Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari
CHilangarlikda rejalash ishlari asosoan metallarga ishlov berish va mehnat faoliyati ular
bilan doimiy ravishda bog’liq bo’lganligi uchun, chilangar (talaba)ning belgilangan me’eriy
tartib qoidalarga rioya qilishi talab etiladi. Bunda rejalash ishlarini bajarishdan oldin chilangar
rejalash ob’ektiga ishlov berish turiga qarab maxsus kiyim kechaklar va ximoyalash asboblari
bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Jumladan keskir va o’tkir qilib charxlangann asboblar bilan
ishlashda qo’llar ximoya qo’lqoplari bilan ximoyalangan, tana esa, rejalash ob’ektidan
belgilangan uzoqlikda tutib turilishi lozim.
Elektr asboblaridan foydalanishda esa, ularning kopuslarini bununligini, ulash
simlarinig ximoya qatlamlari ochilib qolmaganligini tekshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |