Yaratilayotgan ishlab chiqarish tizimlarida kerakli uskunaning tuzilishi alohida
ahamiyatga ega. U montaj qilinayotgan uskuna hamda mavjudlarini modernizatsiyalash va
eskirganlarini hisobdan chiqarish tahlili nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Uskunaning
ishlashidagi tayyorlash-yakunlash va yordamchi vaqtni qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lish
muhim ahamiyatga ega. Yaratilayotgan texnologik tizim deyilganda texnikani tanlashda
uskunaning ishlash tartibidan to’liqroq foydalanish,
ish vaqtini texnologik, operatsiya
ichidagi, tizim ichidagi va boshqa yo’qotishlarini qisqartirishga qaratilgan tashkiliy-
texnologik tadbirlarni ko’zda tutish zarur.
Texnologik jarayonning sifati uning yangilik yaratish qobiliyatida amalga oshiriladi.
U texnik-texnologik ta’riflar hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholanadi.
Tahlilning keng qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy va vazifaviy-qiymatiy modellari
jarayonlarning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish va ishlab
chiqarish tizimlarini muvofiq faoliyat yuritish algoritmini topish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish hajmi ham tabiiy, ham qiymatiy aks ettirishda baholanadi. Bunda
barcha ishlab chiqarish xarajatlari, yangi mahsulot birligiga sotish narxi va sotishdan ko’zda
tutilgan tushumni ko’rsatish muhimdir. SHuni hisobga olish kerakki, innovatsion
loyihalarning ko’pligi uchun boshlang’ich davrda quvvatlarni yuklash 20% va hatto kamroq
bo’lishi mumkin.
Bunday vaziyat ham yangi mahsulotni bozorga chiqishigacha tijorat qiyinchiliklari,
ham xomashyo, butlovlarni yetkazib berish, uskunalarni sozlash, yangi uskunalar va yangi
texnologiyalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlashning keng doirasi natijasida
vujudga keladi. Bunday jihatlar texnik-iqtisodiy asoslashni tuzish va innovatsion loyihani
muhandislik o’rganishida ko’rib chiqiladi.
Ishlab chiqarish bosqichida yangi mahsulotni o’zlashtirish, tajribaviy partiyani ishlab
chiqarish
va yangi mahsulotni seriyali, so’ngra ommaviy ishlab chiqarishga o’tish bo’yicha
ishlar majmuasi amalga oshiriladi. Ishga tushirilayotgan quvvatlar ehtiyojni belgilash
ketma-ket bosqich va har bir ketma-ketlik uchun yangi mahsulotni taklif etilayotgan ishlab
chiqarilishi yoki savdolar hajmining oraliq miqdorlariga muvofiq alohida amalga oshirish
kerak. Har bir bosqich uchun material va ishchi kuchiga aniq ehtiyojlarni aniqlash hamda
uskunalardan foydalanishning eng yangi varianti (parallel, izchil, aralash yoki xavfsiz-
aylanma)ga afzallik berish kerak.
Resurslarga ehtiyoj va xarajatlar har bir bosqich uchun hisoblab chiqilishi va
moliyaviy resurslar va savdolar hajmi bilan aniq tuzatishlar kiritilishi mumkin. Yo’qotishlar,
brak, to’xtab qolishlarni ko’zda tutish kerak. Quvvatlarning turlicha yuklanishida ishlab
chiqarishning turli bosqichlaridagi xarajatlar xarajatlarni to’liq ishlab
chiqarish
quvvatlaridagi mutanosib taqsimlanishi asosida hisoblab chiqiladi.
SHunday
qilib,
texnik-texnologik yangilanishning usuli va variantini tanlash uning
aniq vaziyati, yangilik kiritishning xarakteri, korxonaning sohasi, resurslari va ilmiy-texnik
salohiyatiga mos kelishiga bog’liq.
Texnologik tizimlarni muvofiqlashtirish uchun innovatsiyalar turini almashtirishga
rejali o’tish bo’yicha tadbirlar tizimini qo’llash zarur. Masalan, ishlab chiqarishning bir
turidan boshqasiga o’tishning bir necha variantlari mavjud. Odatda boshqasiga o’tishning
izchil, parallel, aralash usullari ajratiladi. Qoidaga ko’ra, ishlab
chiqarishning yangi turiga
o’tish qo’llanilayotgan jarayonlar va bo’lg’usi yangiliklarning texnik va texnologik
xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir.
Samarali izchil – parallel (aralash) usul bir qator afzalliklarga ega. Ammo ularni
amalga oshirish uchun o’tuvchi yoki gibridli deb ataluvchi modellarni yaratish zarur. Yangi
mahsulotlarga izchil – parallel o’tish tekis, ishlab chiqarishni to’xtatmay, mahsulotlarni
112
gibridli gibridli modellarni qo’llash yo’li bilan asta-sekin yangilashda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsiyalalarni tatbiq etishning bunday usuli
Zil, BMW, FordVaz va boshqa avtomobil gigantlarida kengroq tarqalgan. “Ishlab chiqarish
hajmi - vaqt” bog’liqliklar grafiklari ko’rinishidagi yangi mahsulotlarga o’tishning asosiy
usullari 9.1-rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: