Markaz qidirgichlar teshiklarning markazini topishga imkon beradi. Oddiy markaz
qidirgich (rasmga qarang) o’ziga biriktirilgan chizg’ichli go’niyadan iborat. CHizg’ich
go’niyaning to’g’ri burchak bissektrisasi hisoblanadi.
Markaz qidirgich-go’niyani buyumning tashqi sirtiga qo’yib, chizg’ich bilan to’g’ri
chiziq o’tkaziladi. U aylana markazi orqali o’tadi. Go’niyani ma’lum burchakka burib, ikkinchi
to’g’ri chiziq chiziladi. Ular kesishgan joy qidirilayotgan markaz bo’ladi. Markaz qidirgichlar
transportir go’niya-markaz qidirgichdan transportiri 2 borligi bilan farq qiladi. Transportir
so’rgich 4 yordamida chizg’ich 3 bo’ylab surilishi va gayka 5 bilan zarur vaziyatga
mahkamlab qo’yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |