Namangan muhandislik pedagogika instituti



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

 
 
 
 
 
4.3rasm. Yangi tovarning yashash davrasi: 
 
 
I-yaratilish va o’sishni boshlanish bosqichi; II-tez o’sish, SH-o’sishni sekinlashuvi, 
balog’at; IV – barqarorlashish, V – So’rish, eskirish, tanazzul. 
 
Innovatsiyalarning yashash davrasi kontseptsiyalarining afzalligi shunda namoyon 
bo’ladiki, 4 quyidagilarni ta’minlaydi: 
 
vaqtli omilini hisobga olishni, 
 
jarayonning markaziy tendentsiyasini aniqlashni, 
 
o’zgarishlar dinamikasini namunaviyligini, 
 
jarayonni kuchayishining mantiqini, 
 
moddiy, axborot va moliya oqimlarining ko’rgazmaliligi va ravshanligini; 
 
bosqichlarni jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini, 
 
bashoratlashning muqobil usullarini qo’llash imkoniyatini; 
 
Tovar-texnika-texnologiya, yangi tovar - talab – texnologiya, ishlab chiqarish 
omillari – firmaning raqobat afzalliklari – firmani rivojlanishi turidagi har xil iqtisodiy 
ob’ektlarning o’zaro aloqalarini aniqlashni. 
 
Yashash davralarining matematik modellarini yaratish innovatsion menejmentdagi 
yashash davrasi kontseptsiyasining eng muhim afzalliklaridan biri bo’ladi. 
 
Yashash davralari dinamikasini ta’riflovchi matematik vazifalar 4.4 – jadvalda 
berilgan. Yashash davrasi alohida uchastkalardan tashkil topgan, ulardan har biri har qanday 
iqtisodiy ob’ektni rivojlanishi darajasi vaqtni u yoki bu qismida vujudga keladigan ichki va 
tashqi sharoitlarni rivojlanishi darajasiga bog’liqligining matematik bayoniga ega. Bu 
innovatsion menejerga rivojlanishning sur’atlari va darajasini o’zgarishi bo’yicha qarorlarni 
ishlab chiqarishga imkon beradi. 
61


  
 
4.4- jadval 
Yashash davralari dinamikasini bayon qiluvchi matematik vazifala
 
Yashash davrasi bosqichi 
Vazifani belgilanishi 
Vazifani boshqarilishi  Vazifani bayon qiluvchi 
egri chiziqning 
ko’rinishi 
Yaratilish Kombinatsiyalangan 
eksponenional 
(namoyish qilinuvchi)-
bosqichli vazifasi 
 
 
O’sishni jadalashishi 
Eksponentsial vazifa 
 
 
O’sishni sekinlashishi 
Tornkvistning 
Ikkinchi vazifasi 
 
 
Etuklik Parobola   
 
Pasayish To’g’ridan 
to’g’ri 
 
 
 
Innovatsion menejer muvofiq qarorlarni qabul qilish uchun eng natijaviy imkoniyatni 
ochiq tizim sifatidagi  tashkilotning tahlili va batafsil yashash davrasi asosida oladi. 
Tashkilotning yashash davrasi 7-rasmda ko’rsatilgan. 
 
Samara I 
II 
III 
IV 

 
 
etuklik 
 
o’sish
 
tanazzul 
 
yaratilishi 
                                                                                                        
                                                                                                       vaqt 
 
 
 
 
 
4.4rasm. Tashkilotning yashash davrasi. 
I – innovatsion tadbirkorlik bosqichi, yuqori ijodiy imkoniyatlar; II – innovatsion 
faoliyatni faollashishi, nomoddiy aktivlarni shakllantirish, jamoadagi norasmiy muloqat; III-
yangiliklarning yirik seriyalariga chiqish, barqaror tashkiliy tuzilmalar, iqtisodiy 
samaradorlikka e’tibor berish; IV-tuzilmalarni murakkablashishi, rivojlanishning yangi 
variantlarini qidirib topish, markazlashishni tugatish, har tomonlama rivojlanish, yangi 
bozorlarga o’tish, V-qo’ldan berilgan imkoniyatlar va texnologiyalarni eskirishi, 
innovatsion faoliyatni davom ettirish uchun birlashishlar va yutilishlar zaruriyati. 
Tashkilotlarning ularning raqobati kurashida mavjud bo’lishilari nuqtai nazaridan 
yashash davralari nazariyasi I. Adizes tomonidan ko’rib chiqilgan. I. Adizes kontseptsiyasi 
1990 yillarning o’rtalarida Harbiy iqtisodiyotda keng tarqalgan edi. Vaziyatli tahlilga 
asoslangan I. Adizes kontseptsiyasi tashkilotni yaratilishi, tez o’sishi, yetukligi, barqarorligi 
62


  
 
va tanazzuli bosqichlarini batafsil tadqiqot qiladi. Muallif firmani o’sishi kasalligi uning 
tashqi va ichki muhitdagi vaziyatlarga bog’liq hulqining xususiyatlarini ko’rsatadi, ularning 
sabablarini tadqiqot qiladi, “tashhis” qo’yadi va “bashorati”ni beradi: “sog’lomlashtirish” 
yoki “o’limga olib boradigan” imkoniyatlari va yo’llarini ko’rsatadi. I. Adizes birinchi 
marta firmaning yashash davrasi bosqichlarini “kasallikning og’irligi” bilan,  ya’ni davra 
fazalarini muvofiq o’tishidan chetga chiqishlar bilan bog’laydi. 
U menejmentning xatolarini va ularni tuzatish bo’yicha to’g’ri xarakatlarni ko’rsatadi, 
shuning bilan bir vaqtda chorasiz vaziyatlar va menejer harakatlarning foydasizligini 
ajratadi. Firmaning o’sish nazariyasi firmaning ko’pgina “kasalliklari” ni oldini olishni 
namoyish qila turib, tadqiqotchilar e’tiborini eskirish sabablariga jamlaydi. Masalan, 
taraqqiy qilish va eskirish va tanazzulni kelishidan uzoqlashish omillari orasida firmaning 
innovatsion faolligi va ustuvor raqobatli afzalliklarni shakllantirish ajratadi.  
Tashkilotni tashkil qilish bosqichida ijodiy jarayon erkin o’tadi, u tashqi muhit 
vaziyatlarini tahlil qilish va ayniqsa raqobat mexanizmlarini o’rganishga asoslanadi. 
Firmani tashqi muhitga vaziyatli yondashishi o’sish imkoniyatlarini his qilish va kerakli 
resurslarni olinishini ta’minlashdan iborat bo’ladi, ular orasida yangi bilimlar va 
texnologiyalar, nou-xaular alohida rolь o’ynaydi. 
Birinchi bosqich uchun tashqi va ichki muhit omillarining yuqori noaniqligi xosdir. 
Adizes ratsional kutishlar gipotezasini tahlilning qurollari ko’rinishida taklif qiladi. 
Bozorlar, raqiblar va iste’molchilarni tovarga javoblari haqidagi menejer olish mumkin 
bo’lgan barcha axborotlardan foydalangan holda, talabning o’rtacha kutilgan darajasi, 
narxlarning dinamikasi, raqiblar bilan kurashish natijasining ehtimolini belgilash mumkin. 
Ratsional kutishlar gipotezasi ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar nisbati muammosini hal 
qilishga harakat qiladi, ya’ni moslashtirilgan kutishlar va kutilgan foydalikning ertaroq 
nazariyasiga katta ulush qo’shadi. 
Tashkilot yashash davrasining ikkinchi bosqichida innovatsion biznes kengayadi, ya’ni 
samarali yaratish va yangiliklarni  tadbiq etish firmani iqtisodiy o’sishiga asos bo’lib xizmat 
qiladi. Xuddi yangiliklar raqobat afzalliklarini  ichki resurslar (malakali xodimlar, yangi 
texnika va texnologiya, investitsiyalar)dan muvofiq foydalanish imkoniyatini yaratadilar. 
Ushbu bosqichda boshqaruvning adekvat tashkiliy tuzilmalari va usullarini tanlash 
muhim vazifa bo’ladi. Firmani o’sish bosqichi Adizes taxminlariga asoslanadi, to’liq 
bo’lmagan axborotlar sharoitida kutilgan foydalikni ko’paytirish gipotezasi tanlovni tahlil 
qilishning dastlabki joyi bo’lishi mumkin. Xuddi shu yerga tashkilotning uzoq muddatli 
yutuqni ko’paytirish mumkin bo’lgan strategik hulqini modellashtirish imkoniyati 
qo’yilgan, qisqa muddatli davrda barcha yangiliklar ham foydani kattalishishini namoyish 
qilmaydilar. 
Moliyaviy barqarorlik va o’sishning dinamikligini ta’minlovchi jarayonlarning 
muvofiq nisbati ushbu bosqichda tashkilot sog’lomligining o’lchami bo’ladi. “Kasalliklarni 
oldini olish” aqliy aktivlarni shakllantirish, mustahkam ilmiy-texnik bazani yaratish, 
boshqaruvning norasmiy psixologik usullaridan foydalanishga to’g’ri yondashishdan iborat 
bo’ladi. 
Etuklik bosqichi barqaror va unumdor texnologiyalarning poydevoriga, 
innovatsiyalarning samaradorligini oshishiga asoslanadi. Bu yerda firma faoliyatning turli 
tumanligini kengaytirish, sotishlar hajmini ancha ko’paytirish, yangi tuzilmalar va 
bo’linmalarni paydo bo’lishini mo’ljallaydi. Ko’pincha firma yirik, ierarxik murakkab 
tashkilotga aylanadi, unda bozor ishtirokchilarining soni nisbatan katta emas va ular 
faoliyatning ko’lamlari, raqobat afzalliklari va iqtisodiy natijalar bo’yicha solishtirish 
63


  
 
mumkin. Bitta ishtirokchining hulqi umuman bozorning holatiga va demak, raqiblarning 
holati va hulqiga albatta ta’sir ko’rsatadi. 
Agar innovatsion biznesni yaratilishi bosqichida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
harakatlari muhitning holatiga hech qanday sezilarli ta’sir ko’rsatmasa, chunki mukammal 
raqobat sifatida bozorning boshqa ishtirokchilarining xulqi ham boyliklar narxiga g’oyatda 
kam ta’sir ko’rsatadi, unda bu yerda kutishlar nazariyalarining qurollari keng qo’llaniladi. 
Yetuk yirik firma oldini olish uchun na mukammal oldindan ko’rishga va na ratsional 
tanlovga ega. Barqarorlashish bosqichida raqobat kurashidagi tanazzul va mag’lubiyatdan 
qochish uchun rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashtirish 
jarayonlarini vakolatlarni boshqacha  topshirish bilan muvofiq birlashtirish zarur. 
Yuqori innovatsion faollikka ega eng muvaffaqiyatli firmalar ishlab chiqarishni har 
tomonlama rivojlantirishlari, shuning asosida bundan keyingi yangilanish strategiyasini 
qurishlari va yangi bozorlarga bostirib kirishlari kerak. 
Ammo ko’pgina yirik firmalarni rivojlanishida hamma vaqt ham har tomonlama 
rivojlanish va innovatsion rivojlanishning afzalliklaridan foydalanib bo’lmaydi. Qo’ldan 
chiqarilgan imkoniyatlar, tovarlar va texnologiyalarni eskirishi firmani og’ir “kasalliklar”ga 
olib keladi. Avvalgi raqobat afzalliklarini “sug’urib olish”, yangilash va qaytarishga katta 
mehnat bilan erishiladi. Ko’pgina firmalar, samarali yo’lni topa olmay, qayta tashkil 
qilishlar, birlashishlar va yutib yuborilishlarga murojaat qilishga majburlar. Qo’llangan 
harakatlarning samarasizligida firmaning “kasalligi” zo’rayadi va bankrotlik ehtimoli 
o’sadi. Adizes nazariyasi hozircha bizning sharoitimizda kamroq qo’llaniladi, ammo katta 
imkoniyatlar va istiqbollarga ega. 
Tashkilotning yashash davri kontseptsiya asosiy dastlabki tamoyillarining alohidagi 
ahamiyatini namoyish qiladi, ular iqtisodiy ob’ektlar va tizimlarni ularning o’zini o’zi 
rivojlantirish va takomillashtirish nuqtai nazaridan o’rganishni talab qiladi. Davraviy 
yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning bilan izohlanadi, buning asosida 
innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoniga tizimlilik, butlik va yakunlanganlikni kiritish 
mumkin bo’ladi. 
Innovatsion faoliyatda korxona, tashkilot, texnika va  texnologiya, tovarlar va 
xizmatlar kabi iqtisodiy ob’ektlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo’naltirilgan vositalar 
va usullarning yaxlit yig’indisi sifatidagi ierarxik birga tobe bo’lish va o’zaro hamkorlikda 
ko’rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko’lam va darajadagi innovatsion 
jarayonlar iqtisodiy tizimlarni rivojlanishining asosini tashkil qiladilar. 
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tashkiliy, kreativ va sotsial tizimlarda o’tuvchi 
innovatsion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovatsion menejmentning 
natijaviyligini oshirishning asosida yotadi. 
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g’oyalar, yangi bilimlarni 
yaratish, ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizimchasini, balki g’oyani tajribali namunada 
ishlab chiqarishli ro’yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi texnologiya, yangi 
materiallarni qo’llashni ham ajratish kerak. Yangilik kiritish ilmiy-texnik gavdalantirish 
bosqichini o’tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini 
yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning 
natijasi bo’ladi. Yangilik kiritishdan haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi 
tarqatilishi, diffuziyasi va tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo’ladi.  
 Innovatsion  menejmentdagi  boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi va 
takomillashtirilishi tizimli yondashishda to’liqroq ochib beriladi. Tizimli tahlilning 
markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni murakkab ichki qurilishga, bir birlari va atrof muhit 
64


  
 
bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning katta soniga ega 
ob’ektdan iboratdir. 
  Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil 
bo’ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o’zaro hamkorlikka ega bo’lgan holda, u tashqi muhit 
tomonidan ham to’g’ridan to’g’ri va ham vositali ko’p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir 
vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlari ham tashqi muhit omillariga 
o’zaro bog’liqlikda  bo’ladilar. 
 Tizimning elementlari mustaqil va shartli bo’linmaydigan birliqdir. 
  Har bir tipik jarayon yagona harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi. 
 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish