K I R I SH
Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektr magnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarini hosil bo’lishi va o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadigan fandir. Elektr energiyasiga amaliy qiziqish uzluksiz elektr toki manbalari galьvanik elementlar paydo bo’lgandan keyin boshlandi; dastlabki galьvanik elementni 1799 yilda italьyan fizigi Volьta yaratdi.
Rus akademigi Lents 1844 yilda tokning issiqlik ta’siri qonunini yaratdi, bu qonun Lents-Joulь qonuni degan nom oldi. 1833 yilda Hilling dunyoda birinchi elektromagnit telegraf yasadi. Peterburglik akademik B.S. Yakobi 1834 yilda amalda ishlatsa bo’ladigan elektrodvigatelni kashf etdi va 1838 yilda kema elektr yuritmasini birinchi bo’lib kashf etdi.
1876 yilda Yablochkinning elektr shamni ixtiro qilishi elektr bilan yoritishning amalda tatbiq etila boshlashiga asos bo’ldi. U birinchi bo’lib o’zgaruvchan tokni amalda tatbiq etdi. Rus injeneri Dolivo-Dobrovolьskiy (1889-91 yillar) uch fazali transformator bilan asinxron dvigatelni ixtiro qildi va uch fazali sistemada elektr energiyasini uzatish hamda taqsimlash texnikasini ishlab chiqqan, bu sistema hozirgi kunda ham butun yer kurrasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Nemis olimi Gertsning yaratgan elektr magnit to’lqinlaridan foydalanib, Popov 1895 yilda dunyoda birinchi radiopriyomnik yaratdi. Markazlashtirilgan usulda qudratli elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladigan, yuqori volьtli tarmoqlar bilan energetik sistemalarga birlashtirilgan elektr energiyasidan xalk xo’jaligida va turmushda, turli maqsadlarda foydalanish mamlakatni elektrlashtirish deyiladi.
Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayniqsa xalq xo’jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda quvvati 500, 640 MVt bo’lgan gidrogeneratorlar, quvvati 800, 1200 MVt bo’lgan turbogeneratorlar va quvvati 1000 MVt bo’lgan reaktorlarni ishlab chiqish to’la o’zlashtirilgan. Bunday katta quvvatli elektrenergiyasini uzatish uchun 500, 750, 1150 kV kuchlanishli o’zgaruvchan tok uzatish liniyalari ishlab turibdi. Natijada transformatorlarni 3-5 million volьt kuchlanish bilan tekshirish imkoniyati yaratildi. Hozirgi davrda ishlab chiqarishni boshqarish sistemasini avtomatlashtirish asosan, elektrotexnik va yarim o’tkazgichli xamda mikroprotsessorli asboblardan foydalanish bilan hal etilmoqda. SHuning uchun bo’lajak injenerlar xalq xo’jaligining turli soxalaridagi vazifalarni muvoffaqiyatli hal etishlari uchun ixtisosligi elektrik bo’lish bo’lmasligidan qatьiy nazar yetarli darajada elektrotexnik bilimga va tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |