SHtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi. Ularning
o’lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTS-II); 0-400 mm (SHTS-
III). Nonius bo’yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05 mm (SHTS-II va SHTS-III).
SHtangentsirkulь SHTS-I bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqurlikni o’lchash
mumkin. SHtangasining bitta uchida o’lchash jag’lari ikkinchi uchidan chizg’ich bo’lib, undan
chuqurlikni o’lchashda foydalaniladi. SHtanga bo’ylab qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi.
O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo’yiladi. SHtangentsirkulning
ostki jag’i tashqi, ustki jag’i esa ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning
qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |