Parma yoki zenkerlarni parmalash dastgohining shpindeliga to’g’ri o’rnatish katta
parmalash jarayonida sinadi. Parmani shpindelning konus teshigiga, o’tuvchi konus
- 34 -
vtulkalariga yoki parmalash patroniga o’rnatish mumkin.
Parmani shpindelning konus teshigiga o’rnatish. Parma, yoygich, zenkerning konus
quyruqlari hamda shpindelning konus teshigi Morze tizimida tayyorlanadi. 0, 1, 2, 3, 4, 5 va 6
raqamli morze konuslarining har biriga tegishli o’lchamdagi parma to’g’ri kelishi kerak.
SHpindelning konus teshigiga quyruq ishqalanish kuchi hisobiga mahkam o’rnashadi.
Quyruqning uchi shpindelь o’yig’iga kirib turgani uchun u aylanib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: