chegarasini bo’r bilan belgilab olinadi, keyin simning egilgan joyi tepega qaratib qo’yiladi.
Zarbani egrilik chegarasidan boshlab o’rtasiga tomon ko’chiriladi. Sim diametri va egriligining
Egrilikni to’g’rilashda simni o’qi bo’yicha aylantirib zarba beriladi. Agar simda egrilik
toblangandan keyin qavariqlanadi. Toblashda hosil bo’lgan egrilikni to’g’rilashni rixtovkalash
toblangan muhrali yoki egri sirtli bolg’alar tanlanadi. Bu holda detalni tekis taxtada emas,
to’g’rilanadi. Bunda valni ikki prizmaga qo’yib vint bilan qisiladi va egilish indikator
- 19 -
yordamida aniqlanadi. Valdagi qoldiq kuchlanishlarni bartaraf etish uchun valni 30-40 daqiqa
400
0
-500
0
da toblab, keyin sovitiladi. Parchin usulida to’g’rilashda egilgan valni qavariq
tomoni bilan taxtaga qo’yib sirtiga juda kuchli bo’lmagan zarba beriladi.
Qizdirish yo’li bilan to’g’rilash (zarbasiz). Profil metall (tavrli, ikki tavrli, burchaklik,
shveller), ichi bo’sh val, qalin po’lat listlarning egilgan joylarini qizdirish yo’li bilan
to’g’rilanadi. Buning uchun kavsharlash lampalari yoki gaz gorelkalaridan foydalaniladi.
Qizdirilayotgan metallni ranggi qizg’ish tus olib, elastik holatga kelgach, xom asbest yoki ho’l
latta bilan sovitiladi. Sovish natijasida u to’g’rilanib qoladi.
Sovuq holda rixtovkalash. Payvandlangan buyumlardagi uncha katta bo’lmagan
nosozliklar qo’lda yumshoq bolg’achalar bilan to’g’rilanadi, buning uchun taxta yoki sandonga
qo’yib bolg’alanadi. O’ta egilgan yaxlit buyumlarni esa maxsus presslarda har xil to’g’rilash
moslamalarini qo’llab to’g’rilanadi. Payvandlangan detallarni sovuq holda to’g’rilashda
ehtiyot bo’lish, chokning mustahkamligini saqlash uchun muhrasi tekis bo’lgan bolg’adan
foydalanish kerak, aks holda bolg’aning o’tkir qirralari payvand choklarini yaroqsizlantirib,
detalning mustahkamligini yo’qotadi.
Detal va zagotovkalarni qo’lda to’g’rilash sermashaqqat va unumsizdir. SHuning
uchun bu usul kichik partiyadagi detallarni to’g’rilashda qo’llaniladi. Sanoat korxonalarda bu
ish mashinalar zimmasiga yuklangan.
Eguvchi jo’va (valьts)lar. Sanoat korxonalarida listlar sirtidagi notekislik jo’valar
yordamida to’g’rilanadi. Jo’valashning mexanizatsiyalashtirilgan turlari bor. Qo’l yoki uch
valli eguvchi jo’valar bilan sirtlardagi notekisliklar: g’adir-budirlik, qavariq va shunga
o’xshash notekisliklar to’g’rilanadi. Qalinligi 3 mm gacha bo’lgan listlar odatda, uch vallarda,
undan qalinrog’i maxsus mashinalarda to’g’rilanadi.
Uch valli list eguvchi mashinalar korpusga o’rnatilgan uchta ostin-ustin joylashgan
tsilindr vallardan iborat. Zarur bo’lib qolganda listning qalinligi hisobiga vallar bir biridan
uzoqlashtirilishi yoki yaqinlashtirilishi mumkin. Ish jarayonida listlarning osilib qolmasligi
uchun mashina qo’shimcha val bilan jihozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: