12.3. Operativ innovatsion marketing
Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion turi hammadan avval determinatsiyalanganlikni
keskin pasayishi va umuman tizimi murakkablashishini bildiradi. Tashqi muhitning
o’zining sotsial va siyosiy janjallari va iztiroblari, axborotli va texnologik o’zgarishlari
bilan yuqori faolligida iqtisodiy tizim va uning tuzilma tashkil qiluvchi xulqi borgan sari
ehtimolli va oldindan aytib bo’lmaydigan xarakterga ega. Bunday sifatlarda korxonalarni
yashab qolishi rahbarlarning qobiliyati, ularni kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay
bilishlar, xatarni ko’ra olishlariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Novatorlik firmasi
rivojlanishining mantiiqi og’irlik markazini operativ taktik rejalashtirish va boshqarishdan
strategik darajaga, boshqaruvning yangi turini shakllantirish darajasi- innovatsion
marketingga ko’chishiga olib keladi. Unda an’anaviy tamoyillarning har xil fragmentlari
saqlanib qolinadi, ammo ulardan vaziyatli tahliliga nisbatan qo’llanishida foydalaniladi.
Bu yangiliklar, sarmoyalar manbalari va yangi bozorlarni uzluksiz qidirish sharoitlarida
firma qobiliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Innovatsion marketingda samarali rahbarlikning usullari, yondoshishlari va yo’llari
vaziyatga muvofiq o’zgaradi. Innovatsiyalar yashash davrining har bir bosqichida
marketingning har xil usullari va yondoshishlari, har xil stratgeiyasi va taktikasi talab
qilinadi.
Yangi tovarni sotish kanallarini pozitsiyalashtirish (joylashishi)ni shakllantirishni o’z
ichiga oluvchi yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasi va taktikasi marketing
tadbirlarining muhim yo’nalishi bo’ladi. Joylashtirish-yangilikni bozorda mavjud bo’lgan
tovarlar qatoridagi joyini belgilash tizimini bildiradi.
Joylashtirishdan maqsad –yangilikni bozordagi o’rnini mustahkamlashdir.
Yangi tovarni joylashtirish hammadan avval yangilik va mavjud bo’lgan tovarlar
o’rtasidagi Raqobatni bildiradi.
Innovatsiyani joylashtirish – bu uning mavjud bo’lganlar qatoridagi o’rinni
belgilashdan iboratdir. Masalan, marketing nuqtai nazaridan innovatsiya ostida
analoglariga ega bo’lmagan sifatan yangi tovarni, ushbu firma yoki ushbu bozor uchun
yangi va mamlakat va xorij amaliyotida analogiga ega imitatsiya qilingan tovarni va
qo’llashning yangi sohasiga ega tovarni tushunish mumkin. Tubdan yangi tovar bozor
142
yangiligi bo’lgan tovardan, modifikatsiyalangan tovardan, alplikant tovar, substitut
tovardan farqlanadi, ya’ni har qanday innovatsiyaning belgilanishi bo’yicha to’ldiruvchi,
o’rinni almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi yangilik kiritishlardan farqlay olish kerak. Bu
jihat innovatsiyani ishlab chiqarish bosqichida alohida rolь o’ynamaydi, ammo yangilik
kiritishni bozorga kirishida hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Innovatsiyaning
muvaffaqiyati va marketingning strategiyasi ana shunga bog’liqdir.
Joylashtirish marketing faoliyatining har xil: sotish, reklama, tovar, narx, servis va h.k.
yo’nalishlariga ta’sir ko’rsatadi. Innovatsion marketing kontseptsiyasi nafaqat Yangi
xaridorlarni qo’lga kiritishni , balki firmaning Raqobat afzalliklaridan muvofiq
foydalanish, korxona faoliyati sohalarini keng yoyish va kengaytirish va Yangi sohalar va
Yangi bozorlarni bosib olish hisobiga ta’sir ko’rsatish sohasini ko’paytirishni ko’zda
tutadi.
Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari, ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, o’zaro bir birlarini to’ldiradigan va
o’zaro bog’liq bo’lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim bo’ladi.
Marketing tizimining yakunlovchi bosqichi-operativ marketing, bu bosqichda
strategik innovatsion marketing kontseptsiyalarini amalga oshirishning yaniq shakllari
ishlab chiqiladi. Operativ marketing bozordagi yangilik yashash davrlarining bosqichlari
bilan mahkam bog’langan. Yangilik yashash davrining boshlang’ich nuqtasini belgilash
ayniqsa muhim.
Innovatsiyalarni bozorda mavjud bo’lishi yashash davrining birinchi bosqichida
innovatsiyaga e’tiborni jamlash va diffuziyalash uchun axsus tadbirlar zarur. Masalan,
sotishlarning adekvat kanallarini shakllantirish, mavjud bo’lgan eskilarni modifikatsiyalash
va moslashtirish zarur. Bu yerda marketingning samaradorligi bir qator omillar:
innovatsion reklamaning faolligi, innovatsiyani bozorga chiqishining muvofiq vaqti,
innovatsiyaning mavjud bo’lgan tovarlar mavzusidagi xulqining variantini tanlash,
ehtimol bo’lgan raqiblar xulqini bashoratlash, hamda bozorning tuzilishi yangi tovarga
qanchalik mos kelishiga bog’li-. Bu sharoitlarda marketing nafaqat yangilikni bozorda
joylashishini, balki texnologik bozorga joylashishini ta’minlashi, yangilik va boshqa
tovarlar avlodlari o’rtasidagi vazifasivy raqobatni yengib o’tishi shart.
O’sish bosqichida arketing yondoshishlari o’zgaradi. Innovatsion marketing kreativ
xarakterini o’zgartiradi va rag’batiruvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Reklamaning xarakteri
o’zgaradi, u tashabbuskor, ushbu firma va ushbu tovarning yutuqlariga e’tiborni
jamlovchi bo’ladi. Sotish kanallarining yangi tovar ostida modifikatsiyalangan
tarmog’idan foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi firmaning raqobai afzalliklari bu yerda
yetakchi rolь o’ynaydi.
Tovarlarning balog’atligi bosqichida bozorning boshqa ishtirokchilari bilan to’g’ridan
to’g’ri raqobat qilishdan qochib bo’lmaydli, va buning natijasida raqobat strategiyasini
o’zgarishi mumkin. B uerda xarajatlardagi yetakchilik strategiyasining roli o’sadi,
yangilikning narxi esa papssayadi. Xuddi shu bosqichda novator -korxona yangi
molifikatsiya yoki tubdan yangi mahsulotni bozorga chiqarishga tayyorlaydi.
Ushbu bosqichda innovatsion marketing ikkita maqsadni ko’zlaydi: pishib yetilgan
tovarni sotishlar hajmini operativ qo’llab-quvvatlash va uni o’rniga keladigan yangini
ilgari harakatlantirish strategiyasini yaratishni.
Bu stratgeiya talabga qaratilganligi bilan ta’riflanadi. Firma xuddi qaysi
ehtiyojlarni qanoatlantirishi kerakligini belgilash asosiy jihat bo’ladi.
143
Yangi tovarlarni bozorga kirib borishi, yoki yangilik kiritishlarning «diffuziya»si
marketingning zamonaviy tizimlari va tovarni ilgariga qarab harakatlantirish kanallarini
shakllantirish bilan ta’minlanadi.
Sotish bozori uchun kurash siyosatini takomillashtirish raqobatbardoshlikni
oshirishning har xil shakllaridan foydalanishdan iboratdir. Tovarning xarakteri va uning
yashash davri bosqichlariga ko’ra raqobatning shakllari va usullari (narxli va narxsiz),
reklama usullari va tovarni ilgariga qarab harakatlantirishda farqlar kuzatiladi. Masalan,
monopolist raqobatda yangi tovarni bozorga chiqishi bosqichida menejer narx siyosati
imkoniyatlaridan ko’proq foydalanishi kerak. Agar korxona oldin noma’lum bo’lgan
tovaroni ishlab chiqarayotgan yoki yangi bozorga yorib kirishni amalga oshirayotgan
bo’lsa, unda narxni hatto kompaniyaning zarariga ham pasaytirishi va ushbu
bosqichdagi zararni boshqa tovarlar hisobiga qoplashi kerak.
Yapon kompaniyalaridagi innovatsion menejment bozorga yorib kirishda, qoidaga
ko’ra narxni keskin pasaytirishni amalda qo’llaydi. Keyin bir vaqtda foydani oshirish va
xaridorlar doirasini kengaytirish maqsadida narxlar bilan monevr qilishga o’tadi. Bunda
sotishlarning hajmi katta o’zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin. Marketing bo’yicha
menejerning mohirligi shundan iboratki, komaniyaning foydasi ham bitta tovarni sotishlar
hajmini ko’payishi va ham ushbu tovarning o’zining modifikatsiyalari va modellarini
paydo bo’lishi hisobiga oshsin.
Qoidaga ko’ra, zamonaviy iste’molchining turli tuman selektiv (tanlab olinadigan)
talabini qanoatlantirish uchun tovar yirik partiyalarda ishlab chiqarilmaydi va raqobatning
narxli shakllar imkoniyatlari g’oyatda cheklangan. Bittagina kompaniya, masalan IBM
ning bir turli tovarlarini bozorga bir vaqtda chiqarishda raqobatning narxli omillariga
suyanadilar. Narxlarning dinamikasi nafaqat tovarning yangiligiga, balki navli siyosat va
ushbu mahsulot o’tadigan modifikatsiyalar va avlodlar soniga ham mahkam bog’langan.
Innovatsiyalar marketingini boshqarish nafaqat sotishlarni kengaytirish, balki
yetkazib berishlar va sotishdan keyingi xizmatlarni ta’minlashdan ham iboratdir.
Ko’pincha bozordagi muvaffaqiyat xuddi mahsulotning foydalanish sifatlari va unga
sotishdan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilishga bog’liq. Texnologik rivojlanishni
notekisligi, turkumlashtirilmagan bozor va mamlakatdagi inflyatsiya shunga olib
keladiki, narxlarning raqobati xuddi shunday mahsulotga narxlarni o’sishining har xil
darajasida o’z aksini topadi. Bu bozor potologiyasini taraqqiyo etishi uchung keng
imkoniyatlarni yaratadi.
Yangi tovarlarni sotishlar va bozorni qo’lga kiritishni boshqarish uchun matematik
modellashtirish, noaniqlikni hisobga olishbilan rejalashtirish, vaziyatli tahlilni qo’llash
maqsadga muvofiqdir. Ekspertli baholash, apriorli ranjirovkalash usullari, Delьfi usuli
eng keng qo’llanadiganlardan bo’ladilar. Bunda har xil omillarni balli baholash va o’rinli
salmoq katta rolь o’ynaydilar.
Har xil omillar ahamiyatini ekspertli baholash alohida aniq tovar uchun bozordagi
vaziyatni balli tizim yordamida baholash va vaziyatni tahlil qilishga imkon beradi.
Operativ marketing bundan keyin ham rivojlanadi, variantli tahlilga asoslanadi,
bozhor muhiti, talab, raqiblar, mijozlar haqidagi muntazam axborotlarni yig’ish bilan
shug’ullanadi, sotishlar sohasidagi maqsadlarni belgilaydi. Bular sotishlar hajmini
ko’paytirish, bozor ulushini kengaytirish maqsadida qilinadi.
Marketing xizmatlari sotishlar tarmog’ini shakllantirish, reklama kompaniyasi,
ko’rgazmalar, sinovli, imtiyozli va to’g’ridan to’g’ri sotishlarni tashkil qilish, sevisli va
kafolatli xizmat ko’rsatishni yaratish bilan shug’ullanadi.
144
Marketing xizmatlari marketing xarajatlari va daromadlarini baholashga alohida
e’tiborni qaratadi. Xarajatlarni baholash uchun ishlab chiqarish va sotishlarning doimiy
va o’zgaruvchan xarajatlarini tahlil qilish, daromadlar bo’yicha narxning
o’zgaruvchanligini belgilash, raqiblarning narx siyosatini o’rganish zarur. Mahsulotni
bozor tomon harakatlantirish (reklama, jamoatchilik bilan aloqa, sotishni rag’batlantirish va
h.k.) xarajatlari, hamda sotishdan keyingi va servis xizmatini ko’rsatishning qiymati
baholanadi. Marketingdan daromadlarni baholash quvvatlarni muvofiq yuklanishi
maqsadga muvofiq ishlab chiqarish dasturlari va sotishlar hajmini talab, mahsulotning
ta’riflari va turlari o’zgarishiga ko’ra bashoratlashni hisobga olinishiga ega muqobil
yondoshishlarni hisobga olish bilan o’tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |