Xossalari va xususiyati:
Zichligi – 2,6-3 g/sm3, hajmiy sochiluvchan holatda 700-800 kg/m3, zichlantirganda – 1000-1100 kg/m3.
Tarkibidagi erkin holatdagi SaO ko‘ra tutib qolishi muddatlari boshlanishi 0,5-2 soat, oxiri esa 8-16 soatgacha.
Birinchi 7 sutka davomida gidravlik ohak havoda qota boshlaydi va qotishni hamda mustahkamlikka erishishni suvda davom etadi. Mustahkamligi 28 sutkadan so‘ng kuchsiz ohak uchun - 1,74 tadan, kuchli ohak uchun 5 MPa dan kam emas. Gidravlik ohakni hajmiy o‘zgarishini tekisligi uning tarkibidagi erkin holatdagi SaO, MgO ga bog‘liq.
Gidravlik ohak asosida tayyorlangan qorishma va betonlar quruq va nam sharoitlarda uzoq ishlash qobiliyatiga ega. Uni suvoq g‘isht terishda, past marki betonlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |