Namangan muhandislik pedagogika instituti



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

 
 
 
 
 
 
 
 
21


  
 
III. NAZARIY MATERIALLAR 
1-
 MАVZU
. INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI, 
MAQSADLARI VA VAZIFALARI 
 
1.1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari 
1.2. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari 
1.3. Innovatsion menejmentning maqsadlari 
Tayanch so’zlarInnovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion 
menejment, innovatsion boshqaruv, innovatsion menejer, fundamental (nazariy) tadqiqotlar
amaliy tadqiqotlar, innovatsion menejmentning maqsadlari. 
 
1.1.  Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari 
 
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyat 
hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va 
yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi. 
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat 
bo’ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan pallalardan tashkil topgan. 
Bu jarayonda amalga oshirilgan o’zgarish natijasida innovatsiya paydo bo’ladi. Innovatsion 
jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarida bir marta 
o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni o’z vaqtida tarqatish juda katta 
ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil 
qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. 
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot 
(ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqishi sifatida talqin 
qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishning muammolari ko’p yillar davomida 
ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. 
“Innovatsiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham 
bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion 
qaror” va h.k.larni belgilash uchun foydalanilgan. 
Iqtisodchi olimlar, ayniqsa xorijy (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, 
R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining 
tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu 
har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning 
o’ziga xos mazmunini tashkil qiladi, o’zgarishlarning vazifasi esa innovatsion faoliyatning 
asosiy vazifasi bo’ladi. 
Avstrriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o’zgarishlar  ajratilgan: 
1)  yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor 
ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi); 
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish; 
3) yangi xom ashyodan foydalanish; 
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi 
o’zgarishlar; 
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo’lishi. 
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30 – 
yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab 
22


  
 
chiqarish va texnik vositalar, bozorlarning tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va 
ularda foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida 
innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda 
rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni bayon qilish 
metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi 
axborotlarni to’plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish 
uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika 
ko’rsatkichlari bo’yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati qo’llanmasi 
(“Tadqiqotlar va tajriba ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli 
amaliyot) ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 
1963 yilda Italiyning Fraskatida shahrida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan. 
 Innovatsion menejment fani ishlab chiqarishning turlari bilan bog’liq bo’lgan barcha 
texnik vositalarni o’z ichiga qamrab olgan.  
 
 
 
 
 
 
Institutlarda texnik  
shug’ullanish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1 rasm. Innovatsion izlanishlar
1
 
 
Fraskati qo’llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va 
xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarni 
tashkil qilishdagi o’zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo’llanmasi (1993 y) ning oxirgi 
tahririda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda 
tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bo’lgan xodimlar sonini o’lchash uslubiyotiga tegishli 
asosiy tushunchalar mavjud.  Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to’plash 
uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U 
“Oslo qo’llanmasi” nomini olgan. 
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki 
                                                 
1
 Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole ; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. - 
1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana INNOVATION management [Elektronski vir] Korona plus - Institute for 
Innovation and Technology, 2013, page 79 
Ta’lim bilan 
shug’ullanish 
Ishlab chiqarish  
Qo’llab quvvatlash 
 
O’rganish, 
shug’ullanish 
 
Qo’llab quvvatlash 
assotsitsiyasi 
 
Texnologik izlanishlar 
Maslaxat berish 
Innovatsion markaz  
23


  
 
takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish 
ko’rinishida ro’yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. 
Innovatsion boshqaruv g’oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanishi 
qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejerlar bo’lgan mutaxassislar zarur, ular 
yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanadilar. Ularning 
innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, 
ehtimol bo’lgan to’siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo’llarini belgilashdir. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor 
bo’lgan mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi 
xosdir. 
Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko’p sonli tarixi bundan darak beradi. SHu 
sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok 
etadilar. 
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish 
va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan 
shug’ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO’Yu, ilmiy 
jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, injiniring kompaniyalari va 
boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy 
tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi 
oldiga yuqori talablarni qo’yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, 
ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo’lishlari, yangilik 
kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali 
iqtisodchi bo’lishlari kerak. 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish