mashina konstruktsiyalarini prognozlash. Yangi mashina konstruktsiya-larini prognozlash tobora katta aщamiyat kasb etib, ilmiy texnika soxasida keng kulamga ega bulib bormokda. Konstruktsiyalarga yangi talablar ortgani sari prognozlashning aщamiyati ortib boradi.
Ilmiy prognozlashning asosiy bazalardan biri yangi konstruktsiyaning avvalgi konstruktsiya asosiga tayanib yaratilishidir.
Maxsus yoki umum texnik yo`nalishdagi axborotlar kыp sharoitda muxandislarni shaxsiy tajribalari va an’anaviy uslublari konstruktsiyalarining kelajakda qanday rivojlanishini oldindan bilish uchun yetarli bыlmay koladi.
Texnika taraqqiyotining, materiallar olish yangi texnologiyasining ilmiy asoslanib oldindan kurish zarurligi tufayli xozirgi zamonda muxandislik - prognozlash intensiv rivojlanib bormokda.
Muxandislik-prognozlash deganda ilmiy asoslangan texnika tarakkietining ishonchli kategoriyadagi potentsional imkoniyatlarini aks ettiruvchi axborotlar tushuniladi. Iqtisodiy savollar prognozlashning bir tuzuvchi kismi sifatida qabul kilinadi. Shu bilan bir vaqtda texnikaviy prognozlash iqtisodiy prognozlar uchun baza yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |