Zenkerlash
Quyish, shtampovkalash va boshqa usulda tayyorlangan detallardagi tsilindrsimon yoki
konussimon teshiklarga ishlov berish operatsiyasini zenkerlash deb ataladi. Zenkerlash bilan
teshiklar kengaytiriladi yoki teshik sirtining sifati yaxshilanadi, oval shakllar tsilindrsimon
shaklga keltiriladi. Zenkerlash teshikka ishlov berishning yakuniy yoki oraliq operatsiyasi
bo’lishi mumkin, shuning uchun yoyishga katta bo’lmagan qo’yim qoldirish lozim. Bu usulda
ishlov berilgan sirtning g’adir-budirligi Ra 10-2,5 ga teng. Bir xil tezlikda mehnat unumdorligi
parmalashga nisbatan 2,5-3 marta ortiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |